59
0,01
383 kun
0,001
89 yil
Ayrim kolloid ertmalarda sedimentatsiya hodisasi sust boʻlib, zarrachalar
choʻkmaydi, suv tiniqlashmaydi. Bu paytda sedimentatsiya juda sekin boradi.
Lekin, sedimentatsiyani tezlatish usullari ham bor.
Bu usullardan biri kolloid
eritmani sentrifugalash, ya‘ni markazdan qochuvchi kuch ta‘sir ettirish.
Birinchi
sentrifuga 1913-yilda rus olimi A.Dumanskiy tomonidan qoʻllanildi. 1923-yilda
shved olimi Svedberg tomonidan juda kuchli sentrifugalar ishlab chiqildi.
Sedimentatsiya tezligini oʻlchash orqali kolloid zarrachalarning oʻlchami va
molekulyar massasini aniqlash mumkin.
5.2-§. Kolloid eritmalarning osmotik bosimi. Donnanning membrana
muvozanati.
Kolloid eritmalarning osmotik bosimi. Chin eritmalar kabi, kolloid
eritmalarda ham osmotik bosim mavjud. U gaz bosimi kabi eritmalarning
kolligativ
xossasi
hisoblanadi,
ya‘ni
erkin
harakatlanayotgan
kolloid
zarrachalarning sonigagina bogʻliq. Osmos hodisasi ikki xil sababga koʻra
kuzatiladi:
Birinchidan, toza suvda suv molekulalarining konsentratsiyasi eritmadagiga
qaraganda yuqori boʻladi.
Ikkinchidan, eritmada suv molekulalari eruvchi
modda molekulalari bilan
birikib, gidratlar hosil qiladi.
Suyultirilgan eritmalarda osmos hodisasi eruvchi va erituvchi moddalar xiliga
emas, asosan eritmaning hajm birligida eruvchi modda zarrachalari soniga bogʻliq
boʻladi. Eritma bugʻ bosimining toza erituvchi bugʻ bosimiga qaraganda past
boʻlishi bilan osmos hodisasi orasida yaqin bogʻlanish bor.
1877-yilda Pfeffer osmotik bosimni oʻlchashga
imkon beradigan yarim
oʻtkazgich pardalar tayyorladi. Buning uchun sirlanmagan chinni (yoki sopol)
silindrning (S) qismini
(mis sulfat) eritmasi bilan toʻldirib, uni sariq qon tuzi
eritmasi solingan idish (Q) ga tushirdi. Silindr devorlaridagi mayda teshiklarda
tuzi choʻkib, natijada juda yaxshi yarim oʻtkazgich
parda hosil
boʻladi (bu 32–rasmda R bilan koʻrsatilgan).
60
Bu silindr M manometrga birlashtiriladi va tayyorlangan asbob
osmometr deb
ataladi. Agar S silindrga qandning quyuq eritmasi,
Q stakanga toza suv solinsa,
quyidagicha hodisani kuzatish mumkin. Qand zarrachalari yarim oʻtkazgich
pardadan oʻta olmaydi, suv zarrachalari esa S silindrga kirib eritmani suyultiradi.
Silindrda suyuqlik hajmi ortib, manometrning bir
qismidagi simobni bosadi va
manometrning ikkinchi qismidagi simob koʻtarila boshlaydi. Bir oz vaqt oʻtgandan
keyin simob koʻtarilishi toʻxtaydi, chunki silindrga suv kirgan sari nay ichidagi
gidrostatik bosim ortib borib, nihoyat osmotik bosimga tenglashib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: