O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


- rasm. Metallarni suyuqlantirish pechining umumiy tuzilishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

1.1- rasm. Metallarni suyuqlantirish pechining umumiy tuzilishi: 
1 — suyuq shlak; 2 — metallni suyuqlantiradigan joy; 3 — chiqib ketadigan gaz; 4 - qattiq 
metall; 5 - qattiq uglerod; 6 - qattiq flyuslar; 7 - beriladigan gaz; 
8 - suyuq metall; 9 – futerovka.


14 
1.2. Suyuqlantirishning 
asosiy 
prinsiplari 
va 
usullari 
Suyuqlantirish jarayonlarining klassifikatsiyasi va ularni amalga oshirish 
usullari. Barcha mavjud jarayonlar bosqichlari soniga ko‗ra monojarayonlar va 
polijarayonlarga bo‗linadi (1.2- rasm). Quymakorlikda monojarayonlar eng keng 
tarqalgan. Monojarayonda hamma operatsiyalar bitta suyuqlantirish agregatida
polijarayonda esa suyuqlantirish ketma-ket ikkita yoki bir nechta suyuqlantirish 
agregatida bajariladi. Qayta suyuqlantirish jarayonlari alohida guruhni tashkil etadi, 
bularda dastlabki quyma (odatdagidek shixta emas) qayta suyuqlantirishdagi 
ma‘lum sharoitlar tufayli ancha yuqori sifatli quymaga aylanadi. Bunda quyma yo 
bevosita suyuqlantirish jarayonida shakllanadi (uzluksiz jarayon), yo maxsus 
sharoitlarda, masalan, vakuumda qoliplarga quyish natijasida shakllanadi. 
1.2rasm. Quymakorlikda qotishmalarni suyuqlantirib olish jarayonlarining 
klassifikatsiyasi. 
Polijarayonlar 
dupleks-jarayonlarga 
va 
tripleks-jarayonlarga 
bo‗linadi. 
Dupleks-jarayonda ikki pechdan foydalaniladi: bittasi suyuqlantirish va qisman 
qizdirish uchun, ikkinchisi uzil-kesil yetiltirish va quyishga uzatish uchun 


15 
ishlatiladi. Tripleks-jarayonda aytib o‗tilgan ikki pechdan tashqari, maxsus quyish 
qurilmasidan iborat bodgan uchinchi pechdan ham foydalaniladi. 
Quymakorlikda qotishmalarni suyuqlantirib olish usulining fizik mohiyati 
dastlabki kristall materiallarni suyuq holatga o‗tkazishdan iboratdir. Bu o‗tkazish 
issiqlik yutilishi bilan kechadi. 
Yoqilg‗i bilan ishlaydigan va elektr pechlarda suyuqlantirib olish jarayonlari 
ushbu jarayonning o‗tishi uchun zarur bodgan issiqlikni hosil qilish prinsipi 
bo‗yicha bir-biridan farq qilinadi. 
Suyuqlantirish jarayoni u z l u k s i z v a d a v r i y bo‗lishi mumkin. Uzluksiz 
jarayonda y u k l a s h v a c h i q a r i s h operatsiyalari ayni bir vaqtda o‗tadi, davriy 
jarayonda esa bu ikki operatsiyani ayni bir vaqtda olib borib bo‗lmaydi. Issiqlik 
hosil qilish manbayi suyuqlantirishda reaksiyaga kirishuvchi fazalar bilan kontaktda 
bo‗lishi yoki ulardan ajratib qo‗yilgan bo‗lishi mumkin, shu boisdan suyuq 
lantirishning k o n t a k l i
v a k o n t a k t s i z jarayonlari
bir-biridan farq qiladi (1.2- 
rasmga q.). Bitta suyuqlantirish agregatida ikkita issiqlik hosil qilish manbayidan 
foydalanish mumkin. Bu holda suyuqlantirish jarayonlari kombinatsiyalashgan 
(aralash) bo‗ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling