O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

Sintetik hisob registrlarida xo‘jalik muomalalari umumlashtirilib, 
pul ifodasida sintetik schotlar bo‘yicha aks ettiriladi. Sintetik hisob reg-
istrlari yoziladigan yozuvning turiga ko‘ra xronologik, sistematik va 
uyg‘unlashgan bo‘lishi mumkin. 
Analitik hisob registrlari xo‘jalik muomalalarini analitik schotlar 
bo‘yicha yozish uchun mo‘ljallangandir. Bu registrlarda yozuvlar sin-
tetik registrlarga nisbatan batafsilroq yoziladi. Bu esa sodir bo‘layotgan 
xo‘jalik muomalalarini batafsil kuzatish zaruriyatidan kelib chiqadi. 
Shuning uchun analitik hisob registrlarida xo‘jalik muomalasining mo-
hiyatini tavsiflaydigan tushuntirish matni yozish uchun joy ajratilgan. 
Analitik hisob registrlarining sintetik hisob registrlari bilan parallel
lekin alohida qo‘llanilishi, analitik schotlar bo‘yicha oborot qaydnoma-
lari tuzish yo‘li bilan hisob yozuvlarini umumlashtirish va tekshirish 
bo‘yicha texnik ishlarning ko‘payishiga olib keladi. Shuning uchun 


 
 
92
so‘ngi yillarda sintetik va analitik hisobni o‘zida birlashtiruvchi hisob 
registrlari keng qo‘llanilmoqda. Bunday registrlarning qo‘llanilishi hi-
sob yozuvlarini qisqartiradi, alohida obyektlar hisobni analitik 
yo‘nalishda yuritish va bir vaqtning o‘zida sintetik hisobning umum-
lashgan ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shunday qilib, analitik 
va sintetik hisob ko‘rsatkichlari bitta amalni bajarish natijasida olinadi 
va sintetik yozuvlar jamini tekshirishga zarurat qolmaydi. Bunday hisob 
registrlariga «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kito-
blar» schoti bo‘yicha 6-jurnal-order va «Hisobdor shaxslar bilan hisob-
kitoblar» schoti bo‘yicha 7-jurnal-order misol bo‘ladi. Ularda nafaqat bir 
mol yetkazib beruvchi, hisobdor shaxs bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar dastlabki hujjatlarga asosan aks ettiriladi. Analitik va sin-
tetik hisob yozuvlarini bitta hisob registrida bunday birlashtirilishi nati-
jasida alohida analitik hisob kartochkalarini yuritishga ehtiyoj qolmaydi. 
Barcha analitik schotlar bo‘yicha yozuvlar jami bir vaqtning o‘zida sin-
tetik schot bo‘yicha aks ettirilgan summa bilan ifodalanadi. Sintetik va 
analitik hisobni bitta registrda birlashtirish buxgalteriya hisobini tako-
millashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling