O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


VII Bob. XALQARO TURIZM INDUSTRIYASI


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

VII Bob. XALQARO TURIZM INDUSTRIYASI
 
7.1. Turizm industriyasi tushunchasi.
7.2. Transport tashish sektori 
7.3. Joylashtirish sektori 
7.4. Ovqatlanish sektori 
7.5. Sayr – tomosha sektori 
7.6. Turoperatorlar va turagentlar 
7.1. Turizm industriyasi tushunchasi 
 
Turizm industriyasini aniqlashning juda ko‘p yo‘llari mavjud. Ulardan biri va 
nisbatan muvoffaqiyatlirog‘iga BMTning 1971 yilda savdo va taraqqiyot bo‘yicha 
Konferensiyasida baho berildi. Unga ko‘ra, turizm industriyasi – sayohat qiluvchi 
shaxslar uchun tovarlar va xizmatlarga qaratilgan o‘xshash ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish faoliyatlar turlaridir. 
Keyinchalik turizm industriya tushunchasi o‘z mohiyatini oydinlashtirish va 
turistik sektor tarkibini belgilashda turli xil qiyinchiliklarga duch kelishdi. Ular 
turizm industriyasining iqtisodiyotni boshqa sohalari bilan o‘zaro mustahkam 
bog‘liqligidan paydo bo‘lgandi. Turistik talablar majmuasi va ko‘p qirrali 
ehtiyojlarini qondirishda sanoat va qishloq xo‘jaligi, qurilish va savdo tarmoqlari 
ishtirok etdi. AQSH savdo vazirligining ma’lumotlari bo‘yicha, tashrif 
buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sohasiga mamlakat iqtisodiyotining 24 tarmog‘i 
jalb etilgan. Shu munosabat bilan turistik sektorga aniq chegara qo‘yish va 
tarmoqlardan ajratib tashlash g‘oyat mushkul ishdir. 
Hozirgi paytda amaldagi klassifikatorlardan birortasi ham turistik faoliyat 
turlarini uzil-kesil belgilovchi ruyxatga ega emas. Turizm sohasida faoliyat 
turlarining xalqaro klassifikatsiyasi (SIKTA) standartlari BTT (VTO) tomonidan 
ishlab chiqilgan va 1993 yilda BMT statistikasi komissiyasi tomonidan vaqtincha 
klassifikatsiya sifatida qabul qilingan. SIKTA turizmga daxldor statistik axborotlarni 
ob’ektiv yig‘uv tizimini yaratish, qayta ishlash, umumlashtirish va tarqatishga xizmat 
qilishga asoslangan. 
SIKTA ni joriy etish imkon beradi: 
 turizmning nisbatan to‘liqroq statistik manzarasini yaratish; 
 milliy hisoblarni turizmdagi iqtisodiy faoliyatning turlari klassifikatsiyasini 
yangi prinsiplarga qaratish; 
 turizm to‘g‘risida milliy va xalqaro darajada statistik ma’lumotlarni 
taqqoslashni ta’minlash; 
 mutaxassislarga bozor kon’yukturasi, turistik tovarlar va xizmatlar 
to‘g‘risida ishonchli axborotlar taqdim etish; 
 statistik hujjatlarda turizm faoliyati turlari klassifikatsiyasini talab va taklif 
nuqtai nazaridan bog‘lash; 
 xalqaro savdo taraqqiyotida turizm hissasi va to‘lov balansi ahvoli 
to‘g‘risida aniqroq baholash va o‘tkazish. 


172 
SIKTA ishlanmalarida markaziy masala bo‘lib klassifikatsion belgilarni 
tanlash hisoblanadi. Turizm bilan bog‘liq iqtisodiy faoliyat an’anaviy ravishda tashrif 
buyuruvchilar tovar va xizmatlar iste’molidan va ularga sarflanadigan turistik 
harajatlar nuqtai nazarida aniqlanadi. Turizmga bunday yondoshuvda turli tarmoqlar 
faoliyat turlarini qamrab olgan yig‘uv sohasi asosiy manba sifatida namoyon bo‘ladi, 
chunki tashrif byuruvchilar iqtisodiyotning amalda hamma sohalarida harajatlarni 
ko‘taradi. «Turistik harajatlarga daxldor ta’sirlar hisobiga olinganda, faqat bir soha – 
mudofaa hech qanday ta’sirga ega bo‘lmaydi» deb ta’kidlanadi. 
Mavjud turistik faoliyat turlari va mahsulotlari ruyxati asosiy statistik 
hisobotlar shakllarida turizm haqida zarur tarzda tasavvur bermasada muhim nazariy 
va amaliy ahamiyatga ega. Uning (ouchhti) haqiqiy masshtabi va iqtisodiy 
potensialini aniqlashga yordam beradi. Talabga qurilgan bu ko‘rinishlar milliy 
hisoblar tizimi va xalqaro klassifikatsiyalar bilan mos kelmaydi. Chunki ularda 
tarmoqlar va iqtisodiy faoliyat turlari ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot 
chiqarish ya’ni taklif nuqtai nazari mantiqidan kelib chiqadi. 
Taqqoslashni ta’minlash va SIKTA keng yoyilishi xalqaro tarmoqlar 
standartlari klassifikatsiyalari bilan mustahkam bog‘langan. Ular kod tarkiblari, 
tipologiyasi va keyingi nomenklaturalardan foydalanib ishlab chiqarilgan. Bunda 
iqtisodiy faoliyat turlarini tanlash umumiy bosh mezon bo‘lib, hisoblanadi: ya’ni 
masshtab, ixtisoslashish darajasi va ishlab chiqarishni markazlashtirish (bozorni 
qamrab olish). Shu bilan birga talabga asoslangan turizm chegarasini belgilashdan 
voz kechish maqsadga muvofiq bo‘lardi. SIKTA doirasida ikki yondoshuvni qo‘shish 
qo‘shimcha guruh belgilarini kiritish tufayli mumkin bo‘ldi. Ya’ni turistik harajatlar 
ustun yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Turizmda takliflar xususiyatlari bilan bir 
qatorda, SIKTA turistik harajatlar ulushiga to‘g‘ri keladigan ruyxatlarga tashrif 
buyuruvchilar xohishi va talabini qo‘shib aks ettirdi. Tanlangan belgilar 
muvaffaqiyatli ravishda bir-birlarini to‘ldiradi va turizm sohasini chuqurroq idrok 
etish imkonini berdi. 
SIKTA 17 bo‘lim, 18 bo‘limchalar, 43 guruhlar, 66 klass va 121 klass 
bo‘laklarini o‘zida mujassamlashtirgan. Rekratsion xo‘jalikning o‘xshash tarkibi 
sobiq sovet ilmiy adabiyotlarida o‘tgan asrning 70-80 yillaridayoq ishlab chiqilgandi. 
Tadqiqotchilar ketma-ket amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar doirasida 
rekratsion tarmoqda mavjud faktlardan kelib chiqishdi. Unga kiritiladigan xo‘jalik 
birligi aholi dam olishini tashkil qilishda faol ishtirok etadi. Ammo uning rekratsion 
faoliyat bilan bog‘liqlik darajasi turlicha. 
Bir muassasa o‘z rekratsion xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashadi – bu ularning 
ishida bosh, ko‘pincha yagona yo‘nalishdir. Sayyohlik va ekskursiya byurolari, 
otellar, motellar, restoranlar, kafelar tashrif buyuruvchilarga bevosita xizmat 
ko‘rsatishdan 100 % ga yaqin daromad oladilar. Ular dam olish sohasidan tashqarida 
faoliyat yurita olishmaydi va iqtisodiyotning rekratsion sektori uchun tarkib yaratish 
ahamiyatga ega. 
Boshqa guruhlar hayotiy ta’minlash korxonalari tashkil qiladilar. Ular turizm 
ob’ekti ham, uning natijasi ham emas. Ularning xizmatidan mijozlr ham mahalliy 
aholi ham foydalanishadi. Shunga qaramasdan savdo tarmoqlari, kommunal – xizmat 


173 
ko‘rsatish transport, aloqa mavjudligi aholi dam olishini tashkil etishning zarur 
shartlari hisoblanadi. 
Turistizm industriyasi – bu o‘xshash mehmonxonalar va boshqa joylashtirish 
vositalari, transport tarmoqlari, ko‘ngil ochar ob’ektlar, ishbilarmonlik
sog‘lomlashtirish, sport va boshqalarga mo‘ljallangan tashkilotlar, shuningdek 
ekskursion xizmatlar va gid – tarjimonlar xizmati ko‘rsatish majmuasidir. 
Turistik talabni to‘liq va har tomonlama qondirish turizm industriyasi barcha 
ob’ekt va tashkilotlari, hamma xildagi vositlarni, ishlarni muvofiqlashtirilishini 
taqozo etadi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling