Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Inert gazlar atomlaridan tuzilgan zarrachalar


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

8-rasm. Inert gazlar atomlaridan tuzilgan zarrachalar.
Metall zarrachalar, ya‘ni bir nechta atomdan iborat metall klasterlarda ham 
kovalent, ham metall bogʻlanish turlari boʻlishi mumkin. Metall nanozarrachalari 


27 
katta reaksion tabiatga ega boʻladi va koʻpincha katalizator sifatida ishlatiladilar 
(9-rasm). 
9-rasm. Metall zarrachalar.
Metall nanozarrachalari koʻpincha oktaedr, ikosaedr, tetradekaedr shakliga 
ega boʻladilar. 
Fullerenlar va nanotrubkalar hozirgi zamon taraqqiyotida yoki, shuningdek, 
nanozarrachalar fan va texnikada juda katta rol oʻynaydilar. Masalan, fullerenlar 
yangi xil moylar va antifriksion qoplamalar, yangi yoqilgʻi turlari, olmosga 
oʻxshash oʻta qattiq birikmalar, turli hisoblagich (datchik) lar, boʻyoqlar va boshqa 
kerakli narsalarni yaratishda juda ahamiyatlidir (10-rasm).
10-rasm. Fulleren tuzilishi 
Lekin, kelajakda oʻta katta istiqbolga nanotrubkalar erishgan boʻlishi 
mumkinligi ehtimoli yuqori hisoblanadi. Haqiqatan ham, nanotrubkalarning 
tuzilishi mutaxassislar oldida juda katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan, 
nanotrubka – devori bir qavat boʻlgan ichi boʻsh silindr shaklidagi molekula boʻlib, 
u taxminan 1000000 ta uglerod atomidan iborat, diametri 1

2 nm va uzunligi bir 
necha oʻn mikronga tengdir. Uning devorida uglerod atomlari toʻgʻri 
oltiburchaklarning uchlarida joylashgan boʻladi. Shuningdek, nanotrubkalarning 
unikal (katta yuzasi, yaxshi elektr oʻtkazuvchanlik, mustahkamlik) xossalari 
mavjud (11-rasm).


28 
11-rasm. Nanotrubkalarning tuzilishi. 
Bu xossalar ularning juda koʻp sohalarda qoʻllanilish imkonini yaratadi. 
Masalan, ular asosida har xil jarayonlar uchun kerakli katalizatorlarni tashuvchisini 
yoki energiyaning yangi manbasini – yoqilgʻi yacheykalarini yaratish mumkin
bunday manbalar shunday kattalikdagi oddiy batareykadan 3 marta uzoq vaqt 
ishlashi mumkin. Agar shunday yacheykani uyali telefonga qoʻyilsa kutish 
rejimida ikki hafta turishi mumkin (hozirgi telefonlar 4 kun tura oladi). 
Masalan, yoqilgʻi yacheykasi metil spirti bilan toʻldirilib ta‘minlanadi 
(zapravka qilinadi), u reaksiya paytida kislorod va vodorodga parchalanadi va 
natijada issiqlik va elektr energiyasi ajralib chiqadi. Bu jarayonning effektivligi 
katalizatorning kattaligiga bogʻliq, shuning uchun nanotrubka devoriga oʻrnatilgan 
platina nanozarrachalari juda yaxshi katalizator sifatida xizmat qiladi. 
Hozirgi yoqilgʻi yacheykasi oʻrnatilgan noutbuklarni 2005-yilning boshida 
chiqara boshlashdi. Dastlabki yillarda noutbuklarning avtonom holda ishlashi 5 
soat, 2006-yilda esa 50 soat boʻlgan edi. Hozirgi paytda bir necha haftaga 
yetadigan bunday yacheykalarni chiqarish ustida Motorola, Casio, Sony, Hitachi, 
Samsung kabi kompaniyalar ish olib bormoqda. 
Ma‘lum-ki, kelajakda avtomobillar ekologik toza yoqilgʻi boʻlmish 
vodorodga oʻtish ehtimoli yuqori sanaladi. Ana shu vodorodni yigʻish va saqlash 
muammosini nanotrubkalar muvaffaqqiyat bilan echa olar ekan. Dvigatellar uchun 
kerak energiya vodorod 
va kislorod
oʻrtasida yuz beradigan reaksiya 
yordamida olinadi, bunda reaksiyaning mahsuloti («chiqindisi») sifatida 
suv 
bugʻi ajralib chiqadi. Avval mutaxassislar bunday avtomobilni chiqarishni 
rejalashtirishni tassavvur ham qilmaganlar. Vodorod – eng yengil gaz, shuning 
uchun bir necha kilogramm vodorod juda katta hajmli ballonni talab qiladi. 
Demak, har bir avtomobil haydovchisi oʻzi bilan birga katta hajmli ballonni olib 


29 
yurishi kerak, bu esa juda noqulaylik tugʻdiradi. Palladiy nanozarrachalari 
yopishtirilgan nanotrubkalar esa oʻzining hajmidan minglarcha marta katta boʻlgan 
hajmdagi vodorodni saqlay olar ekan, demak bu usul avtomobilni yanada quvvatli, 
arzon va ekologik toza qila oladi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling