O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Birinchidan, 1993 yildan buyon aviakompanilar tariflarni mustaqil
yuqoridagi organlar bilan kelishuvsiz belgilar edilar.
Ikkinchidan, aviakompaniya bir qator shartlarga javob bera olsa YEI ichki 
osmonlarida erkin uchishi va har qanday marshrutga xizmat ko‘rsatishi mumkin. 
Ya’ni, uning 51% ustav mablag‘i YEI mamlakatlarida yashovchi yoki ruyxatda 
turuvchi aksiyadorlarga tegishli; Investitsiya minimal miqdori 100 ming ekyuni 
tashkil qiladi; samolyot uni uchishga yaroqligi haqida sertifikat bergan mamlakatda 
hisobda turishi zarur. 
Uchinchidan, kabotirlash qoidasini joriy etish. Ya’ni YEI bir mamlakati ichki 
marshrutlarida aviakompaniyaga ittifoqqa a’zo boshqa mamlakatda xizmat 
ko‘rsatadi. Kabotirlash qoidasining qabul qilinishi avia tashish Yevropa bozorida 
raqobat muhitini yaratdi. YEI hududida havo transportini tartibga solishda muhim 
qadam bo‘ldi. 
Samolyotsozlikda o‘sish va aviatransport tizimida iqtisodiy faoliyat 
mexanizmidagi o‘zgarishlar turizm industriyasida tarkibiy o‘zgartirishlar kiritish 
zaruratini keltirib chiqardi. Havo transportida operatsiyalar hajmining kengayishi 
bilan joylashtirish vositalarini modernizatsiya qilish zarurati paydo bo‘ldi. Ma’lum 
bosqichda ularning past o‘tkazish qobiliyati fuqaro aviatsiyasiga ushlab turuvchi 
ta’sir etardi. Ro‘y bergan vaziyatda aviakompaniyalar yirik mehmonxonalar 
monopoliyasi tashkil etdi, mehmonxona xo‘jaliklariga faol kirib bora boshlaydi. 
Transportda qayta qurish bilan bir qatorda, mehmonxona xo‘jaliklarida ham 
turizm taraqqiyotining zamonaviy talablariga javob beradigan amalga oshiruvchi 
apparat shakllana boshladi. Mayda turistik firmalar asosiy massasi transport 
kompaniyalari taklif qilayotgan katta hajmdagi operatsiyalarni uddalay olmasdi. 
Ularning o‘rniga yirik ulgurji firmalar-o‘z xususiy turistik marshrutlarini ishlab 
chiquvchi va ularni turagentlar tarmog‘i orqali amalga oshiruvchi turoperatorlar 
keldilar. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling