O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
ЕР 16 1.3- rasm. Quymakorlik pechlarining ishchi jarayoni asosiy turlarining texnologik sxemalari. 17 Suyuqlantirish jarayonini amalga oshirish uchun ikkita asosiy element zarur: ishchi bo‗shliq va issiqlik energiyasi hosil qiluvchi manba. Uzluksiz jarayonlarda shaxta shaklidagi ishchi bo‘shliqdan (1.3- a rasm), davriy kontaktli usullarda vanna tarzidagi (1.3- b rasm), kontaktsiz usullarda tigel tarzidagi (1.3-d rasm) ishchi bo‗shliqlardan foydalaniladi. Issiqlik energiyasi hosil qilish manbalariga quyidagilar kiradi (1.3- rasmga q.): K — qattiq yoqilg‗i (odatda, koks) va G — gaz yoki suyuq yonilg‗i, D — elektr yoy razryadi, P — plazma-yoy razryadi, S — spiralning (nixrom sim va boshqalarning) qarshiligi, I — tigel atrofidagi induktor, IK — kanal tipidagi induktor, SSh — shlak qatlamining qarshiligi, EP — elektron pushka. Ishchi bo‗shliqlarni va issiqlik hosil qilish qurilmalarini birlashtirish (U) 2 variantlari quyidagi asosiy suyuqlantirish agregatlarini hosil qi- lishga imkon beradi. 1. Yoqilg‗idan foydalaniladigan: SH ∪ K=V — vagranka, SH ∪ G = = GV — gazda ishlaydigan vagranka, VP ∪ G = PI — alangali pechlar, bular quyidagilarga bo‗linadi: statsionar PlS, burilma PlP va aylanma P1V hamda T ∪ G = TP — tigelli suyuqlantirish pechlari. 2. Elektrda ishlaydigan; VP ∪ D = DP — yoy pechlari, bular quyidagilarga bo‗linadi: nomustaqil yoyli pechlar DZ (bunda yoy elektrod bilan metall orasida yonadi); mustaqil yoyli pechlar DN (bunda yoy ikkita elektrod orasida yonadi); VP ∪ P = PP — plazma pechlari; VP ∪ S = PSV — vannali qarshilik pechlari; T ∪ I = ITP — tigelli induksion pechlar; T ∪ I K = IKP — kanalli induksion pechlar; T ∪ S = PST — tigelli qarshilik elektr pechlari. Issiqlik hosil qiluvchi ikkita manbani bitta shakldagi ishchi bo‗shliq yoki ikki shakldagi ishchi bo‗shliq bilan birlashtirilganda kombinatsiyalashgan suvuqlantirish pechlari hosil bo‗ladi. Masalan, T ∪ I ∪ P = IPP — induksion-plazmali pech; SH ∪ V ∪ G = SHP - shaxta-alangali pech va h.k. Metallni ikkita suyuqlantirish agregatidan foydalanib suyuqlantirish dupleks-jarayon deb ataladi (1.4- rasm). Dupleks-jarayonning turlaridan biri 2 «U» alomati bilan bu yerda va keyin pechning ishchi bo‗shlig‗ini va issiqlik hosil qilish manbayini birlashtirish belgilanadi. 18 vagrankadan konvertorga cho‗yan quyib (1.4-rasmdagi K), undan po‗lat olishdir. Konvertorga quyilgan cho‗yan orqali havo yoki kislorod haydaladi, natijada po‗lat olinadi. Konvertor — yoqilg‗i foy- dalanilmaydigan yagona agregatdir. Issiqlik hosil qilish manbalari ishchi bo‗shliqning qayta suyuqlantirish qoliplari bilan birlashtirilganda (PrP, 1.3- e, f rasm) qayta suyuqlantirish jarayonlari sodir bo‗ladi, masalan, PrP ∪ SSH = ESHP — elektr-shlak vositasida qayta suyuqlantirish va h.k. Quymakorlikda ESHP pechi yordamida tayyor quyma olish mumkin (suv bilan sovitiladigan kristallizator). Qayta suyuqlantirishning boshqa turlari vakuum (V) bo‗lishini taqozo etadi: PrP ∪ D ∪ V = VDP — vakuum- yoy yordamida qayta suyuqlantirish; PrP ∪ EP ∪ V = ELP — elektr- nur yordamida qayta suyuqlantirish. Qayta suyuqlantirish jarayonlariga, shuningdek, vakuumda induksion suyuqlantirishni ham kiritish mumkin (IP ∪ V = IVP). Jarayonlarning keltirib o‗tilgan klassifikatsiyasiga muvofiq, qotishmalarning har qaysi guruhi uchun suyuqlantirishning turli usullari mavjud. Masalan, cho‗yanni suyuqlantirib olish uchun vagrankada suyuqlantirish, induksion va yoy yordamida elektr suyuqlantirish, dupleks-jarayonlarda suyuqlantirish, issiqlik hosil qilishning kombinatsiyalashgan manbalaridan foydalanib (masalan, induksion-plazma yordamida) suyuqlantirish qo‗llaniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling