47
Membrana - bu turli xil ikki faza oraligʻida joylashgan ajratuvchi fazadir.
Membranalar odatda (agar membrana tarkibida tashuvchi ionlar mavjud boʻlsa)
faol yoki (agar membrana koʻchirilishi kerak boʻlgan moddaga nisbatan neytral
boʻlsa) nofaol (yoki sust) bo‘lishi mumkin.
Membrana va filtr bir-biridan tuzilishi va ajratuvchilik
qobiliyati bilan
farqlanadi. Masalan, moddalar membranani yuqori qismida yigʻiladi, filtrda esa
butun hajmda yigʻilishi mumkin va shuning uchun ham membrana filtrga nisbatan
tez ifloslanadi (24-rasm).
24-rasm. Membrana (a) va filtr (b)ning tuzilishi
Agregat holatiga koʻra membranalar qattiq yoki suyuq holatda boʻladi.
Ba‘zan, kollodiy va sellofanlardan sun‘iy membrana tayyorlanadi. Kolloid eritmani
tozalash uchun, uni sun‘iy
membrana xaltachasiga solib, soʻngra suvli idishga
botiriladi. Kolloid eritmadagi molekula va ionlar elektrolitlar parda orqali oʻtib,
suvda diffuziyalanib chiqib ketishi natijasida kolloid eritma tozalanadi. Dializning
bu oddiy usuli kolloid eritmalarni laboratoriya sharoitlarida
tozalashda keng
ishlatiladi.
Elektrodializ. Elektrodializ kolloid eritmalarni tozalashda eng qulay usul
hisoblanadi.
Elektrodializ - elektr toki yordamida dializ jarayonini tezlashtirishdir.
Ishlatiladigan asbob
elektrodializator deb atalib (25-rasm),
asbobga doimo oqar
suv quyiladi.