Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
k
k A А Aa 83 tenglamaga ega boʻlamiz. Bu yerda, – birinchi moddaning koageziya entalpiyasi, - ikkinchi moddaning koageziya entalpiyasi. Yuqoridagi tenglamalardan foydalanib adgeziyada bajarilgan ish uchun quyidagi Dyupre-Yung tenglamasi hosil qilinadi: ni suyuqlikning sirt tarangligi va hoʻllanish burchagining kosinusidan hisoblab chiqarish mumkin. Adgeziya qancha kuchli namoyon boʻlsa, shuncha katta qiymatga ega boʻladi. Bu tenglamadan koʻrinadiki, oʻzaro muvozanatda turgan ikki faza bir-birida erib ketishi uchun adgeziyada bajariladigan ishning qiymati ayni fazalar koageziya entalpiyalari yigʻindisining yarmiga teng yoki undan katta boʻlishi kerak. Adgeziya hodisasi fazalararo sirt taranglikning oʻz–oʻzicha kamayishi natijasida kelib chiqadi. Binobarin, adgeziya termodinamik jihatdan oʻz-oʻzicha sodir boʻla oladigan jarayonlar jumlasiga kiradi. Adgezion oʻzaro ta‘sirning kattaligi Van-der-Vaals kuchlari qiymatlaridan tortib, to sof kimyoviy bogʻlanish energiyalariga qadar boʻlishi mumkin. Misol tariqasida poliakrilamid ) ning kо‗mirga adsorbsiyalanish ta‘sirini qarab chiqamiz. Poliakrilamid (PAA) tarkibida qutbli atom guruhlar mavjud bо‗lib, ular kо‗mirning havoda oksidlanishidan hosil bо‗ladigan faol markazlarga adsorbsiyalanadi (faol markazlar tarkibida fenol, karboksil, oksid va peroksid guruhlar borligi aniqlangan). Bu jarayonda suvning roli ham katta. Suv molekulalari ham kо‗mirga adsorbsiyalanishga intiladi. Ular bu jihatdan xuddi poliakrilamid molekulalari bilan raqobatlashadi. Shu sababli poliakrilamid kо‗mirga darhol emas, ma‘lum vaqt о‗tgandan keyin adsorbsiyalanadi. Birmuncha vaqt о‗tgach, poliakrilamidning polimer zanjirlari uzilib, uning kо‗mirga adsorbsiyalanishi juda tezlashib ketadi. Adsorbsiyaning borishiga ayni sistemada bо‗lgan gaz va suyuqliklarning tabiati (ularning liofil yoki liofob moddalar ekanligi), shuningdek, qattiq moddaning maydalanish darajasi va boshqa omillar ham ta‘sir etadi. Briketlarning sifatini oshirish maqsadida sirt-faol moddalar qо‗llash ancha unumli natijalar beradi. Keyingi vaqtlarda oliy navli kо‗mirlarni briketlash uchun neft asosida 84 tayyorlangan adgezivlar bilan bir qatorda sintetik polimerlar asosida tayyorlangan yopishtiruvchi materiallardan ham foydalanilmoqda. Hо‗llanish sirt energiyaning kamayishi bilan sodir bо‗ladigan о‗z-о‗zicha boruvchi jarayondir. Biror adsorbent suyuqlikka tushirilganida hoʻllanish issiqligi ajralib chiqadi. Uning qiymati: bilan ifodalanadi. Bu yerda, adsorbentning solishtirma sirti; – adsorbentning adsorbent-havo chegarasidagi toʻliq sirt energiyasi; – adsorbentning adsorbent-suyuqlik chegarasidagi toʻliq sirt energiyasi. Differensial va integral hо‗llanish issiqliklari mavjud bо‗lib, bu issiqliklarning qiymatlari qattiq jismni hо‗llaydigan suyuqlik miqdorlariga bog‗liqdir. Differensial hо‗llanish issiqligini quyidagicha ta‘riflash mumkin, ya‘ni: ma‘lum (x) miqdor zarrachalarni adsorbsiyalab olgan suyuqlik sirtiga cheksiz kam miqdor suyuqlik qо‗shilganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdori differensial hо‗llanish issiqligi deb ataladi. Uning kattaligi J∙mol -1 m 2 lar bilan ifodalanadi. Qattiq jism sirtiga quyilgan tomchi ustiga yana tomchilar quyila borganida sistemaning differensial hо‗llanish issiqligi kamaya boradi. Binobarin, differensial hо‗llanish issiqligining maksimal qiymati qattiq jism sirtidagi suyuqlik miqdori nolga teng bо‗lgan holatdagi hо‗llanishga, ya‘ni fazalarning ajralish chegarasiga muvofiq keladi. Bu qiymat ekstrapolyatsiya usulida aniqlanadi. Differensial hо‗llanish issiqligi doimo musbat qiymatga ega, chunki hо‗llanish paytida har doim issiqlik ajralib chiqadi. Sirt suyuqlikning yakka-yakka molekulalari qavati (monomolekulali qavat) bilan tо‗lganida bо‗ladi. Termodinamik nuqtai-nazaridan fikr yuritish natijasida differensial hо‗llanish issiqligi sof adsorbsiya jarayoni issiqligiga teng ekanligi aniqlangan. Integral hо‗llanish issiqligi deganda sirt birligiga ma‘lum miqdor suyuqlik berilganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini tushunish kerak. Ayni sirt bilan qancha kо‗p miqdor suyuqlik о‗zaro ta‘sirlashsa, shuncha kо‗p integral issiqlik ajralib chiqadi. Integral hо‗llanish issiqligi bilan differensial hо‗llanish issiqligi orasida quyidagi bog‗lanish mavjud: 85 ∫ Agar berilgan suyuqlik miqdori sirt bilan о‗zaro ta‘sirlashadigan miqdordan ortiq bо‗lsa, bu holda kuzatiladigan integral issiqlik tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri hо‗llanish issiqligi deb yuritiladi. Sirtda monomolekulali qavat hosil bо‗lganida tо‗liq hо‗llanish issiqligiga teng bо‗ladi. Umumiy sirti katta bо‗lgan sistemalar (kukun va g‗ovak jismlarning) hо‗llanish issiqligi J/m 2 yoki J/g bilan ifodalanadi. Kо‗pincha uning qiymatlari 5-1000 J/g atrofida bо‗ladi. Hо‗llanish vaqtida issiqlik chiqarishi sababli suyuqlik hajmi kattalashishiga asoslanib tajribada hо‗llanish issiqligini aniqlash mumkin. Shuningdek, harorat ortishini maxsus termometr yoki termopara yordamida о‗lchaydigan maxsus kalorimetrlar yordami bilan ham hо‗llanish issiqligini aniqlash mumkin. 12-jadvalda floridinning turli erituvchilarda hо‗llanish issiqliklari keltirilgan. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling