Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Muhitning oʻzgarishiga ta’sir qiluvchi nanozarralar


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

15-rasm. Muhitning oʻzgarishiga ta’sir qiluvchi nanozarralar 
Zarrachalar agregatsiyasi boshlangandan ma‘lum bir vaqt oʻtgach stabilizator 
molekulalari oʻsayotgan nanozarrachalarni oʻrab yopishib oladi, bu esa uning 
oʻsishini toʻxtatadi. Stabilizatorning tarkibi va konsentratsiyasini boshqarib, 
istalgan diametrli nanozarrachani olish mumkin. Lekin, stabilizatorsiz olinadigan 
fulleren va nanotrubkalarning stabilligini (turgʻunligini) nima bilan tushuntirish 
mumkin? Nega ular, nanometrli oʻlchamga ega boʻlsalar ham, bir-birlariga 
birlashishga urinmaydilar? Oʻzlarining ana shu noyob xossalari sababli fullerenlar, 
nanotrubkalar va boshqa ba‘zi bir nanozarrachalar «sehrli» zarrachalar va ularning 
tarkibiga kirgan atomlarning sonini «sehrli sonlar» deb ataladi. Masalan, ishqoriy 
metallar uchun bu sonlar – 8, 20, 40; uglerodli klasterlar uchun – 60, 70, 90 va h.k. 


33 
«Sehrli» nanozarrachalarda hamma atomlar oʻzaro qattiq bogʻlanganlar, bu esa 
zarrachalarga kerakli stabillikni, ya‘ni barqarorlikni bera oladi. 
Nanosistemalarni mustahkamlik xususiyati odatdagi oddiy yoki kolloid 
sistemalarnikiga nisbatan juda kattadir. Masalan, nanosistemalarning Yung 
modulini qiymati odatdagi oddiy strukturaga ega moddalarning Yung moduli 
qiymatidan 1000 marotabagacha (nanosistemalarning uzulishga mustahkamligi 
pо‗latnikidan ham) yuqori hisoblanadi. Shu bois, hozirda kо‗p sonli 
nanozarralarning xossalarini о‗rganish jadal sur‘atlar bilan davom etmoqda. 
Nanotexnologiyaning ahamiyati. Yigirma-oʻttiz yil ilgari bitta kompyuter 
bir xonaga sigʻmas edi. Koʻp oʻtmay stolimiz ustida turadigan darajaga keldi, hozir 
esa choʻntakka sigʻadigan kompyuterlar ham bor. Taraqqiyot shu sur‘atda davom 
etadigan boʻlsa, ertaga soatimizga taqiladigan kompyuterlar ishlab chiqarilsa ham 
ajablanmasak boʻladi. Zero, nanotexnologiya ana shunday imkoniyatlarga yoʻl 
ochmoqda. Xato tushunmaslik kerak-ki, nanotexnologiyaning maqsadi, faqat 
―mitti‖lashtirishdan iborat emas. Texnikada biror vazifani bajarish uchun material, 
energiya va vaqt sarfi katta ahamiyatga ega. Nanotarmoqdagi miniatyurlashtirishga 
intilish ham xom ashyoni tejash maqsadida yuzaga kelmoqda. 
Soʻnggi yillardagi tadqiqotlar natijasida mikroelektron asboblar yasash 
uchun moddaning nafaqat sirt qatlami, hatto bir necha atom qatlamining oʻzi 
yetarli boʻlib, qolgan hajm esa ortiqcha material sarfi ekanligi ma‘lum boʻldi. 
Bundan tashqari jism sirtidagi jarayonlar yanada tezroq sodir boʻlishi uchun, yupqa 
va oʻta yupqa qatlamli qurilmalar vaqt tejash imkoniyatini beradi. Shuningdek, 
bitta yoki bir necha atom qatlamlaridan tashkil topgan nanotuzilmalarda fizik va 
kimyoviy jarayonlarning yanada jadal avj olishi ilm-fanning yangi nanosohalarni 
oʻrganish vazifalarini keltirib chiqarmoqda. Hozirda kvant nazariyasi, sirtning 
fizik-kimyosi, 
kristallografiya, 
molekulyar 
biologiya, 
biokimyo 
sohalari 
nanofanlarning asosini tashkil qiladi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling