Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-rasm.Dispers sistemalarni olinish sxemasi
Dispersion usul. Kolloid eritmalar oʻzining geterogenligi bilan chin
eritmadan farq qiladi. Chunki, kolloid zarrachalar oʻlchami erituvchi molekulasiga nisbatan sezilarli darajada katta oʻlchamga ega boʻlib, buning natijasida ular orasida ajralish sirti hosil boʻladi. Kolloid dispers sistema dispers muhit va dispers fazadan tarkib topgan mikrogeterogen sistemadan iborat. Kolloid dispers sistema quyidagi sharoitlarda hosil boʻladi: kolloid zarrachalarning oʻlchamiga tarqaladigan moddalar zarrachalarining oʻlchami yaqin boʻlishi, ya‘ni dispers faza zarrachalari kоllоid disperslikka erishishi kerak; 35 ajralish sathida, kolloid zarrachalarni hosil qilgan ionli qavat va gidrat parda stabilizatorlar yordamida saqlanishi kerak; stabilizatorlar kolloid zarrachalar sathida yutilib, u yerda elektr zaryadi hosil qiladi. Elektr zaryadi zarrachalarning oʻzaro yaqinlashib, bir-biriga qoʻshilishiga yoʻl qoʻymaydi, barqarorlik yaratadi. Bir soʻz bilan aytganda, dispers faza zarrachalari hоsil boʻladigan sistemada, uchinchi kоmpоnent-stabilizatоr mavjud boʻlishi kerak; dispers faza dispers muhitda yomon eruvchanlikka ega boʻlishi kerak. Demak, kolloid zarrachalar elektr zaryadli, gidrat pardali va turgʻun boʻlishi, ya‘ni dispers faza mоddasi dispers muhitda erimasligi kerak. Ana shunday zarrachalardan tashkil topgan kolloid eritmalar oʻzaro qarama- qarshi ikki usul bilan olinadi (16-rasm): dispersion usul, bunda kolloid eritmalar yirik zarrachalarni maydalash yoʻli bilan hosil qilinadi; kondensatsion usul, bunda ion yoki molekulalar oʻzaro birlashib, kolloid zarrachalar hosil qiladi. 16-rasm.Dispers sistemalarni olinish sxemasi: a-kondensatsiya (kichik zarrachalarni yiriklashishi); b-disperslash (yirik zarrachalarni maydalanishi). Zarrachalarni maydalash uchun ma‘lum ish sarflanadi. Bu (A) ish hosil boʻlayotgan zarrachalar sathi (S) ga toʻgʻri proporsional hisoblanadi, ya‘ni: А К Bu yerda, K - moddaning tabiatiga, muhitga va maydalash usuliga tegishli koeffitsient. Formuladan koʻrinib turibdiki, zarrachalarni qancha koʻp maydalash kerak boʻlsa, shuncha koʻp ish sarflash talab qilinadi. Kolloid sistemalar hosil qilish uchun dispers faza zarrachalarining oʻlchamlari 1 nm dan 100 nm gacha boʻlishi kerak. Buning uchun maxsus sharli yoki kolloid tegirmonlardan foydalaniladi. Kolloid tegirmon (17-rasm) yordamida 36 boʻyoq, oltingugurt, grafit, kvars va boshqa moddalarning kolloid eritmalari tayyorlanadi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling