O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Osiyo, Okeaniya va Afrikada davolash – sog‘lomlashtirish turizmi. Janubiy 
Osiyo, Sharqiy va Janubiy–sharqiy Osiyoda davolash – sog‘lomlashtirish turzmi sust 


169 
rivojlangan. A’anaviy tibbiyot, fitoterapiya, igna bilan davolash Sharqda keng 
tarqalgan bo‘lib, bular xorijiy turistlar uchun unchalik qiziqarli emas. 
Avstraliya davolash – sog‘lomlashtirish turizmi uchun zarur barcha tabiiy 
resurslarga ega. Yirik balneologik kurortlar Deylsford, Mork, Springvud materikning 
janubi-sharqida joylashgan. Avstraliya dungiz bo‘yi iqlimi kurortlari ham dunyoda 
mashhur. Oltin Qirg‘oq, Deydrim - Aylend, Kerns davolanish va dam olish uchun 
eng yaxshi joylar hisoblanadi. Ammo Astraliyaning Yevropa va Amerikadan uzoqligi 
turistik oqimlarni kengaytirishga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun Avstraliya 
kurortlari amerikaniki singari asosan ichki turistlarni qabul qilishga mo‘ljallangan. 
Afrikada davolash-sog‘lomlashtirish turizmi kuchayib borayapti. Tunis 
kurortlarining dong‘i taralayapti. 1996 y. bu yerda yangi suv-balchiq bilan davolash 
Markazi ochildi. U dunyoda eng yirik hisoblanadi va eng zamonaviy davolash 
vositalari, uskunalar va malakali kadrlar bilan ta’minlangan. Markazda dengiz suvi va 
balchig‘idan foydalanilgan holda uqalab davolashning barcha turlari qo‘llaniladi. 
Afrikaning shimoliy qirg‘oq bo‘ylarida dengiz bo‘yi iqlim kurortlari 
joylashgan. Misrda tan olingan turistik markaz Qizil dengizdagi Xurgada, xalqaro 
klassdagi kurortlar Sharm-El-Shayx, shuningdek Daxab va Nuveyba hisoblanadi. 
Marokkoda–Agadir, Mohammediya, Tanjer, El – Xosseyma va boshqa kurortlar 
ham mashxur. Keniya dengiz bo‘yi kurortlari Hind okeani qirg‘oqlari bo‘ylab 
joylashgan. Mombasa, Kipini, Malindi, Lamu, Kilifi, shular jumlasidandir. Janubiy 
Afrika respublikasida ham bir necha kurortlar bor. Afrika mamlakatlari kurort 
ishlarini rivojlantirish uchun umuman olganda mablag‘ga ega emas. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling