Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Sirt hodisalarning sinflarga boʻlinishi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

Sirt hodisalarning sinflarga boʻlinishi. Sirt hodisalarni sinflarga boʻlishda 
sirt qavat qanday agregat holatda ekanligiga e‘tibor beriladi. Oʻzaro bir-biriga tegib 
turgan fazalar orasidagi chegara sirt qavatlar moddalarning agregat holatiga qarab 
quyidagi sinflarga boʻlinadi: 

Gaz-suyuqlik;

Gaz-qattiq jism.

Suyuqlik-suyuqlik.

Suyuqlik-qattiq jism.

Qattiq jism – qattiq jism.
Sirt hodisalarni sinflarga ajratishda termodinamikaning birinchi va ikkinchi 
qonunlarining birlashgan tenglamasidan foydalanish ancha qulaylik tugʻdiradi. 
Darhaqiqat, bu tenglamani sirt qavat uchun quyidagi koʻrinishda ifodalash 
mumkin: 








dq
dn
dS
VdP
Sdt
G
i
i



`
bu yerda, ΔG – izobar-izotermik potensial (Gibbs energiyasining oʻzgarishi), S – 
entropiya, V – hajm, σ – sirt taranglik
– i komponentning mol sonlari, φ – 
elektr potensial, S – sirt yuzasi, q – zaryad miqdori
– i komponentning 
kimyoviy potensiali. 
Bu tenglama issiqlik, mexanik, sirt, kimyoviy va elektr energiyalar 
oʻzgarishining algebraik yigʻindisi ekanligini koʻrsatadi. Bu tenglamadan yana 
shuni koʻrish mumkin-ki, sirt energiyasi: 

Gibbs energiyasiga,

issiqlikka,

mexanik energiyaga,

kimyoviy energiyaga,

elektr energiyaga


21 
aylana oladi. Demak, sirtda besh turdagi hodisa sodir boʻlish ehtimoli mavjud 
boʻladi. Bularning barchasida sirt energiya boshqa tur energiyaga aylanishi 
mumkin. Energiyaning bu aylanishlari – disperslik darajasi oʻzgargan sari 
moddaning kimyoviy reaksiyalarga kirishish qobiliyatining adgeziya (ya‘ni, turli 
xil shakldagi moddalarning molekulalari orasidagi oʻzaro tortishuv kuchlarining 
namoyon boʻlishi) va kogeziya (ya‘ni, bunda bir tur fazaga oid modda molekulalari 
orasidagi oʻzaro tortishish kuchlari) oʻzgarishi bilan, kapilyarlik hodisalari bilan
adsorbsiya va elektr potensiallarning oʻzgarishi bilan birgalikda sodir boʻladi. 
Ikki faza orasida barqaror chegara sirt mavjudligining asosiy sharti – erkin sirt 
energiyasining musbat ishorali boʻlishidir. Agar bu energiyaning qiymati manfiy 
ishorali (yoki nolga teng) boʻlsa, chegara sirt mavjud boʻlmaydi, bunda tasodifiy 
fluktatsiyalar tufayli bir faza ikkinchi fazaga tarqalib ketadi.

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling