Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Fraktal klasterlarning tuzilishi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

12-rasm. Fraktal klasterlarning tuzilishi. 
Fraktal klasterlarda ob‘ekt har tarafga qarab tarmoqlangan strukturaga ega 
boʻladi. Agar ob‘ekt har tarafga qarab tarmoqlangan strukturaga ega boʻlsa u 
fraktal ob‘ekt deb ataladi. Qora kuya, kolloidlar, aerozol va aerogellar bunga misol 
boʻla oladi (12-rasm).
Molekulyar klasterlar klasterlarning koʻpchiligini tashkil qilishi mumkin, 
chunki ularning turi va soni juda ham koʻp hisoblanadi. Bizga ma‘lum boʻlgan 
biologik makromolekulalarning ham koʻpchiligi molekulyar klasterlardir, masalan, 
suvning klasterini quyidagicha tasavvur qilish mumkin (13-rasm): 
13-rasm. Suv klasterining tuzilishi. 
Albatta ta‘kidlash joizki,
suvning klasterlarini hosil boʻlishiga sabab- 
molekulararo vodorod bogʻlari mavjudligidir.
Ular ba‘zi yolgʻiz vodorod 
molekulalarning yadrolari va boshqa suv molekulalarining kislorod yadrolaridagi 
elektron zichligining ortishi mobaynida paydo boʻladi. Vodorod bogʻlari 
molekulalarning issiqlik tebranishlari ta‘sirida osongina yoʻqoladi va yana tezda 


30 
tiklanadi, bu esa suvning tuzilishini nihoyatda oʻzgaruvchan qiladi. Aynan shu 
bogʻlanishlar tufayli suv klasterlari doimiy ravishda suvning alohida 
mikroob‘ektlarida paydo bo'ladi. Klasterlarning paydo boʻlishi va parchalanishini 
quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:
Suv klasterlari, boshqa metall klasterlaridan farqli ravishda, har qanday hajmiy 
birlikda ham oʻz agregat (suyuq) holatini (metall klasterlarga nisbatan olganda) 
oʻzgarishsiz saqlay oladi. 
Nanozarrachalarni olinish usullari. Har xil nanozarrachalarni olish 
usullarining juda koʻp turlari ixtiro qilingan (14-rasm). Bundan tashqari koʻp 
usullar, zarrachalar olinayotganda, ularning kattaligini, shaklini va tuzilishini 
boshqarib (oʻzgartirib) turishga imkon beradi. Ishlash prinsiplari boʻyicha hamma 
usullarni ikki katta guruhga boʻlishimiz mumkin: 

dispergatsion usullar, yoki makrojismni maydalab nanozarrachalarni olish 

kondensatsion usullar, yoki atomlardan foydalanib nanozarrachalarni oʻstirish 
Birinchi guruhga kirgan dispergatsion usullar asosida bitta prinsip yotadi –
«tepadan pastga». Makro (yoki katta) jismlar nanozarracha holigacha maydalanadi. 
Bu eng oddiy usul boʻlib, unda makrojismlar oʻziga xos «hovonchadan» oʻtadilar.

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling