O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Bosh assambleya. Bosh assambleya haqiqiy a’zolar vakillaridan iborat BTT 
ning yuqori organi hisoblanadi. Navbatdagi sessiya har ikki yilda bir marta 
chaqiriladi. Zarurat tug‘ulganda navbatdan tashqari sessiya chaqirilib
vaziyat taqazo qilgan masalalar muhokama qilinadi. Assambleya ikki yilda 
bir marta tashkilot byudjetini muhokama qilish uchun chiqariladi va uning 
ish dasturi turistik sektordagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi. Bosh 
assambleya har to‘rt yilda tashkilot bosh kotibini saylaydi. Asambleya BTT 
faoliyat doirasiga kiruvchi har qanday masalani muhokama etadi. Bosh 
assambleya Haqiqiy va Assossiyalashgan a’zolar ichidan ovoz beruvchi 
delegatlardan tashkil topgan. Birlashgan – Qo‘shilgan a’zolar va boshqa 
halqaro tashkilotlar vakillari Assambleyada kuzatuvchi sifatida ishtirok 
etadi. 

Ijroiya soveti. Ijroiya soveti Bosh assambleya tamonidan geografik 
vakillarga rioya etilgan holda saylanadiki, besh haqiqiy a’zoga bitta kengash 
a’zosi to‘g‘ri keladi. Ispaniya kengashga BTT joylashgan mamlakat sifatida 
kiradi. Bundan tashqari assotsilashgan va qo‘shilgan a’zolardan ovoz berish 
huquqisiz bittadan vakillar kiritiladi. Ijroiya kengashi bir yilda kamida ikki 
marta yig‘iladi. U bosh kotib bilan birgalikda Assambleya qarorlari va 
tavsiyalarini amalga oshirilishi uchun zarur barcha chora- tadbirlarni ko‘radi 
va ularning bajarilishi yuzasidan hisobot (doklad) - axborot beradi. 
Assotsiyalashgan va Qo‘shilgan a’zolar Ijroiya soveti ishida kuzatuvchi 
sifatida qatnashadilar. 

Hududiy. BTT a’zolari - davlatlar olti hudud bo‘yicha taqsimlangan: 
1. Afrika; 
2. Amerika; 
3. Sharqiy Osiyo va Tinch okeani; 
4. Yevropa; 
5. Yaqin va O‘rta Sharq; 
6. Janubiy Osiyo. 
Komissiya tegishli hududlardan barcha haqiqiy va Assotsiyalashgan 
a’zolardan iborat va o‘z majlisini kamida yiliga bir marta o‘tkazuvchi Mazkur 
hududdan qo‘shilgan a’zo komissiya ishida kuzatuvchi sifatida qatnashadi.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling