O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyg‘unlashgan registrlar
Sistematik reestrlar deb xo‘jalik muomalarining bir xil guruhlari
buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha yoziladigan registrlarga aytiladi. Bunga misol tariqasida jurnal-order shakli bo‘yicha hisob yuritadigan xo‘jaliklarda qo‘llanilgan №8- ASK, 10-ASK jurnal-orderlarni keltirish mumkin. Uyg‘unlashgan registrlar deb yozuvlarni ham xronologik, ham sistematik ravishda guruhlashtirishni ta’minlaydigan registrlarga aytiladi. Bunday registrlar buxgalteriya hisobining takomillashuvi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ularda xo‘jalik muomalalari iqtisodiy mazmuniga ko‘ra buxgalteriya hisobining schotlari bo‘yicha ajratilgan holda bir vaqtda aks ettiriladi. Uyg‘unlashgan registrga misol qilib bosh daftarni (№18 ASK shakl) keltirish mumkin. 93 Buxgalteriya hisobi registrlari to‘ldirilish usuliga ko‘ra qo‘lda to‘ldiriladigan (asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar) va ShEHMda to‘ldiriladigan registrlarga bo‘linadi. Kompyutyer yordamida registrlardan nafaqat ulardagi ma’lumot- larning mazmunini, balki registrlar shakllarining o‘zini ham olish mumkin. Buxgalteriya hisobi registrlari tuzilish shakliga ko‘ra: bir to- monlama, ikki tomonlama, ko‘p grafalari, chiziqli va shaxmatli reg- istrlarga bo‘linadi. Bir tomonlama registrlar – bu moddiy qiymatliklarni, hisob-kito- blarni va boshqa muomalalarni hisobga olishga doir har xil kartoch- kalardir. Ularda debet va kredit yozuvlarning alohida grafalari bir- lashtirilgan. Ikki tomonlama hisob registrlari deb xo‘jalik muomalalarini aks ettiradigan grafalar varaqning turli tomonlarida (debet qismi varaqning chap tomonida, kredit qismi esa varaqning o‘ng tomonida) joylashgan registrlarga aytiladi. Bularga tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish kartochkalari misol bo‘ladi. Ko‘p grafali registrlarda bir tomonida (odatda debet tomonida) bir necha kolonkalar bo‘ladi (xarajatlarni moddalar bo‘yicha hisobga olish daftarlari yoki kartochkalari). Shaxmatli registrlar – bu kataklarga bo‘lingan registrlardir. Bun- day registrlarda yozuvlar kolonkalar va satrlarning kesishgan joyida amalga oshirilib, bir vaqtning o‘zida schotning debeti va krediti bo‘yicha aks ettiriladi (jurnal-orderlar, bosh daftar va boshqalar). Chiziqli hisob registrlarida bir xil axborotlar bitta satr bilan yozi- ladi. Masalan, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar qaydnomasi te- gishli sintetik schotni hisobdor shaxslarning nomlari bo‘yicha zarur miqdordagi analitik schotlarga bo‘lish imkonini beradi. Hisobning avtomatlashtirilgan shaklida hisob registrlari sifatida natijaviy ma’lumotlarni alfavit tartibda belgilashga mo‘ljallangan mashinagrammalar qo‘llaniladi. Analitik hisob mashinogrammalarida analitik schotlar bo‘yicha sistemalashtirilgan dastlabki hujjatlarning ma’lumotlari, zarur vaqtlarda esa xarajat moddalari bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar ko‘rsatilgan holda aks ettiriladi. Bunday mashinagrammalar jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan qaydnomalar o‘rnini bosadi. Ular hisob yuritish, nazorat va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish hamda hisobotlar tuzish uchun kyerakli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Bux- 94 galterlik yozuvlarni hisob registrlariga sifatli yozish hisobning aniqligini oshirishning muhim shartidir. Yozuvlar hisob registrlariga qo‘lda (siyoh yoki sharikli ruchka pastasi bilan) yoki yozuv mashinkasi yordamida yoziladi. Hisob registrlariga yoziladigan yozuvlar: hujjat bilan asoslangan, o‘z vaqtida, qisqa, aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. Bu talablarga rioya qilish korxona faoliyatini joriy nazorat va iqti- sodiy tahlil qilish uchun zarur ma’lumotlarni hisob registrlaridan olishga imkon beradi. Hisob registrlariga yozilgan yozuvlar to‘g‘risida shu registrlarga yozish uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarning jami ma’lumotlari bi- lan taqqoslanadi. Masalan, kassaga bankdagi hisob-kitob schotidan olingan yoki kas- sadan hisob-kitob schotiga topshirilgan summalar to‘g‘ri aks ettiril- ganligini tekshirish uchun 1-ASK jurnal-orderi qaydnoma qismining jami 2-ASK jurnal-order jami bilan, 2-ASK jurnal-order qaydnoma qis- mining jami 1-ASK jurnal-order jami bilan solishtirib ko‘riladi. Hujjat- larni tuzishda va ishlashda hamda hisob registrlariga yozishda har xil xatolarga yo‘l quyilishi mumkin (raqamlarni yozishda aniqlash, jam- lashda va korrespodensiyalanuvchi schotlarni yozishda xato qilish). Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling