Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-§. Kapillyar kondensatlanish. Adsorbsiya. Adsorbsion muvozanat. Kapillyar bosim va kapillyar kondensatsiya.
n – C
6 H 14 , kal/g TiO 2 rutil 550 240 — 135 A1 2 O 3 400-600 — — 100 SiO 2 400-600 270 — 10 BaSO 4 490 220 –– – Teflon-b 6 — — 47 Agar-agar 44,8 — 1,28 – Suyuqlikka kapillyar naycha tushirilganida naycha ichidagi sirt qavariq bо‗lsa, sirtda turgan molekulani suyuqlik ichiga tortadigan molekulalar soni tekis sirtdagiga qaraganda kamroq bо‗ladi. Lekin, botiq sirtda turgan molekulani suyuqlik ichiga tortadigan molekulalar soni tekis sirtdagiga qaraganda kо‗proq bо‗ladi. Binobarin, botiq sirt bо‗lgan holda molekulalar orasidagi о‗zaro tortishuv kuchliroq ifodalanadi. Shu sababdan qattiq jism hо‗llanganida suyuqlik sirtining tekis holati bilan sferik holatida namoyon bо‗ladigan bosimlar orasida kapillyar bosim yuzaga chiqadi. Uni ∆P bilan ifodalasak, quyidagi tenglamaga ega bо‗lamiz: Bunda, – sferik sirtli suyuqlik bosimi, - tekis sirt hosil qiluvchi suyuqlik bosimi. 7.2-§. Kapillyar kondensatlanish. Adsorbsiya. Adsorbsion muvozanat. Kapillyar bosim va kapillyar kondensatsiya. Sirt hodisalardan yana biri - kapillyar hodisalar boʻlib, u bir-biriga tegib turgan fazalarning sirti hosil boʻlishiga sirt taranglik ta‘sir etishi natijasida sodir boʻladigan hodisadir. Masalan, ingichka nay suyuqlikka botirilganida, suyuqlik sirtining naycha devori bilan oʻzaro ta‘siri natijasida naycha ichidagi suyuqlik sirti botiq yoki qavariq menisk 87 hosil qiladi. Suyuqlik naycha devorini hoʻllaydigan boʻlsa suyuqlik sirtida botiqlik, hoʻllamaydigan boʻlsa qavariqlik paydo boʻladi. Tekis sirtli chegara bilan sferik chegara orasidagi farq shundaki, sirt taranglik kuchining sirtga perpendikulyar yoʻnalgan tarkibiy qismi tekis chegara uchun nolga teng, lekin sferik chegara uchun nolga teng emas. Shu sababli bir-biri bilan sferik sirt orqali chegaralanib turgan - fazadagi bosim - fazadagi bosimga teng emas. Ular orasidagi ayirma P kapillyar bosim atamasi bilan yuritiladi. Laplas о‗zgarmas haroratda ushbu jarayonni tekshirib, kapillyar bosim ikki kattalikka bog‗liq ekanligini kо‗rsatdi. Ulardan biri suyuqlikning sirt tarangligi, ikkinchisi suyuqlik qattiq jismni hо‗llaganida hosil bо‗ladigan sferik sirtning radiusidir. Laplas tenglamasi boʻyicha kapillyar bosim - suyuqlik sirt tarangligiga ( ) toʻgʻri proporsional va sferik sirtning radiusiga (P) teskari proporsionaldir: R P 2 Bu yerda, σ - sirt taranglik, R – sferik sirt radiusi. Bu tenglamadan kо‗ramizki, tekis sirt hosil bо‗lganida ∆P = 0 bо‗ladi, qavariq sirtli holat uchun ∆P>0; ∆P musbat qiymatga, botiq sirtli holatda ∆P<0; ∆P manfiy qiymatga ega bо‗ladi. Laplas tenglamasining kо‗rsatishicha, hajmiy fazalar orasida ∆P kapillyar bosim sirt taranglik ortishi bilan ortadi, lekin sferik radius ortganda kamayadi. Yana shuni ham aytib о‗tish kerakki, Laplas tenglamasiga asoslanib, suyuqliklarning sirt tarangligini о‗lchash uchun pufakchalarning eng katta bosimini aniqlash usuli yaratilgan. (42-rasm). Suyuqlikning koʻtarilish balandligi «h» sirt tarangligiga, chet burchak kosinusiga , kapillyar radiusiga (r) va suyuqlik zichligiga (d) bogʻliq (Jyuren tenglamasi): ) ( cos 2 ) ( d d g r h Agar faza havo yoki bugʻ boʻlsa, bu tenglamadagi ni e‘tiborga olmaslik mumkin. Agar suyuqlik shishani hoʻllamasa (ya‘ni, boʻlganida), h<0 boʻladi, binobarin, bu holda suyuqlik kapillyarda balandga koʻtarilmaydi, balki suyuqlik sirti pasayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling