91
Kartochkalar xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish uchun
mo‘ljallangan bir xil shakldagi qog‘oz va kartondan tayyorlangan, max-
sus rekvizitlari matbaa usulida bosilgan jadvallardir.
Ular analitik hisob
uchun ishlatiladi.
Kartochkalar ochilish vaqtida maxsus reestrda qayd qilinadi. Yil
boshida reestrda avval qoldig‘i bor schotlar bo‘yicha ochilgan kartoch-
kalar, so‘ngra yangi ochilgan kartochkalar xronologik tartibda qayd qili-
nadi. Amalda kartochkalar bir nusxada ochiladi
va korxona buxgalteri-
yasida maxsus quti-kartotekalarda saqlanadi. Kartochkalarni saqlash va
ulardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun kartoteka bo‘lgichlar (karton
plastinkalar) va indiqatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi. Jam-
lash va hisoblash texnikasida bajarilganda ham kartochkalardan foy-
dalanish yozuvlarni bajarishga imkon beradi.
Bundan tashqari ular hisob
xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: