Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

Dispersion usul. Kolloid eritmalar oʻzining geterogenligi bilan chin 
eritmadan farq qiladi. Chunki, kolloid zarrachalar oʻlchami erituvchi molekulasiga 
nisbatan sezilarli darajada katta oʻlchamga ega boʻlib, buning natijasida ular 
orasida ajralish sirti hosil boʻladi. 
Kolloid dispers sistema dispers muhit va dispers fazadan tarkib topgan 
mikrogeterogen sistemadan iborat. Kolloid dispers sistema quyidagi sharoitlarda 
hosil boʻladi: 

kolloid zarrachalarning oʻlchamiga tarqaladigan moddalar zarrachalarining 
oʻlchami yaqin boʻlishi, ya‘ni dispers faza zarrachalari kоllоid disperslikka 
erishishi kerak; 


35 

ajralish sathida, kolloid zarrachalarni hosil qilgan ionli qavat va gidrat parda 
stabilizatorlar yordamida saqlanishi kerak; stabilizatorlar kolloid zarrachalar 
sathida yutilib, u yerda elektr zaryadi hosil qiladi. Elektr zaryadi 
zarrachalarning oʻzaro yaqinlashib, bir-biriga qoʻshilishiga yoʻl qoʻymaydi, 
barqarorlik yaratadi. Bir soʻz bilan aytganda, dispers faza zarrachalari hоsil 
boʻladigan sistemada, uchinchi kоmpоnent-stabilizatоr mavjud boʻlishi kerak; 

dispers faza dispers muhitda yomon eruvchanlikka ega boʻlishi kerak. Demak, 
kolloid zarrachalar elektr zaryadli, gidrat pardali va turgʻun boʻlishi, ya‘ni 
dispers faza mоddasi dispers muhitda erimasligi kerak. 
Ana shunday zarrachalardan tashkil topgan kolloid eritmalar oʻzaro qarama-
qarshi ikki usul bilan olinadi (16-rasm):

dispersion usul, bunda kolloid eritmalar yirik zarrachalarni maydalash yoʻli 
bilan hosil qilinadi;

kondensatsion usul, bunda ion yoki molekulalar oʻzaro birlashib, kolloid 
zarrachalar hosil qiladi. 
16-rasm.Dispers sistemalarni olinish sxemasi
a-kondensatsiya (kichik zarrachalarni 
yiriklashishi); b-disperslash (yirik zarrachalarni maydalanishi).
 
Zarrachalarni maydalash uchun ma‘lum ish sarflanadi. Bu (A) ish hosil 
boʻlayotgan zarrachalar sathi (S) ga toʻgʻri proporsional hisoblanadi, ya‘ni: 
А К
Bu yerda, K - moddaning tabiatiga, muhitga va maydalash usuliga tegishli 
koeffitsient. Formuladan koʻrinib turibdiki, zarrachalarni qancha koʻp maydalash 
kerak boʻlsa, shuncha koʻp ish sarflash talab qilinadi. 
Kolloid sistemalar hosil qilish uchun dispers faza zarrachalarining 
oʻlchamlari 1 nm dan 100 nm gacha boʻlishi kerak. Buning uchun maxsus sharli 
yoki kolloid tegirmonlardan foydalaniladi. Kolloid tegirmon (17-rasm) yordamida 


36 
boʻyoq, oltingugurt, grafit, kvars va boshqa moddalarning kolloid eritmalari 
tayyorlanadi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling