O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Transport va turizm taraqqiyotining hozirgi zamon bosqichi


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Transport va turizm taraqqiyotining hozirgi zamon bosqichi. Sayohat 
industriyasi taraqqiyotini tezlashishiga havo transportida uning liberlashtirish bilan 
bog‘liq tub o‘zgarishlar yangicha to‘rtki berdi. Rivojlangan mamlakatlarda 
aviatashish bozori uzoq vaqt milliy avia kompaniyalar tomonidan monopollashtirib 
olingandi. Jumladan, Buyukbritaniyada «British Eyrveyz», Fransiyada «Er Frans», 
Sobiq SSSRda «Aeroflot» va boshqalar. Ular bozorni va xalqaro tashishdan 
tushadigan daromadlarni taqsimlab olish uchun o‘zaro bitim tuzishgandi. 
Shunday bitimlar masalan, «British Eyrveyz» va «Er Frans» o‘rtasida tuzilgan 
bo‘lib, eng gavjum Yevropa marshruti – London –Parij, Parij-London yo‘nalishiga 
xizmat ko‘rsatgan. Yo‘nalishdan olingan daromad aviakompaniyalar o‘rtasida bo‘lib 
olingan. 
Natijada narx masalalari, turistik talablar aviakompaniyalar uchun ikkinchi 
darajali bo‘lib qolgan, aviabozor taraqqiyoti rejalari, strategik marketinga zarurati 
chetga surib qo‘yiladi. 
Ichki yo‘nalishlarda havo aloqasi davlat tomonidan tartibga solingan. 
AQSH g‘arbda havo transportini davlat tomonidan tartibga solinishidan voz 
kechgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Avia tashishlarni liberallashtirish turizmga 
to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta’sir etdi. Birinchidan, havo marshrutlariga xizmat ko‘rsatishda 
cheklovlar olib tashlandi. Yuqori sof daromad aviatashish sohasini yanada jozibador 
qilib yubordi. Juda ko‘p aviakompaniyalarda parvozlarni qayta muvofiqlashtirish 
jarayonlari boshlandi. Ular o‘rtasida raqobat kurashining o‘tkir tus olishi 
aviatransport korxonalarini turizmga bo‘lgan munosabati strategiyasini o‘zgartirishga 
majbur etdi. Endilikda bu turistik xizmatlarni bozorga chiqarishda istiqbolli yo‘l 
hisoblanmoqda. 
Ikkinchidan, muntazam avia yo‘nalishlarda aviatariflarga katta chegirmalar 
kiritiladi. Bundan foydalangan turistik firmalar samolyotlarga biletlarni raqobatli 
narxlarda sotish va aviakompaniyaning mijozlarini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ladi. 
AQShda havo transportini liberallashtirish natijasida ichki va tashqi havo 
aloqalarida narxlarni arzonlashtirish mumkin bo‘ldi. Bu esa aviasayohatlarga 


177 
talablarni ko‘paytirish imkonini berdi. Amerika aviakompaniyalarida yo‘lovchi 
oboroti aholi o‘sish soniga taqqoslanganda ikki martadan ziyodroqqa ko‘paydi. 
Narxlarning kamayishidagi yo‘lovchi-kilometr hisob-kitoblarida harajatlarni 
kamaytirish evaziga erishildi. Bu o‘z navbatida aviayo‘nalishlarning yuklanishi bilan 
bog‘liq edi. Ilgari biletlarga narx o‘rinlarni 60 % gacha band bo‘lishiga qarab 
belgilanadi. Bo‘sh qolgan 40 % o‘rin zarari yo‘lovchilar undirilishi uchun 
aviatariflarga qo‘shilardi. Bugun aviakompaniya yuklanish normasini 70-80 % dan 
yuqori bo‘lishiga harakat qilmoqda. Bu bilan narxni kamaytirish, ma’muriy 
harajatlarni tejash ko‘zda tutilmoqda. 
Aviayo‘nalishlar yuklanishining sezilarli ko‘payishi va bekor turishlarni 
qisqarishiga marshrut tizimini o‘zgartirish tufayli erishilayapti. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
reyslarga asoslangan eski tashish tizimi, «Gupchak va kegay» modeli bilan 
almashinadi. Aeroport hududiy transport tuguni (XAB) ga aylandi. 1980-yillar 
o‘rtalarida AQSH aviatransporti ana shu taraqqiyot modeliga o‘tdi. 
Bugungi kunda har bir yirik Amerika aviakompaniyasi o‘zining XABiga – ayni 
shunday tuguniga ega. Misol uchun, Chikago va Denverda «Yunayted Eyrlaynz» 
qo‘nib o‘tish manzillari joylashgan. Aviakompaniya «Ti-Vi-Ey»niki esa Sent Luisda, 
«Ameriken Eyrlaynz» esa Dallasda joylashgan. Bu joylarda ushbu aviakompaniyalar 
amalga oshiradigan juda ko‘p reyslar boshlanadi va yakunlanadi. Uzoq uchishlarda
esa samolyotlar almashtiriladi. «Delta» Eyrlaynz aviakompaniyasi foydalanadigan 
tranzit transport tuguni Atlantada joylashgan. 
Yo‘nalishlarning Markaziy-radial tizimi albatta yo‘lovchilarga ham, yuk 
tashuvchilarga ham qulaylik tug‘diradi. Uchishlar soni ko‘payadi, mashina parkidan 
samaraliroq foydalaniladi: bekor turishlar qisqaradi, yuklanish o‘sadi. Bu 
qulayliklarning barchasi aeroportda tranzit yo‘lovchilarni kutish davomiyligi 
minimumga tushirilgandagina samara beradi. 
Qulayliklarga ega Markaziy – radial marshrutlar sxemasi vaqt o‘tishi bilan 
ko‘zda tutilmagan oqibatlarga ham olib keldi. U Amerika aviatashishlar bozorini 
kelgusida monopollashtirishda foydalanishdi. Ularning har biri o‘zining tranzit 
transport tuguniga ega. Ularga boshqa aviatashuvchilarning kirishi juda cheklangan 
va undan bozorga chiqishda to‘siq va raqobatchi o‘rnini zaiflashtirish uchun 
foydalaniladi. AQShda tartibga solish siyosati o‘zgargandan boshlab o‘tgan besh yil 
ichida «Pan Ameriken» va «Istern» kabi aviakompaniyalar bozordan siqib chiqarildi. 
Vaholanki ular bozorning katta segmentini nazoratda ushlab turishgandi. Moliviy 
qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan kompaniyalar bankrotligi to‘g‘risidagi 
qonunga muvofiq ular endi o‘z terminallari va samolyotlarini sotishga majbur edi. 
Ularni «Ameriken Eyr-laynz», «Yunayted Eyrlaynz» va «Delta Eyrlaynz» 
kompaniyalari sotib oldilar. Bu uch kompaniya bugungi kunda AQSH ichki 
bozorining 60 % ni nazorat qilib turishibdi, ilgari bu ulush 30 % dan oshmasdi. 
Monopollashtirish jarayonlari aviatariflarning oshirilishi bilan kechdi. Havo 
transportini liberallashtirish ketidan narxlar kamayishi ro‘y berganda uchishga va 
sayohat qilishga otlangan shaxslar yutishgandi, lekin keyinchalik aviatariflar yana 
o‘sa boshladi. 
Monopollashtirishning kuchayishdan tashqari, marshrutlar markaziy-radial 
sxemasi yana shunga olib keldiki, ko‘pgina yirik shaharlar qo‘nib o‘tilmasligi sababli 


178 
avia aloqasiz qoldi. Qo‘nib o‘tilmaslik esa ko‘pgina yo‘lovchilarni boshqa 
samaholyotlarda uchish uchun odamlar gavjum markaziy aeroportlarga kelishga 
majbur etdi. Ana shunday sharoitda aviakompaniya bozorga mutloqa yangi 
«ortiqchasiz uchish» konsepsiyasi bilan chiqdi. HABlardan voz kechib, u past 
narxlarda hududiy reyslarni bajara boshladi. Bu strategiya birinchi bo‘lib, 
«Sautvestern Eyrlaynz» aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. U Texas 
shtatini yaqin atrofdagi rayonlar bilan bog‘lovchi uzoq davom etmaydigan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri marshrut ochdi. Ko‘p o‘tmay aviakompaniya o‘z faoliyatini butun mamlakat 
miqyosida keng yoydi. Mayda hududiy korxonadan qiymati 4 mlrd. Amerika dollari 
bo‘lgan konsernga aylandi. Bu Shimoliy-Amerika firmalari o‘rtasida daromad rasman 
qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. 
«Sautvester Eyrlaynz», uning izidan boshqa avia kompaniyalar ham nafaqat 
marshrutlar sxemasini, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatishning butun tizimini qayta 
ko‘rib chiqdilar. Ular biletlarni o‘tkazish taloniga almashtirdilar. Yo‘lovchilarni 
tinkani quritadigan registratsiya tashvishlaridan xolos etdilar. Harajatlarni qisqartirish 
maqsadida parvoz davomida ovqatlantirish va salqin ichimliklar taklif etishdan voz 
kechildi. Komission agentlarni tejash uchun biletlarni bevosita telefon orqali sotishga 
o‘tildi. Ular past narxlarda kamtarona xizmatlarni taqdim etadi. Chunki ularni ko‘p 
hollarda «Firmali emas» deb ataydilar. Bugungi kunda bunday tipdagi 
aviakompaniyalar AQSH ichki marshrutlarning yarimigacha xizmat ko‘rsatmoqda. 
Bozorda yangi o‘yinchilarning paydo bo‘lishi tariflar dinamikasida o‘z aksini 
topdi. Nofirma aviakompaniyalar AQShda ichki kiruvchilarni tashishda narxni 
tushirishga muvaffaq bo‘ladilar. Bu shubhasiz dam olish va ko‘ngil ochish maqsadida 
turizmni rivojlantirish uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kategoriyadagi turistlar 
ishbilarmonlardan farqli ravishda avia tariflar o‘zgarishga juda sezgir. Ular uchun 
hashamdan ko‘ra, narx darajasi muhimroq. 
Nofirma aviakompaniyalar tomonidan kiritilgan innovatsiyalar, balki 
jahondagi boshqa mamlakatlardan o‘zlashtirib olingandi. «Yunayted Eyrlaynz» va 
«Lyuftganza» yo‘lovchi tashishning biletsiz tizimiga o‘tdi. «Singapur Eyrlaynz» 
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur va Pinang yo‘lovchilarni qayd qilish 
(registratsiya) qilishni soddalashtirdi. 
Bu ish maxsus bo‘limga olib kelinadigan kredit kartochkalarini ko‘rsatish 
bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Qayta 
tartiblanish 
natijasida 
mustahkamlangan 
Shimoliy 
Amerika 
aviakompaniyalari jahonda havoda tashish bozori sarhadlaridan oshishiga intildi. 
1990 - yillar boshida ular uchish mashinalari eng yirik parklari bilan jihozlangan va 
xalqaro va ichki yo‘lovchi tashish hajmi bo‘yicha yetakchilik qilgandi. 
Tashqi bozorda o‘z aviakompaniyalari harakatiga hamkorlik qilgan AQSH 
«ochiq osmon» tashabbusi siyosati bilan chiqdi. Shimoliy Amerikani jahonning 
boshqa hududlari, eng avvalo Yevropa bilan bog‘lovchi xalqaro yo‘nalishlarida 
havoda tashishda qayta tartib o‘rnatish va aviaxizmatlarning Yevropa bozorini 
liberallashtirish ko‘zda tutilgandi. 
Yevropa aviakompaniyalari ta’sir doirasi cheklanib qolish xavfi ostida qoldi. 
Hatto AQSH aviakompaniyalarining kuhna dunyoda yo‘lovchi tashishda 10% 
ishtiroki ham Yevropa osmonlarini Amerika tomonidan monopollashtirib olish uchun 


179 
yetarli edi. Shu bilan birga aviatransportni liberallashtirish ustunliklari yaqqol edi. 
1992 yilda 12 ta Yevropa davlatlari transport vazirlari «Osmon ochishga», Birlashgan 
Yevropa ichki havoda tashishlarga yangi qoidalar joriy etishga va uning 
chegaralarida proteksionist to‘siqlarni saqlab qolishga qaror qildilar. 
EIda havo transportini qayta tartiblashdan maqsad quyidagilarga erishish edi:

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling