O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 13  AQSH joylashtirish korxonalarining turlari va tavsifi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Jadval 13 
AQSH joylashtirish korxonalarining turlari va tavsifi 
 
Joylashtirish 
vositalari turi 
Katta –
kichiklik 
Yashash joyi 
Xizmatlar 
asssortimenti 
va sifati 
Narx
darajasi 
Haridorlar 
Joylashish 
xususiyatlari 
Joylashtirishni 
boshqarish 
xususiyati
Xususiy 
mehmonxona 
Uncha katta 
bo‘lmagan 10 dan 
50 nomergacha 
Shahar atrofii 
yoki qishloq 
joyi 
Uy sharoitida 
kontinental 
nonushta va 
vaqtli, kechki 
ovqat 
O‘rtacha 
Biznemenlar 
va 
marshrutdagi 
turistlar uy 
shinamligiga 
intiluvchilar 
Shinamlik 
ko‘kalamzor- 
likning mo‘l-
ko‘lligi 
Mehmonxonalar 
zanjirida xususiy 
egalar yoki 
assotsiallashgan 
a’zolar 
Otel turi 
kondominium / 
taimshering 
Har xil, odatda 50 
tadan 250 tagacha 
nomerlar, 4-5 
nomerli 
mehmonxonalar 
ham uchraydi. 
Ko‘proq
kurort 
joylarda
Xizmat 
turlarining 
to‘liq to‘plami 
O‘rtachadan 
yuqori, 
ehtimol 
yagona 
narxdagi 
kompleks 
xizmat 
Xususiy egalar 
va binolarni 
ijaraga 
olganlar 
Apartament 
tipidagi nomerlar, 
majlislar zali va 
boshqa yirik sport 
inshootlarining 
mavjudligi 
Mustaqil kasbiy 
boshqaruvchi 
kompaniya 
Joylashtirish 
vositalari idorasi 
Katta, nomerlar
bo‘yicha an’anaviy 
taqsimlanishning 
yo‘qligi 
Territoriya 
tashkilotlar 
(harbiy 
bazalar, 
kolledjlar, 
klinikalar va 
boshq.) 
Ko‘pincha o‘z-
o‘ziga xizmat 
qilish 
Unchalik 
yuqori 
bo‘lmagan, 
yashash va 
ovqatlanishga 
yagona narx 
o‘rnatiladi. 
Dastlabki 
to‘lov 
Ushbu 
tashkilotga 
xizmat safari 
bilan kelgan 
shaxs 
Odatda 
komfortabelli 
kvartiraga 
o‘xshash 
Federal hukumat, 
mahalliy 
hokimiyat, kasbiy 
boshqaruvchi 
kompaniya 
Manba: 
A.Yu. Aleksandrova. Mejunarodniy turizm. M., 2004. 
 


186 
Mulkchilikka munosabat o‘zgarishi kondominium tizimida o‘z aksini topgan. 
Ya’ni bir necha shaxs birgalikda bitta mulkni egallaydi. Bu g‘arbda keng tarqalgan va 
mamlakat turistik bozoriga taymsher ko‘rinishida kirib kelgan. 
Taymsher. (Timshare, inglizchadan tarjima qilinsa «Vaqt qismi» degan 
ma’noni beradi) - bu birgalikdagi egalik, aniqrog‘i klubli joylashtirish vositalarini 
ulardan ma’lum vaqt ichida foydalanish huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga olish 
(misol uchun, 30-50 va ko‘proq yil davomida har yili bir haftaga) dir. Klassik 
taymsher xususiyatlari shundan iboratki, dam olishning ma’lum davriga mulk egasi 
ekanligi haqida sertifikat mavjud bo‘ladi. Bir qator mamlakatlarda taymsher meros 
qilib berilishi, garov vositasi, kreditni ta’minlash va boshqa vositalar sifatida 
foydalanishi mumkin. 
«Dam olishni egallash» tizimi birinchi marta Yevropada paydo bo‘lgan bo‘lib, 
Shimoliy Amerika (AQSH)da takomillashtirildi. Klassik ko‘chmas mulk va otellarda 
joylashtirish bo‘yicha xizmatlar sotuv ob’ekti bo‘lib o‘rtaga chiqdi. Kurotlarda 
apartamentlar sotila boshladi. Yil davomida ulardan foydalanish bir yoki bir necha 
hafta bilan cheklangan edi. Taymsher bozorining o‘zi esa ancha keyin shakllanadi va 
15 -20 yildan buyon – bu haftalar bilan almashinish imkoniyati paydo bo‘lgandan 
beri amal qilib kelayapti. 
Bugungi kunda taymsherda biznesning maxsus kompaniyalari – A – SI-AY 
Resort Sopdminium International) va Ay-Ay (Interval international) va boshqalar 
orqali almashtirish operatsiyalarini o‘tkazish va appartamentlarni muddatga sotishdan 
hosil bo‘layapti. Ularning yordami bilan qo‘shimcha to‘lov evaziga dam olish 
sharoitini yaxshilash, didga mos apartament topish, ta’tilni o‘tkazish muddati va 
joyini tanlash mumkin. Bunda ancha mashhur region bo‘lish davomiyligi uzoqroq va 
sharoiti yana ham yaxshiroq kurortga almashtirilishi mumkin. Masalan, Kanar 
orollarida bir hafta, Kanadada ikki hafta, yoki Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy 
Afrikaning uch haftasiga teng.
Dam olish xaftalarini almashtirish bo‘yicha taymsher va kompaniya egalaridan 
tashqari, joylashtirish vositalari (apartamen) egalari ham taymsher biznesi 
ishtirokchilari hisoblanishadi. Klub dam olishini tashkil etishga mo‘ljallanganlar, 
taymsher - loyiha ishlab chiquvchilar, marketing kompaniyalar, bozorda taymsher-
mahsulotlar harakatiga javob beruvchilar va ularni iste’molchilarga sotuvchilar, 
klublarni boshqaruvchi kompaniyalar va ularning xizmat ko‘rsatishlari shular 
jumlasidandir. Ixtisoslashgan turistik birjalar ilgari sotib olingan va egalari 
tomonidan sotishga topshirilgan tegishli dam olish haftalariga egalik sertifikatlarini 
komission savdosi bilan shug‘ullanadi. Taymsher – mahsulotlar yaratish va sotish 
jarayonlariga 
professional 
konsultantlar 
(kredit 
tashkilotlaridan 
moliyaviy 
maslahatchilar huquqshunos konsultantlar va advakatlar, analitiklar va boshq.) jalb 
etiladilar. Taymsher bozorining so‘zsiz ishtirokchilari savdo assotsiatsiyalari – 
notijoriy tashkilot professional operatorlari, loyihachilar va marketing kompaniyalar 
hisoblanadilar. Ular qonunchilik doirasida bozorda qabul qilingan ish standartlarini 
ishlab chiqadilar va qo‘llab-quvvatlaydilar, hukumat organlarida soha manfaatlarini 
himoya qiladilar. 
Dam olish klubi ko‘p sonli a’zolari ham assotsiatsiyalarga birlashadilar. 
Bundan tashqari ularning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus kompaniyalar yoki 


187 
qo‘llovchi kengashlar tuziladi. Ular klublarning o‘z majburiyatlarini bajarishda 
kafolat bo‘ladilar. «Klubdan olishiga egalik» industriyasi klassik turistik biznesga 
qaraganda murakkab strukturaga ega. Bu taymsher hafta (haftalik) sini oldi-sotdisi va 
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish shartlariga rioya etish zarurati bilan bog‘liq. 
G‘arbda taymsherni ko‘pincha jamg‘arma dam olish deb ataydilar. Haqiqatdan ham, 
u o‘z egasiga yuqori soliq to‘lovchi, ko‘chmas mulkini saqlash katta harajatlarni talab 
qiluvchi va shuning uchun eng badavlat kishilargagina nasib etadigan uy egalariga 
nisbatan ko‘p qulayliklar yaratadi. O‘rta hol shaxs oddiy otellarning arzonroq 
usullaridan foydalaniladi. Ammo bu tur joylashtirish kelajakda «Bo‘lingan vaqt» 
tizimi erishadigan darajada vositalarni tejashni ta’minlay olmaydi. Yana 
mehmonxonada yashash uchun sarflangan harajat qaytmaydi, mulkni esa sotish, 
ijaraga berish garovga qo‘yish mumkin.
Kelajakda katta qulaylik yaratishiga umid 
qilinayotgan taymsherni sotib olish oldi-sotdi momentida sezilarli pul harajatlari talab 
qilinadi. Albatta «Ta’tilga mulk» uning egasiga 10 dan 30 minggacha Amerika 
dollariga tushadi. Bu albatta apartamentlar sifati, ular joylashgan joy, foydalanish 
muddatiga bog‘liq. Avstriyada qizg‘in pallada haftalik dam olish masalan, 22 ming 
amerika dollari turadi. Xuddi shunday Shveysariyadagi klublar ham qimmat. 
Buyukbritaniyada haftaning o‘rtacha bahosi pastroq va 5-6 amerika dollarini tashkil 
etadi. 
Taymsherni uning yuqori qiymati ko‘rinishida sotish g‘oyat nazokatli ish 
hisoblanadi. Asosiy axborot mijozga shaxsan ma’lum qilinadi va uchinchi shaxs 
orqali yetkazilishi mumkin emas. Barcha muzokaralar va erishilgan bitimlar qat’iy 
konfidensial harakterdadir. Bozorda taymsherlarni harajatlashtirish maqsadida 
kompaniya mijozlar bilan ishlashda sinalgan usullarini qo‘llaydi, ya’ni individual 
taqdimotdan foydalanadi. Bular nozik psixologik o‘yinlardir. Bunda firmalar xodimi 
ehtiyot bo‘lib taklif qilinayotgan tovar afzalliklarini namoyish qiladi. Ortiqcha xiralik 
qilmasdan haridorni o‘ziga rom etadi, uni uzil-kesil xulosa – oldi-sotdiga rozi 
bo‘lishga olib keladi. 
«Dam olishni egallash» tizimi turistik biznesning eng tez o‘sayotgan sohasi 
hisoblanadi. Taymsher biznesi harakteri ham o‘zgarmoqda. Yangi soha boshlang‘ich 
faoliyati asosan mayda tadbirkorlarni jalb etdi. Ammo taymsher nufuzi o‘sa boshlashi 
bilan unga yirik kompaniyalar ham intila boshlashadi. 
Bugungi kunda ta’tillarga mulk «Bozori mashhur, eng avvalo «Xilton Xoutelz 
Korporeyshn», «Marriot Interneshnl», «Disney», «Ay-Ti-Ti Sheraton», «Bar-rat», 
«Uimpey», «Xolidey Inn Uorlduaayd» kabi Amerika korporatsiyalari tomonidan 
taqsimlab olingan. 
Taymsher industriyasi geografiyasi to‘xtovsiz kengayib bormoqda. Ko‘pgina 
qabul qiluvchi regionlar uning bilan mavsumiy tebranishlarni tekislashni, davomiy 
iqtisodiy yuksalish va investitsiyalash istiqbollarini, yaxshilashni bog‘lamoqda, 
turistik bandlik, moliyaviy va xo‘jalik boshqa sektorlarida undan foydalanayapti. 
Bugun klub kurortlari tarmog‘i 89 mamlakatni qamrab olgan, «Ta’tilga mulk» egalari 
esa 191 davlatda faoliyat ko‘rsatishadi. 
Taymsher biznesi AQShda juda keng tarqalgan bo‘lib, birgina Koliforniya 
shtatida 80 tadan ortiq klub kurortlari mavjuddir. Bu yerda dam olishning o‘rtacha bir 
haftalik narxi 9 ming amerika dollarini tashkil qiladi. Har yili Koliforniya shtati 


188 
xazinasiga 300 mln. dollardan ortiq dam oluvchilarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun 
turli xil to‘lovlar kelib tushadi. 
«Ta’tilga mulk» bozori bo‘yicha ikkinchi ahamiyatga egalari Yevropada 
joylashgan. Ko‘hna qit’ada barcha taymsher kurortlarining uch qismi to‘plangan. 
Ularda bo‘lish o‘rtacha davomiyligi 1,7 haftaga baholanadi. Jamg‘arma dam 
olishining uzluksiz nufuzi oshishi inglizlarda ayniqsa keng foydalaniladi. 
Taymsherga egalik qiluvchi jahondagi 4 mln. oiladan 400 mingi Buyukbritaniya 
aholisidir. 
AQSH, Buyukbritaniya, Meksika, Karib havzasi, Avstriya va Kanadada 
o‘tkazilayotgan doimiy sotsiologik so‘rovlar natijalari ko‘pchilik taymsher egalari o‘z 
haridorlaridan mamnun ekanligini ko‘rsatmoqda. 85 % so‘raluvchilar jamg‘arma dam 
olishidan qoniqishadi. 75 % so‘ralganlarning yarimidan ko‘prog‘i qo‘shimcha klub 
haftalarini sotib olishga xohish bildirishgan. 
Afsuski, bu jozibador istiqbollar Rossiya va MDH davlatlariga taaluqli emas. 
Taymsher g‘oyasi paydo bo‘lmasidan u inkor etilgan. Taymsher kompaniyalari 
«Ta’tilga mulk»ni yuqori narxda sotdilar. Eng muhimi mijozlarga keyingi xizmat 
ko‘rsatish kompleksini ta’minlamaydilar (bazaviy qo‘llab – quvvatlash, klub 
haftalarini almashlash va boshq.). Oqibatda ularning ko‘pchilik egalari o‘zlarini 
aldangan his etdilar va sotib olingan appartamentlarni sotishga muvoffaqiyatsiz 
o‘rinishmoqda. 
Taymsher biznesi qayerda unga qulay sharoit yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda 
gurkirayapti va eng avvalo iste’molchilar huquqiy himoyasi kafolatlangan. 
Yevropada taymsherlar egalari huquqlari Yevroparlament direktivalarida, milliy 
qonunchiliklarda, Angliya qirolichasi Yelizaveta II aktlari va boshqalarda 
mustahkamlab quyilgan. Yaqindan buyon Rossiyada taymsher bozori huquqiy 
doirasini belgilovchi standartga zarurat anglab yetildi. Uni ishlab chiqish uchun bir 
qator kompaniyalar Rossiya kompaniyalari assotsiatsiyasini tuzdilar. Ular klub dam 
olish bozorida (taymsher) harakatlanuvchi kompanilardir. Ammo vujudga kelgan 
vaziyatni sindirish va yana potensial haridorlar ishonchini qozonmoq uchun taymsher 
firmalarga yillar kerak bo‘ladi. 
Hozirgacha gap «Mehmonxonalar» umumiy nomi ostida joylashtirish 
vositalari guruhlari haqida borgandi. Uning bilan bir qatorda BTT mehmonxonalarga 
o‘xshash muassasalar guruhini ajratadi. Ular otellar singari nomer prinsipida tashkil 
etilgan va zarur xizmatlar ruyxatini taqdim etadi. Bular pansionatlar, mebelli xonalar, 
turistik yotoqxonalar va boshqalardir.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling