Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sedimentatsiya.
30-rasm
. Issiqlik harakatidagi dispersion muhit (2)molekulalarining dispers faza (1) zarrachalariga ta’sir etishi. Fluktuatsiya diffuzlanish hodisasining aksidir, lekin shu bilan bir vaqtda ularning ikkalasi ham issiqlik harakatining natijasidir. Masalan, 1 nm oʻlchamdagi zarracha ta suv molekulasi bilan oʻralgan boʻladi. Demak, bunda zarrachaning toʻqnashishlar soni marta boʻlib, shunga mos ravishda shuncha marta zarracha oʻz yoʻnalishini oʻzgartirishi mumkin. Agar zarracha oʻlchami nihoyatda katta boʻlsa, uning toʻqnashishlari soni ham ortadi va zarracha siljimaslik ehtimoli ortadi, yakunda fluktatsiya sodir boʻladi. Fluktuatsiya termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan qaytmas jarayon boʻlishi kerak, ammo fluktuatsiya bunga teskari hodisa boʻlganligidan va uning oʻz-oʻzicha roʻy bera olishini termodinamikaning ikkinchi qonuni statistik xarakterga ega ekanligini koʻrsatadi, ya‘ni uni alohida yakka zarrachalarga yoki ularning kichik bir guruhiga tadbiq qilib boʻlmaydi. Sedimentatsiya. Kolloid zarrachalarning oʻz ogʻirlik kuchlari ta‘sirida choʻkmaga tushishi sedimentatsiya deb ataladi. Lekin, eritmada Broun harakatining borligi sedimentatsiya boʻlishiga qarshilik koʻrsatadi. Kolloid zarrachaning oʻlchami qancha kichik boʻlsa, Broun harakatining ta‘siri shuncha kuchli boʻladi. Suspenziya zarrachalarining oʻlchamlarini aniqlash uchun sedimentatsion analiz usulidan foydalaniladi. Sedimentastion analiz turli usullar bilan amalga oshiriladi. Masalan: harakatsiz suyuqlik ichida zarrachalarning choʻkish tezligini aniqlash; suspenziyani chayqatib yuborib, harakatdagi suyuqlik ichida dispers fazani fraksiyalar shaklida ketma-ket choʻktirish; 58 suspenziya zarrachalarini havo oqimi ta‘sirida bir-biridan ajratish; markazdan qochuvchi kuch maydonida dispers faza zarrachalarini choʻktirish. Bu usullardan eng koʻp qoʻllaniladigani birinchi usuldir. Sedimentatsion analizda N.Figurovskiyning sedimentatsion tarozisidan foydalaniladi (31-rasm). Rasmda koʻrsatilganidek, qurilma juda oddiy tuzilgan. Kvarsdan yasalgan (yoki shisha) shayn (tayoqcha) (1) ning bir tomonidan metall shtativga oʻrnatiladi; uning ikkinchi tomonida ilmoqchasi boʻlib, unga ipsimon shisha (2) nay va tarozi (3) pallachasi ilinadi; pallacha dispers sistema (suyuqlik) ichiga tushurilgan boʻladi. Buning natijasida pallacha massasi oʻzgaradi, shaynning vaziyati ham oʻzgaradi. Uning oʻzgarishini mikroskop yordamida bilib olish mumkin. Shaynning oʻzgarishidan foydalanib pallachaga tushgan choʻkma massasi hisoblab topiladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling