30
tiklanadi, bu esa suvning tuzilishini nihoyatda oʻzgaruvchan qiladi.
Aynan shu
bogʻlanishlar tufayli suv klasterlari doimiy ravishda suvning alohida
mikroob‘ektlarida paydo bo'ladi. Klasterlarning paydo boʻlishi
va parchalanishini
quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:
Suv klasterlari, boshqa metall klasterlaridan farqli ravishda, har qanday hajmiy
birlikda ham oʻz agregat (suyuq) holatini (metall klasterlarga nisbatan olganda)
oʻzgarishsiz saqlay oladi.
Nanozarrachalarni olinish usullari. Har xil nanozarrachalarni olish
usullarining juda koʻp turlari ixtiro qilingan (14-rasm). Bundan tashqari koʻp
usullar,
zarrachalar olinayotganda, ularning kattaligini,
shaklini va tuzilishini
boshqarib (oʻzgartirib) turishga imkon beradi. Ishlash prinsiplari boʻyicha hamma
usullarni ikki katta guruhga boʻlishimiz mumkin:
dispergatsion usullar, yoki makrojismni maydalab nanozarrachalarni olish
kondensatsion usullar, yoki atomlardan foydalanib nanozarrachalarni oʻstirish
Birinchi guruhga kirgan
dispergatsion usullar asosida bitta prinsip yotadi –
«tepadan pastga». Makro (yoki katta) jismlar nanozarracha holigacha maydalanadi.
Bu eng oddiy usul boʻlib, unda makrojismlar oʻziga xos «hovonchadan» oʻtadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: