Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

26-rasm. Ultrafiltr. 
Filtrlashni tezlatish uchun Byunzen kolbaning joʻmrak qismi bosim beradigan 
vakuum nasosga ulanadi, bunda bosim 1103 кPа ga teng boʻladi. Tegishli 
membrana qoʻllanilib, kolloid eritmani elektrolitlardan, shuningdek, bir zolni 
ikkinchi zoldan filtrlab ajratish mumkin. Buning uchun membrana teshiklarining 
diametri bir zol zarrachasidan katta, ikkinchi zol zarrachasidan kichik boʻlishi 
kerak. 
Ultrasentrifugalash 
usuli. 
Kolloidlarni tozalashda va ularni turli 
fraksiyalarga ajratishda eng koʻp ishlatiladigan usul – ultrasentrifugalash usulidir
Kolloid eritmalarni tozalash uchun sentrifugadan dastlab 1913 yilda A.Dumanskiy 
foydalandi. Keyinchalik shved olimi Svedberg va uning shogirdlari 
g ga 
(bu yerda, g- yerning tortishish kuchi tezlanishi) yaqin tezlanish bilan ishlaydigan 
ultrasentrifugalar yaratishga muvaffaq boʻldi. U minutiga 60 000 marotaba 
aylanadi (27-rasm).
Ma‘lumki, suspenziyalarda vaqt oʻtishi bilan zarrachalar yerning tortish kuchi 
ta‘sirida asta-sekin idish tubiga choʻka boshlaydi (sedimentatsiya). Sedimentatsiya 


50 
tezligini oʻlchab modda zarrachasining massasini hisoblash mumkin. Polimer 
eritmasidagi dispergatsiyalangan zarrachatar (makromolekulalar) massasi nisbatan 
kichik boʻlgani uchun ularning sedimentatsiyalanishini ultrasentrifugadan 
foydalanib juda kuchli markazdan qochma kuch ta‘sirida kuzatish mumkin. 
Sentrifuga rotorining aylanish tezligi sekundiga 1000 martagacha yetadi. Bu esa 
yerning tortish kuchidan 100 minglab marta katta. Molekulalarning markazdan 
qochma kuch ta‘sirida choʻkishi aylanish oʻqiga perpendikulyar yoʻnalishda sodir 
boʻladi. 
27-rasm. Ultrasentrifugat asbobini prinsipial sxemasi: 
1-aylanma oʻq, 2-rotor,3-kvars shishali kvyuetalar. 
Zamonaviy ultrasentrifugalar yordami bilan faqat gidrofob kolloid 
zarrachalarnigina emas, balki oqsil va boshqa yuqori molekulyar moddalarni ham 
choʻkmaga tushirish mumkin boʻldi. Analitik ultrasentrifugalash usuli hozirgi 
vaqtda polimerlar oʻrtacha vazniy molekulyar massasini aniqlashda keng miqyosda 
qoʻllaniladi. Bu molekulyar massalar boʻyicha taqsimlanish egri chizigʻini bevosita 
olishning birdan-bir usuli hisoblanadi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling