17
galteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) dan foydalaniladi. Ushbu
standart O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
qonunning 11-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Inventarizatsiya jarayonida barcha xo‘jalik
muomalalari hujjatlar
bilan rasmiylashtirilganligi va tegishli buxgalteriya hisobi schotlarida
aks ettirilganligi, zarur aniqliklar va tuzatishlar kiritilayotganligi
hamda
joriy hisob ko‘rsatkichlari va haqiqiy ma’lumotlarning o‘zaro mos (teng)
kelishlari tekshiriladi. Inventarizatsiya mahsulot ishlab chiqarish va re-
alizatsiya qilishga
qilingan xarajatlarni, mulklarni saqlanishi maqsadida
to‘g‘ri
aks ettirish, asosan xom-ashyo va Materiallar va yoqilg‘i-enyer-
getik resurslarning yo‘qotilishi borasida katta ahamiyatga ega. Chunki,
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida va turli mulkchilik
shakllari mavjudligi sharoitida inventarizatsiya o‘tkazish, odatda,
katta
hajmdagi axborotlarga ishlov berish bilan bog‘liq. Shuning uchun in-
ventarizatsiya o‘tkazish jarayonlarini ham kompyuterlashtirish zarur.
Asosan katta nomenklaturadagi tovar-moddiy
zaxiralarini inventarizat-
siya qilishda kompyuterlardan foydalanish yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: