Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-rasm. Chet burchak qiymatining yuzalarning sirt tarangliklariga
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
41-rasm. Chet burchak qiymatining yuzalarning sirt tarangliklariga
bogʻliqligi Hoʻllanishning miqdoriy ifodasi sirt taranglik kuchlariga bogʻliqdir (41- rasm). Qattiq jismning havo bilan chegarasidagi sirt tarangligini orqali, qattiq jism bilan suyuqlik chegarasidaga fazalararo sirt energiyasini orqali, ichidagi tomchining yoyilib ketishiga qarshilik koʻrsatadigan molekulalararo kuchlarni orqali ifodalaganimizda, bu uchta kuch oʻrtasida muvozanat qaror topishining sharti Yung tomonidan chiqarilgan quyidagi Yung tenglamasi bilan koʻrsatiladi: Hoʻllanishning miqdoriy xarakteristikasi chet burchak kosinusi qiymati bilan ifodalanadi. 2 . 1 3 . 2 1 . 3 cos Bu tenglamadan chiqadigan xulosalar Yung qonuni deb ataladi: hoʻllanish chet burchagi faqat sirt chegaraning molekulyar tabiatiga bogʻliq; cos kanchalik katta boʻlsa, hoʻllanish shunchalik kuchli boʻladi: agar oʻtkir burchak boʻlsa, cos >0 bu holda qattiq jism hoʻllanadi va uning sirti liofil (yoki H 2 O uchun gidrofil) deb hisoblanadi. Agar oʻtmas burchak boʻlsa, cos <0 boʻlib, bu sirt yomon hoʻllanadi va liofob (yoki gidrofob) sirt deb hisoblanadi. Tanlab ta‘sir etish qoidasiga koʻra, har qaysi suyuqlik qutblanganligi jihatidan oʻziga yaqin qattiq jism sirtini hoʻllaydi. Ayni fazadagi modda zarrachalari (atom va molekula) orasidagi oʻzaro tortishish kuchlarining namoyon boʻlishi kogeziya deb ataladi. Kogeziya moddaning uzilishiga boʻlgan qarshiligini, ichki bosimi va hokazo xossalarini xarakterlaydi. Kogeziyani yengish uchun sarflanadigan energiya modda koʻndalang kesimi yuzining 1 cm 2 ga toʻgʻri keladigan ish miqdori bilan ifodalanadi. Agar kesim yuzi 1 cm 2 boʻlgan jism uzilsa, 2 cm 2 yangi sirt hosil boʻladi. Shu sababli kogeziyani yengish uchun bajarilgan ish: 82 formula bilan ifodalanadi (bu yerda, σ - sinaladigan jismning havo bilan chegarasida sirt tarangligi). Turli fazalardagi moddalar zarrachalari orasida oʻzaro ta‘sir kuchlarining namoyon boʻlishi adgeziya deb ataladi. Bir moddaning sirti boshqa modda sirtiga tegishi natijasida bir-biriga tortilganida adgeziya hodisasi sodir boʻladi. Demak, adgeziyada bajarilgan ishni fazalararo sirt qavatni bir-biridan ajratish uchun zaruriy energiya deb qarash mumkin. Bu holda 2 ta faza mavjud boʻlgani uchun fazalararo yangi sirt hosil boʻladi. Natijada sistemaning dastlabki erkin energiyasi adgeziyada bajarilgan ish qiymatiga qadar kamayadi. Shunga koʻra, Dyupre adgeziyada bajarilgan ish uchun quyidagi tenglamani taklif qildi: Bu Dyupre tenglamasi da: – adgeziyada bajarilgan ish; – birinchi faza bilan havo chegarasidagi sirt taranglik; – ikkinchi faza bilan havo orasidagi sirt taranglik, – birinchi va ikkinchi fazalararo sirt taranglik.Tenglamadan koʻrinib turibdiki, dastlabki komponentlarning sirt tarangliklari qancha katta va fazalararo sirt taranglik qancha kichik boʻlsa, adgeziyada bajariladigan ish shunchalik katta qiymatga ega boʻladi. Yung 2 . 1 3 . 2 1 . 3 cos va tenglamalaridan foydalanib adgeziyada bajarilgan ish uchun Dyupre-Yung tenglamasini keltirib chiqarish mumkin. Dyupre tenglamasi energiya saqlanish qonunining adgeziya uchun tadbiq etilishini ifodalaydi. Tenglamadan koʻrinib turibdiki, dastlabki komponentlarning sirt tarangliklari qancha katta va fazalalaro sirt taranglik qancha kichik boʻlsa, adgeziyada bajariladigan ish shunchalik katta qiymatga ega boʻladi. Suyuqliklar bir-birida cheksiz erigan sharoitda fazalalaro sirt taranglik nolga teng boʻlib qoladi. Binobarin, ikki moddaning bir-birida erish sharti: ekanligini koʻramiz. Koageziya entalpiyasi 2 ga tengligini inobatga olib: 2 2 2 2 " ' 1 , 3 1 . 2 0> Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling