Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-§. Adsorbsiya. Adsorbsion muvozanat. Adsorbsiyaning qo


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

7.3-§. Adsorbsiya. Adsorbsion muvozanat. Adsorbsiyaning qoʻllanilishi. 
Sirtga yutilish turlari. Sirt energiyaning kamayishiga olib boruvchi 
jarayonlardan biri suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa moddalarning yigʻilish 
hodisasidir. Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari 
yoki ionlarining yigʻilishi adsorbsiya deyiladi (44-rasm). 
44-rasm. Adsoblanish jarayonining sxemasi 
Oʻz sirtiga boshqa modda zarrachalarini yutgan modda adsorbent deb, 
yutilgan modda esa adsorbtiv deb ataladi. Masalan, ammiakli idishga qizdirilib, 
soʻngra sovitilgan koʻmir solinsa, koʻmir ammiakni yutib olib, uning bosimini 
kamaytiradi. Masalan, koʻmir boshqa gazlarni ham yuta oladi va buning natijasida 
koʻmirning ogʻirligi ortadi. Agar gazning konsentratsiyasi kam boʻlsa, koʻmir 
idishdagi gazning hammasini yutib olishi mumkin boʻladi. 
Akademik N.Zelinskiy aktivlangan koʻmirning adsorblash xossasiga 
asoslanib, birinchi jahon urushi davrida gazniqob (protivogaz) asbobini ixtiro 
qilgan. 
Rossiyalik olim M.Svet adsorbsiya qonunlaridan foydalanib, 1906-yili 
moddalarning sifat analizi va sof holda ajratib olishda qoʻllaniladigan 
xromatografiya usulini birinchi boʻlib kashf etdi. 
Chet ellik olimlardan Gibbs, Freyndlix, Lengmyur, Brunauer kabi olimlar 
adsorbsion ta‘limotlarni rivojlanishida katta hissa qoʻshdilar. Adsorbsiya hodisasi 
faqat koʻmirgagina emas, balki boshqa barcha gʻovak moddalarga ham xos 
boʻlishi mumkin. Masalan, turli gellar oʻz sirtiga har xil boʻyoqlarni yutadi. 


92 
Adsorbsiya hodisasini, dastlab, rus olimi T.Lovits 1785-yilda kashf qilgan. 
Yutilgan modda zarrachalari hamma vaqt modda sirtida qolavermaydi, ba‘zan 
yutuvchi jismning ichki tomoniga ham diffuziyalanishi mumkin. Umuman, qattiq 
jismga tashqi muhitdan moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi. Agar modda 
qattiq jism sirtiga yutilsa, bu hodisa adsorbsiya (yoki oʻzaro kimyoviy ta‘sir roʻy 
bermasa, fizikaviy adsorbsiya ) deb, uning ichki qismiga yutilganda esa absorbsiya 
deb ataladi. Agar modda geterogen sistemada (masalan, gaz bilan adsorbent 
orasida) boʻladigan kimyoviy reaksiya tufayli yutilsa, bu hodisa xemosorbsiya 
(yoki faollangan adsorbsiya) deyiladi. Masalan, kalsiy oksid sirtida karbonat 
angidridni yutilishini koʻrish mumkin: 
Xemosorbsiya vaqtida yangi faza vujudga keladi. Masalan, xuddi yuqoridagi 
reaksiya kabi, mis sirtida kislorodning yutilishi bunga misol boʻla oladi: 
Xemosorbsiya koʻpincha qattiq jismning barcha hajmiga tarqaladi. Natron 
ohak bilan sulfit angidrid orasidagi xemosorbsiya bunga misol boʻla oladi. 
Xemosorbsiya odatda qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi. Bu holda 
adsorbsiyaning issiqlik effekti kimyoviy birikmalarning hosil boʻlish issiqliklariga 
yaqin boʻladi. U reaksiya tezligiga va yutilayotgan molekulalarning reaksiya 
mahsulotlari orqali diffuziyalanib, adsorbent bilan toʻliq reaksiyaga kirishishiga 
bogʻliq. Agar xemosorbsiya vaqtida sorbent sathida diffuziyalanmaydigan 
molekulalar paydo boʻlsa, bunda hosil boʻlgan oksid parda xemosorbsiya 
jarayonini toʻxtatib qoʻyadi: 
Ba‘zan, oʻz kritik haroratidan past haroratdagi gaz sorbsiya vaqtida qattiq 
jism 
gʻovaklarida 
kondensatlanib, 
suyuqlikka 
oʻtadi. 
Yuqorida 
ta‘kidlaganimizdek, bu hodisa kapillyar kondensatsiya hodisasiga misol boʻladi. 
Adsorblangan gaz bir yoki bir necha qatlam molekulalardan iborat boʻlishi 
mumkin. Shunga qarab, adsorblanish monomolekulyar yoki polimolekulyar deb 
nomlanadi. 
Jismning sirtiga yutilgan moddalarni qaytadan chiqarish jarayoni desorbsiya 


93 
deyiladi. Yutilgan moddalarni erituvchilar yordamida adsorbentlardan ajratib olish 
elyutsiya deyiladi. 
Gaz yoki bugʻ fizikaviy adsorblanganda quyidagi 4 ta holat belgisi kuzatiladi:

adsorbsiya deyarli katta tezlik bilan boradi;

adsorbsiya qaytar tarzda boradi; 

temperatura oshganida adsorblanish kamayadi;

adsorbsiyaning issiqlik effekti qiymat jihatidan suyuqlanish yoki bugʻlanish 
issiqliklariga yaqin boʻladi. 
Adsorbsiya hodisasi qattiq jism bilan suyuq jism oʻrtasida, qattiq jism bilan 
gaz oʻrtasida, suyuqlik bilan gaz oʻrtasida va bir-birida kam eriydigan ikki 
suyuqlik oʻrtasida sodir boʻlishi mumkin. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling