O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

1.5. Buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va funksiyalari 
 
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon-
unining 2-moddasiga muvofiq, «Buxgalteriya hisobining maqsadi foy-
dalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa bux-
galteriya axboroti bilan ta’minlash»dir.
1
 Shuningdek, ushbu maqsadga 
yerishish uchun buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar quyilgan:  
« – buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va xarakati, 
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq hamda 
aniq ma’lumotlarni shakllantirish;  

samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumot-
larini umumlashtirish; 

moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni aniq tuzish»
2

Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi 
ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning oldini 
olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo‘jalik 
imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur. 
Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sis-
chilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar 
va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. 
Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya’ni foydalanu-
vchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida, uning mulklari, ma-
jburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlarni 
taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foy-
dalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi lozim. 
Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi 
tizimida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston Re-
spublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun 
ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik 
muomalalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moli-
yaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim. 
                                                 
1
 O‘zbekiston Respublikasi qonuni «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida «, 2-modda.
 
2
 Shu erda 
 


 
 
14
Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning sama-
radorligini oshirishga qaratilgan. 
Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya 
qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hi-
sobning vazifasiga kiradi.  
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish buxgal-
teriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Bir-
inchisi, buxgalteriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va is-
tiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlar beradi. 
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moli-
yaviy resurslarni hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja top-
shiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan, shartnoma majburiyat-
larini bajarish uchun bir vaqtning o‘zida ularning bajarilishini nazorat 
qilishni tashkil etish zarur. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat-
larning tannarxini pasaytirish, korxonalarda va uning bo‘linmalarida 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish 
buxgalteriya hisobining muhim vazifasidir. Bundayulkan vazifalar 
korxonalarning hamma ichki imkoniyatlarini axtarib topish va ulardan 
samarali foydalanish, iqtisodiy tejamkorlikka rioya qilish, ishlab chiqar-
ish zaxiralarini va xarajatlarini o‘z vaqtida hisobga olib borish bilan mu-
vaffaqiyatli amalga oshiriladi  
Buxgalteriya hisobi boshqaruv tizimida quyidagi funksiyalarni 
bajaradi (1.4-rasm). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling