Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-rasm. Sharli tegirmon.
17-rasm. Kolloid tegirmon.
Kolloid eritmasi tayyorlanadigan modda avval maydalanadi, suyuqlik (dispersion muhit) va stabilizator bilan aralashtiriladi, soʻngra u yoʻlak (c) orqali tegirmonga solinadi (17-rasm, a). Suyuqlik va uning ichidagi qattiq jism oʻqiga oʻrnatilgan kurakcha (b) yordami bilan tez yurishtiriladi (kurakcha minutiga 10000-15000 marta aylanadi). Natijada suyuqlik va qattiq modda zarrachalari juda tez harakatlanadi va harakatsiz jismlar (a) ga kelib urilib, maydalanadi. Tayyor maydalangan mahsulot tegirmonning past qismidagi yoʻlak (d) orqali chiqariladi. Sharli tegirmon (18-rasm) zich yopiladigan silindr idish boʻlib, uning ichiga har xil oʻlchamli poʻlat yoki chinni sharchalar solingan boʻladi. Zarrachalar oʻlchami 50-60 nm atrofida boʻladi. Ichiga modda solinib tez aylantirilganda, modda sharchalar zarbidan maydalanadi. 18-rasm. Sharli tegirmon. Ammo, moddalarning maydalanish darajasi katta boʻlmaydi. Dispergatsiya jarayonini osonlashtirish uchun jism hoʻllanib, qoʻshimcha moddalar ishtirokida 37 kukun qilib maydalanadi. Qoʻshimcha modda sifatida foydalaniladigan tuzlar ( ), ishqorlar ( ), sovun va ba‘zi sirt-faol moddalar dispergatsiya jarayonni osonlashtirish bilan birga, olinayotgan kolloid sistemaning barqarorligini ta‘minlashda stabilizator vazifasini oʻtaydi. Sharli tegirmon yordamida quruq holatda solingan moddalarni nm oʻlchamli zarrachagacha, hoʻl holatdagi solingan moddalarni nm oʻlchamli zarrachagacha maydalash imkoni boʻladi. Kolloid tegirmonda esa solingan moddalarni 100 nm yoki undan kichik oʻlchamli zarrachagacha maydalash mumkin. Qayd etish kerakki, kolloid tegirmonda solingan moddalarni maydalash nisbatan tez amalga oshadi, ya‘ni kam vaqt talab qilinadi. Masalan, kolloid tegirmon yaratilgunga qadar grafitni maydalash sharli tegirmonda olib borilgan va bu jarayon qariyb 15-20 sutkada bajarilgan. Kolloid tegirmon (17-rasm,b) da esa ushbu jarayon uchun 15-20 minut talab qilinadi, xolos. Akademik Rebinder ta‘limotiga koʻra, qattiq jismning kristallik panjarasida nuqsonlar (zaif va darz ketgan joylar) mavjud boʻlib, mexanik kuch ta‘sirida mikrotirqishlar hosil qiladi (19-rasm). Qoʻshimcha moddalar esa dastlab jism yuzasida yutilib, soʻngra uning mikrotirqishlariga kiradi. Natijada, qarama-qarshi turgan adsorbsion qatlamlar orasida elektrostatik itarilish kuchi ta‘sirida yoruvchi effekt hosil boʻlib, oqibatda ular sirt energiyasini kamaytirib, qattiq jismning yemirilishini osonlashtiradi. bu yerda, F - sirtning erkin energiyasi, - sirt taranglik koeffitsienti, S – fazalararo sirt kattaligining oʻzgarishi. Bu usulda asl metallarning zollari olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling