Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Jism mustahkamligining adsorbsion ravishda kamayishi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

19-rasm. Jism mustahkamligining adsorbsion ravishda kamayishi 
(Rebinder effekti). 
Mexanik dispergatsiya jarayonida qattiq jism mustahkamligini qoʻshimcha 
moddalar yordamida kamayishi ―Rebinder effekti‖ yoki mustahkamlikning 
adsorbsion kamayishi deyiladi.
Ultratovush usuli. Mexanik disperslash usullariga ultratоvush yordamida 
maydalash ham kiradi. Dispers sistemalarni olishning elektrik usulini 1898-yilda 
Bredig taklif etgan. Ultratovush usuli sanoatda keyingi yillarda keng 
qoʻllanilmoqda. Bu usulda, tovush toʻlqinlarining kuchli tebranishi natijasida 
muallaq zarrachalar maydalanib, tekis tarqaladi. Buning uchun kolloid eritmasi 
tayyorlanishi kerak boʻlgan metalldan yasalgan ikkita sim dispersion muhitga 
tushirilib, ularning biri elektr manbaining musbat qutbiga, ikkinchisi esa manfiy 
qutbiga ulanadi; simlar bir-biriga tekizilib, elektr yoyi hosil qilinadi (20-rasm).
20-rasm. Dispers sistemalarni olishning elektrik usuli. 
Bu vaqtda metall erituvchi ichida changlanib bugʻga aylana boshlaydi. Barqaror 
zol hosil boʻlishi uchun ozgina ishqor qoʻshiladi. Bu usulda asosan metallarning 
zollari olinadi. Changlatish usuli bilan kolloid eritma hosil qilishda metall avval 
bugʻlanadi, soʻngra uning nanozarrachalari oʻzaro qoʻshilib, kolloid eritma 
zarrachalarini hosil qiladi; shu sababli, bu usul kondensatsion usullar qatoriga 
kiritiladi.
Agar ultratovush toʻlqinlari maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita 
suyuqlik solingan idish qoʻyilsa, natijada ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil 
boʻladi. Ultratovush usulida oltingugurt, boʻyoq, simob, qoʻrgʻoshin, rux, kauchuk, 
kraxmal va boshqa moddalarni disperslash mumkin. 


39 
Elektr disperslash usuli sоvutiladigan suvga jоylashtirilgan erigan metalldagi 
elektrоdlar оrasida hоsil boʻladigan Vоlt yoyiga asоslangan. Bu usul 
disperslashning shartli usuli hisоblanadi, chunki Vоlt yoyi temperaturasida metall 
bugʻlanadi, soʻngra sоvuq suvda kоndensatsiyalanadi (21-rasm). 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling