Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
Nanokimyo. Kimyo fani necha yuz yillardan beri rivojlanib kelayotgan fan
boʻlib, u moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ularning oʻzaro ta‘siri (reaksiyasi) natijasida boshqa moddalarga aylanish qonuniyatlarini oʻrganadi. Odatda kimyo moddaning makroskopik miqdorlari bilan ish koʻradi, ularda trillionlab atom va molekulalar boʻladi, koʻpincha biz moddalarning atom va molekulalardan tuzilganligini unutib ish koʻrganimizni sezmay qolamiz. Lekin, 24 XX asr oxiriga kelib, tunnel mikroskopi kashf etildi, moddani juda kichik zarrachalar, hattoki molekulalar darajasida oʻrganish imkoni tugʻildi. Yuqorida aytganimizdek, kattaligi nanometrlar bilan oʻlchanganda, moddaning xususiyati uning ichidagi atomlar soniga bogʻliq ekanligi aniqlandi. Ana shu holatga XIX asrda birinchi boʻlib ingliz olimi Maykl Faradey oʻz diqqatini qaratdi. U juda kichik tilla zarrachalaridan tashkil topgan kolloid suspenziyasini oldi. Lekin, oddiy tilla sariq koʻrinsa ham, suspenziya binafsha rangda edi. Demak, tillaning qaytarish xossalari uning kattaligi kamayganda oʻzgarar ekan. Nanozarrachalarni sintez qilish boʻyicha bajarilgan tajribalar nanokimyoga boʻlgan qiziqishni yanada kuchaytirib yubordi. Bunday nanozarrachalarning yangi xossalari ochildi, ya‘ni ularda kimyoviy faollik kuchaygan boʻlib, buning natijasida ular bilan yuz beradigan reaksiyalar faollashar ekan. Nanozarrachalarning bunday xossasi yangi effektiv katalizatorlarni yaratishga olib keldi. Oʻlchamlari 10 nm dan katta boʻlmagan metall zarrachalarning (odatda, bunday zarrachalarni klasterlar deb atalar edi) kimyoviy faolligi (aktivligi) katta boʻladi va ular boshqa jismlar bilan deyarli hech qanday energiya sarflamasdan reaksiyaga kirisha oladi. Kerakli ortiqcha energiyani zarrachaga uning yuzasi beradi. Ma‘lumki, klasterlarda tashqi yuzadagi atomlar soni, birinchidan, hajmdagiga qaraganda katta boʻladi, ikkinchidan bu atomlarning kimyoviy bogʻlarining bir qismi kompensatsiya qilinmagan boʻladi (7-rasm). Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling