25
Tadqiqotlar koʻrsatishicha, ortiqcha energiya
zarrachalarning suyuqlanish
temperaturasiga, eruvchanligiga, elektr oʻtkazuvchanligiga, oksidlanish darajasiga
va boshqa xossalariga sezilarli darajada ta‘sir koʻrsatadi.
«Nanosistemalar» iborasi SI birliklar sistemasiga qabul qilingandan sо‗ng
mashhur bо‗lib ketdi. Sо‗nggi 30-40 yil davomida nanosistemalarni (ultradispers
sistemalarni) о‗rganish kolloid kimyoning tasarrufidan chiqib ketdi. Hozirgi kunda
nanosistemalarni о‗rganish doirasi kengayib, ularni tayyorlashni zamonaviy
usullari yaratildi va xossalari keng tadqiq qilinmoqda. Nanosistemalar amalda turli
sohalarda qо‗llanilishi,
haqiqatda ham, inqilobiy jarayon sodir bо‗lganini
anglatadi..
Nanosistemalarning xossalari xuddi shunday moddaning makroskopik
miqdorlari xossalaridan shu qadar keskin farq qiladi-ki,
natijada ularni mustaqil
fan –
nanokimyo nomli fan oʻrganadi. Quyida keltirilgan 4-jadvalda nanokimyo
fanining ob‘ektlari keltirilgan:
4-jadval.
Nanokimyo fanining ob’ektlari
Nanozarrachalar
Nanosistemalar
Fullerenlar
Kristallar,
eritmalar
Nanotrubkalar
Agregatlar, eritmalar
Oqsil molekulalari
Eritmalar, kristallar
Polimer molekulalari
Zollar, gellar
Noorganik nanokristallar
Aerozollar,
kolloid eritmalar
Mitsellalar
Kolloid eritmalar
Nanobloklar
Qattiq jismlar
Lengmyur – Blodjett plyonkalari
Yuzida
plenkaga ega jismlar
Gazlardagi klasterlar
Aerozollar
Jism qatlamlaridagi nanozarralar
Nanostrukturali plyonkalar
Umuman olganda, klassik fan nuqtai-nazaridan, nanokimyo fanini
nanosistemalarning fizikaviy kimyosi desa ham boʻladi. Ta‘kidlash lozim-ki, XX
asrning birinchi yarmida nanokimyoning rivojlanishiga kolloid sistemalarni
oʻrganadigan mutaxassislar eng katta hissa qoʻshgan boʻlsa,
ikkinchi yarmida bu
fanning yanada katta sur‘atlar bilan rivojlanishiga polimerlar, oqsillar, fulleren va
nanotrubkalar bilan ishlaydigan mutaxassislarning ilmiy izlanishlari sabab boʻldi.
Do'stlaringiz bilan baham: