39
I. «O‘z mablag‘lari manbalari»; II. «Majburiyatlar».
Balans aktivi va passividagi alohida bo‘limlarning o‘zaro
bog‘liqligini 2.1-rasmda ko‘rsatish mumkin.
I bo‘lim.
Uzoq muddatli
aktivlar
I
bo‘lim.
O‘z mablag‘lari
manbalari
II bo‘lim.
Joriy aktivlar
II bo‘lim.
Majburiyatlar
2.1-rasm. Balans aktivi va passividagi bo‘limlarning o‘zaro aloqadorligi.
Chizmadan ko‘rinib
turibdiki, uzoq muddatli aktivlar ham, joriy
aktivlar ham korxonaning o‘z mablag‘lari
manbalari va majburiyatlar
(qarz manbalar) hisobidan tashkil topishi mumkin.
Buxgalteriya balansining shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni
qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko‘rinishida keltirish mumkin (2.1-
jadval).
Balans aktivining I «
Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida asosiy
vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq
muddatli moliyaviy quyilmalar,
o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital quyilmalar va sh.o‘. aks ettiri-
ladi.
Aktivning II «
Joriy aktivlar» bo‘limida yuqori likvidli, ya’ni pulga
aylantirilishi nisbatan oson xo‘jalik mablag‘lari guruhlangan.
Bularga
asosan, Materiallar, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari,
tugal-
lanmagan ishlab chiqarish, debitor qarzlar,
qisqa muddatli moliyaviy in-
vestitsiyalar hamda pul mablag‘lari kiradi.
Balansning passivida (o‘ng tomoni) o‘z mablag‘larining manbasi
va majburiyatlar aks ettiriladi.
Passivning I «
O‘z mablag‘lari manbasi» bo‘limida xususiy kapital
asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida»gi qonuni 14-moddasiga muvofiq xususiy kapital ustav
kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydadan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: