O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Amerikada davolash – sog‘lomlashtirish turizmi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Amerikada davolash – sog‘lomlashtirish turizmi. Amerika qit’asida 
davolash-sog‘lomlashtirish turizmi bozorida shubhasiz AQSH yetkachi o‘rinni 
egallaydi. Uning sog‘liqni saqlashdagi yutuqlari (organlar va xujayralarni ko‘chirib 
o‘tkazish, kardioxrururgiya, plastik operatsiya) butun dunyoda tan olingan. Vrachlar 
va yordamchi tibbiyot xodimlari dunyoda eng malakali va mahoratli hisoblanadilar. 
Klinik komplekslar ilm-fan yutuqlarining eng so‘nggi uskunalari bilan jihozlangan. 
Ammo AQShda tibbiy yordam juda qimmat turadi. Shuning uchun ham tobora 
ko‘proq amerikaliklar o‘z salomatliklariga jiddiy e’tibor bilan qaraydilar. Turli 
kasalliklar oldini olish choralarini ko‘radilar va shu maqsadda kurortlarga boradilar. 
Shimoliy Amerika kurortlarining asosiy turi – balneologik tipda. Ular barcha 
shtatlarda mavjud bo‘lib, AQShning markaziy qismida Arkanzas shtatida joylashgan 
Xot–Springs, Xiber-Springs, Mammot – Springs kurortlari o‘zining mineral suvlari 
bilan mashhur. Nyu-York shahri chekkasidagi Long-Bich, Atlantika okeani 
qirg‘og‘idagi 
Xatteras, 
Shimoliy 
Karolina, 
Floridadagi 
Mayami–Bich, 
Kaliforniyadagi San-Diyego va Santa-Kruz dengiz bo‘yi iqlim kurortlarida dam 
olishga talab katta. Ko‘l bo‘yi kurortlari ham mashhur. Ko‘pchilik amerikaliklar dam 
olish va davolanish uchun Markaziy Amerika, Barbados, Kuba va Bagam orollarini 
ma’qul ko‘rishsada, bu ko‘lbo‘yi kurortlari ham doimo gavjum. 
Yaqin Sharq davolash –sog‘lomlashtirish maqsadida turistlar oqimi «Hayot 
yo‘li» bo‘ylab tuz va mineral moddalarga boy O‘lik dengiz sari yo‘l olishadi. Uning 
suvi hatto oddiy organizmlarning yashashi uchun ham yaroqsiz. Ammo Isroilning 
Eyn-Bokek, Eyn-Bukek, Eyn-Gedi, Neve – Zohar va O‘lik dengiz bo‘ylarida 
joylashgan boshqa kurortlariga kelayotgan turistlar a’lo darajada terapevtik davosi 
olishlarini yaxshi bilishadi. 
O‘lik dengiz rayoni yoki ko‘pincha Sho‘r dengiz deb ataluvchi bu joylar 
shifobaxsh mineral termal suvlari, balchig‘i, ayniqsa insonga ijobiy ta’sir etuvchi 
biometereologik sharoiti, boshqa tabiiy shifobaxshlik omillari uyg‘unligi bilan ajralib 
turadi. Million yillar avval Yer qobig‘i siljishi oqibatida O‘lik dengiz okeandan 
ajralib qolgan va tuz hamda minerallar ko‘p miqdorda to‘plangan jonsiz ko‘lga 
aylangan. Uning suvida brom 80, magniy 35, tuz 10 marta okeandagidan ko‘p. 
Suvning alohida ximiyaviy tarkibi quvvatni tiklash va organizmni yoshartirish 
xususiyatiga 
ega. 
Brom 
asab 
tizimini 
tinchlantiradi. 
Magniy 
tonusni 
rag‘batlantirishda va terini tozalaydi. O‘lik dengiz suvining zichligi xususiyati 
shundaki, unga tushgan suzishni bilmaydigan kishi ham cho‘kib ketmaydi, bemalol 
suv yuzasida qalqib turaveradi. 
O‘lik dengiz boshqa mineral manabalardan: tog‘ toza suvlaridan, shifobaxsh 
bo‘loqlardan to‘yinadi. Ular o‘zi bilan shifobaxsh balchiqlarni oqizib keladi. Turli xil 
moddalar va mineral tuzlarga boy bo‘lgan bu balchiq organizmda moda 
almashinuvini yaxshilaydi. Kishini bardam qiladi, ko‘pgina kasalliklarning oldini 
oladi. O‘lik dengiz kurortlari kishilarning davolanish haqidagi tasavvurlarini tubdan 
o‘zgartirib yuboradi. Davolanish jarayoni bu yerda boshqa muolajalarga qaraganda 
dam olish va ko‘ngi lochishda ko‘proq xush kayfiyat uyg‘otadi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling