O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Mehmonxonalar. Turistlarni joylashtirishda klassik tipdagi bosh korxonadir. 
Uning asosiy belgilaridan biri nomerlar mavjudligidadir. Mehmonxonalar barcha 
zaruriy xizmatlar turlarini taqdim etadi. Har kuni to‘shakni tartibga keltirish, xona 
(nomer) va sanitariya uzellarini yig‘ishtirish, shuningdek, qo‘shimcha va yo‘l-
yo‘lakay talab qilinadigan xizmatlarni bajarish. Mehmonxonalarning turli 
klassifikatsiyalari mavjud. Mehmonxona xo‘jaligi nazariyasi va amaliyotida 
xizmatlar turlari va maishiy qulayligidan kelib chiqilib otellarni guruhlarga bo‘lish 
keng tarqalgan. Bu klassifikatsiya xizmat ko‘rsatish standartiga qarab qabul qilingan 
otel kattegoriyasiga muvofiq belgilanadi. Attestatsiya natiajalari bo‘yicha har bir 


181 
mehmonxonaga razryad beriladi. Bu uning binosi sifat va son xususiyatlariga, nomer 
fondiga, infrastrukturasi, turmush ta’minoti, shuningdek shinamlik darajasi, asosiy 
assortimentlari, qo‘shimcha va yo‘l-yo‘lakay xizmatlari, xodimlar malakasi, servis 
madaniyatiga bog‘liqdir. Razryadga ega bo‘lish otel narxnomalari va mijozlar 
tarkibining nufuzida aks etadi. U sayohat qiluvchi shaxsga turistik bozor takliflarida 
erkin munosabatda bo‘lishga ko‘maklashadi. Mehmonxonaning sifati, xizmat 
ko‘rsatish bilan narxini tenglashtirib ko‘rish, tunash uchun qulay joy tanlashga imkon 
beradi. Boshqaruv organlari otel klassidan davlat investitsiyalari va soliq miqdorining 
taqsimlanish mezoni sifatida foydalaniladi. Mehmonxona biznesi sohasida narx 
siyosatini ishlab chiqishda uni hisobga oladi. 
Xizmatlar xili va maishiy qulaylik darajasi jihatidan otellar klassifikatsiyasi 
butun jahon sivilizatsiyasida qabul qilingan ko‘pchilik Yevropa mamlakatlarida 
bunday turdagi klassifikatsiyalar davlat tarkibi (Fransiyada markaziy, Ispanida 
mahalliy) ishiga kiradi va maxsus qonunchilik aktlarini ko‘rib chiqish predmeti bo‘lib 
hisoblanadi. Boshqa mamlakatlar (jumladan Shveysariya)da ular rasmiy harakterga 
ega emas, balki mehmonxona biznesi vakillari tashabbusi bilan kelishib olinadi. 
Bundan tashqari ko‘pgina mehmonxona zanjirlari, assotsiatsiyalar va ittifoqlar o‘z 
klassifikatsiyalariga ega. Ularning umumiy soni 30 dan ko‘p. Shu jumladan, 
yulduzlar tizimi (birdan beshgacha), tizimi (A-V-S-O), «tosh» yoki «kalitlar», ballar 
va boshqalar. Ularni faqat toifa (kategoriya)lari miqdori, ramzlari, balki xizmat 
ko‘rsatish standartlari bilan ham farqlanadi. Bu farqlar davlatning tarixiy madaniy 
xususiyatlaridan kelib chiqadi va milliy an’analar, urf-odatlar bilan uzviy bog‘liqdir. 
Otellarning asosiy mijozlari ichki turistlar hisoblanadi. Ular yil davomida 70-
90 % yuklanishni ta’minlaydi. Amalda ana shular mehmonxona bazasiga talab va 
servis darajasini belgilaydilar. 
Avstriya va Germaniyada eng yaxshi otel eng avvalo keng assortimentda vino 
va pivoga, Ispaniya va Portugaliyada esa tamaki mahsulotlariga ega bo‘lishi lozim. 
Agar Fransida otel klassida bide mavjudligi muhim bo‘lsa, Gresiya va boshqa 
Janubiy Yevropa mamlakatlarida nomerda konditsioner borligi hasham hisoblanadi. 
BTTning Yevropa Ittifoqi mehmonxonalar va restoranlar Qo‘mitasi, Xalqaro 
mehmonxonalar assotsiatsiyalarining jahondagi otellarga yagona klassifikatsiya joriy 
etishga ko‘p bor urinishlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Vazifaning mushkulligi shundaki, 
mehmonxonalardan tashqari boshqa turdagi juda ko‘p joylashtirish vositalari mavjud, 
ularning har birida o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Vujudga kelgan vaziyatda xorijiy turistik katologlar mijozlarni mehmonxona 
tanlashini yengilllashtirish uchun intilib, piktogramma tizimiga o‘tishmoqda. Ular 
yuzdan ortiq turli xil ramzlar va belgilardan iborat. Afrikada, BTT tomonidan 
boshlangan piktogrammalarni standartlashtirish ham tez natijalarni bermayapti. 
Ayrim mehmonxona xizmatlarining grafik tasviri avvalgidek juda bir-biriga zid. 
Shunga qaramasdan piktogramma asta-sekin yagona, hamma tushunadigan tasvirga 
yaqinlashayapti va ko‘p hollarda ikki-uch tilda qisqa izohlar bilan qulaylik 
tug‘dirmoqda (34-rasm). 
BTTning nomerlar hajmi, ularni joylashgani, qulayligi va jihozlanishi, boshqa 
binolari mavjudligi, mehmonlar dam olishi va ishbilarmonlar ishlashi uchun 
jihozlangan binolar borligi, ularga xizmat ko‘rsatish qanday yo‘lga qo‘yilganiga 


182 
qarab otellar yulduzli klassifikatsiyasidan foydalanishni tavsiya qildi. Mehmonxona 
korxonalarini yulduz bilan ajratish eng ko‘p tarqalgan lekin u ham universal emas. 
Misol uchun, Ispaniyada birdan besh yulduzagacha mehmonxona kategoriyalari 
belgilangan bo‘lib, unda xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatlisi alohida ajratilgan. 
Xuddi shuncha kategoriya Fransiyada ham amal qilinadi: yulduzsiz, birdan to‘rt 
yulduzgacha va to‘rt yulduz «lyuks». Vengriyada otellar esa bosh razryadga ega 
bo‘lib u birdan besh yulduzgachadir. Marokkoda ham shunday yulduzli
klassifikatsiyaga amal qilinadi. Mavjud farqlarga qaramay, bir kategoriyadagi 
mehmonxonalar bir-biriga o‘xshash xildagi xizmatlar va maishiy qulayliklarni taklif 
qiladi. Yuqori razryadli mehmonxonalar, qulay va shinam nomerlardan iborat bo‘lib,
odatda keng xolligi, milliy taomlar restorani, diskoteka, sauna, suzish hovuzi va 
boshqa dam olish, sport bilan shug‘ullanish, ko‘ngil ochish binolarga, sinxron 
tarjima, teletayp va kongress zallariga egadir. 
Korxona moddiy bazasi xilma-xil talablariga asoslangan va uning 
ekspluatatsiya holati, servis madaniyati va sifati hisobga olingan mehmonxonalar 
klassifikatsiyasi harakterlidir. Tashrif buyuruvchilarni qabul qilish qanchalik yaxshi 
tashkil etilsa, joylashish vositasining kategoriyasi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Lyuks klassidagi «Manila» oteli Filippinda joylashgan. Uning xodimlari 
barcha kelgan sayyohlarni o‘sha kunning o‘zidayoq ismi-shariflarini bilib olishadi. 
Liftchi xodim esa qaysi mehmon qaysi xonada yashashini aniq biladi. Bularning 
barchasi individual xizmat muhitini yaratadi. 
«Liding Xoutelz of Uorld» xalqaro kompaniyasi yarim asrdan ko‘proq vaqtdan 
buyon (21 regional bo‘limlariga ega) jahondagi mehmonxona ishlari holati ustidan 
monitoring o‘tkazib keladi. U otellar ishini baholaydi va ulardan eng yaxshilarini 
aniqlaydi. Mehmonxona korxonalari reytingi ularning qisqacha harakteristikasi, 
fotosuratlari, joylashgan o‘rni, nomerlar soni va narxlari bilan «Yillik ma’lumotnoma 
(spravoch)nik»da e’lon qilinadi. Ularning asosiy qismi AQShda (40 otel, shu 
jumladan, Nyu-Yorkda 10 ta), qolganlari esa Italiya, Shvesariya, Germaniya, 
Fransiya va Ispaniyada joylashgan. Keyingi 15-20 yilda mehmonxona sektorida 
yangi kategoriya otellar paydo bo‘lishi kuzatildi. Ular iqtisodiy klass (Budget 
economic hotels) deb atalmoqda. 
Bu uncha qimmat bo‘lmagan ixcham va qulay mehmonxonalar juda ko‘p 
G‘arb mamlakatlari, birinchi navbatda AQSH, Buyukbritaniya, Fransiya turistik 
bozorida o‘zining afzalliklarini namoyon etdi. Ular xizmat ko‘rsatish yuqori 
standartlarini ta’minlaydi, maqbul narxlarda ko‘ngil istagan nomerlarga joylashishni 
kafolatlaydi. 
Yangi kategoriya afzalligi uning nomida ham aks etgan. Bunda «Iqtisodiy» 
(tconomic) atamasi «tejamli» degan ma’noni anglatadi. Bu bilan shu narsa 
ta’kidlanadiki, qiymatning pasayishiga servis xizmati sifatini yomonlashtirish evaziga 
emas, balki qat’iy tejamkorlik rejimini yo‘lga qo‘yish orqali erishiladi. Tejamkor klas 
mehmonxonalar namunaviy qurilish harakteri, dizayn soddaligi, bino ichida 
hashamatli pardoz-andozning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Shahar chekkasidagi arzon 
yerlarda joylashgan bu joylashish vositalari cheklangan xizmatlar xillarini taklif etadi 
va shu yo‘l bilan ovqatlanish sohasida yirik operatsiyalarga mablag‘ni tejab qoladilar. 
Ular shuningdek ma’muriy – boshqaruv va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni yarimiga 


183 
qisqartirib, asosiy harajatlar stateyalaridan biri bo‘lgan ish haqi harajatlarini ham 
kesib tashlashlari mumkin. 
Tilga olingan tadbirlar ularga korxona rentabelligiga zarar yetkazmasdan 
yashash uchun tariflarni 20-50 % ga qisqartirish imkonini berdi. Bu otellarda o‘rtacha 
yuklanish koeffitsiyenti 80 % dan oshadi. 
Mehmonxonalar o‘rtasida jihozlanishi va ko‘rsatayotgan xizmatlari 
xususiyatlariga qarab, keng profildagi mehmonxonalar ajralib turadi. Ya’ni ular 
apart-otel (kvartira tipida), motellar, kurort mehmonxonalari, klublar yashash bilan 
birga va boshqalar. 
Turistik biznesda keyingi yillarda «Pucopte» (inglizchadan report - kurort) 
klass otellar tarmog‘i tez rivojlana boshladi. Odatda ular manzarali qirg‘oq bo‘ylarida 
joylashgan. Tropik bog‘lar va parklar ko‘rinishidagi yam-yashil daraxtlarga 
burkangan «risorts» lar jannati dam olish joylaridir. Bu kategoriyadagi otellarga 
tijorat xizmat «hammasi bor» tizimi muvaffaqiyatni keltiradi. 
Ular tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlarga joylashish, ovqatlanish 
(«shved dasturxoni»), ko‘ngil ochish barlardan tez-tez bepul foydalanish, shuningdek 
samolyotga imtiyozli biletlar, transfer, ekskursiyalar kiradi. Shinam va uncha qimmat 
bo‘lmagan dam olish a’lo darajada transport xizmati ko‘rsatish bilan uyg‘unlashib 
ketgan. Bolalar va uy hayvonlarini nazorat betida qoldirish mumkin. Shuningdek 
boshqa qulayliklar «Risorte»ni turistlar uchun ayniqsa o‘rta xol sayyohlar uchun 
yanada jozibador qiladi. 
Ularning tarmoqlari to‘xtovsiz kengayib borayapti. Fidji va Malayziya, 
Portugaliya va Seyshel orollari – ularni qamrab olgan. Bu ruyxatni yana davom 
ettirish mumkin. Braziliyada bunday dam olish maskanlari kurort modasining so‘nggi 
kashfiyoti bo‘ldi. 1995 yilda uning 5000 kilometrlik qirg‘oqlari bo‘ylab yoyilgan 
yirik 14 «Risorts» larida 170 ming kishi dam oldi. Braziliya yaqin kelajakda yana 
shunday o‘zining 43 ta markazini ochishni mo‘ljallayapti. Ularni kurish uchun 3,5 
mlrd. Amerika dollari ajratilgan.
Mijoz uchun kurashda mehmonxona korxonalari butun guruhlari va har bir otel 
alohida xizmat turlarini doimiy ravishda kengaytirib borayapti va turizm bozorga 
talabi (original) takliflar kiritishayapti. 
Klassik otellar bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning katta 
shtatiga ega va mijozlarga keng xizmatlar taklif etuvchi, shinamlik darajasi yuqori 
bo‘lgan mehmonxona tipidagi sof milliy motellar AQShda paydo bo‘ldi va keng 
tarqaldi. XX asr boshlarida yo‘l yoqalari bo‘ylab «Turistik kulbalar» qurila boshladi. 
Bu ob’ektlar joylashishning elementar qulayliklariga ega bo‘lib, odatda fermerlar 
dam olishlari uchun to‘xtab o‘tishga mo‘ljallangandir. 
«Motel» atamasi 1935 yilda paydo bo‘ldi. AQSH statistikasida motel 
avtomobilda sayohat qiluvchi turistlarni qabul qiluvchi muasasa sifatida talqin etiladi. 
Bu muassasalar yil davomida yoki mavsumda mehmonxona ekspluatatsiya xizmatlari 
(xudi oteldagidek, lekin «lyuks» kategoriyadan pastroq) va texnik xizmatlar to‘liq 
majmuasi (garajlar, avtomobil sag‘lanadigan maydon, yoqilg‘i qo‘yish stansiyasi va 
avtomobilni ta’mirlash ustaxonasi)ni taqdim etadi. Odatda ular shahardan tashqarida 
tashkil etilgan bo‘lishadi. Mijozlarning to‘xtab o‘tishi davomiyligiga qarab motellar 


184 
tranzit va oxirgilarga bo‘linadi. Birnchisi shosse yo‘l va bosh magistrallar bo‘ylab 
joylashadi. Ikkinchisi esa daryo qirg‘oqlari, ko‘l va suv dambalar yaqinida bo‘ladi. 
60-yillarda AQShda mototellar shuhrat qozona boshladi. Bu tipdagi 
mehmonxona korxonalari o‘sha motel xizmatlarini taklif qiladi. Lekin xizmat sifati 
yuqoriligi va qulayliklar yaxshilangani otellarga xosdir. Bu joylashish ob’ektlarining 
yaxshi moliyaviy ko‘rsatkichlari juda ko‘p otellarni mototellarga aylanishiga zamin 
yaratdi. Asosiy bino oldingi mehmonxona shaklini saqlab qoldi. Unga tutash 
hududlarda esa avtomobillar uchun to‘xtash joyi, garaj, texnik xizmat stansiyalari 
jihozlanadi. 20 yil davomida otellar soni mutloq va nisbiy ifodalarda ikki marta 
kamaydi. 
Motellar va mototellarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar umumiy soni 
mehmonxona muassasalarida bandlikni urushdan keyingi 30 yil davomida uch 
martadan ziyodroqqa ko‘paytirdi. Motellarda nomer fondi yuklatish koeffitsenti 
otellar uchun shunga o‘xshash ko‘rsatkichlardan ziyod bo‘lib, munosib ravishda 72 % 
va 62 % ni tashkil qiladi. Motelda sutkalik to‘lov o‘rtacha hajmi otelga nisbatan 
yarmiga kam. Shunga qaramasdan motelda yillik tushumlar sur’ati o‘sishi yuqori 
darajada qolmoqda. 
Mehmonxona korxonalari xizmat sifati va xillari, maishiy qulayliklari 
darajasidan tashqari xususiy mulkligi shakli bilan ham farqlanadi. Bu belgiga ko‘ra 
davlatniki, munitsipial va shaxsiy otellarga ajratiladi. Keyingi kategoriya bozorda 
turistik xizmatlarni mustahkam egallab turibdi. Parij, London, Amsterdam, Bryussel, 
Madrid, Frankfurt – na Mayn kabi Yevropa turizm markazlarida mehmonxona 
tipidagi joylashtirish vositalarining 50 % dan ko‘prog‘i, Milanda esa 90 % unga 
to‘g‘ri keladi. Munitsipal otellar salmog‘i ancha past bo‘lib, Frankfurt – na – Maynda 
10 %, Bryussel va Londonda 40 % ni tashkil qiladi. Mehmonxona xo‘jaligida davlat 
sektori bir muncha sust rivojlangan. Uning ulushi 20 % dan oshmaydi. Bryussel, 
London, Madrid va Milanda u umuman yo‘q. AQShda shaxsiy joylashtirish vositalari 
bilan bir qatorda, idora va muassasalarga tegishli mehmonxona korxonalari, 
shuningdek kondominimum (taymshering) tipida otellar tarqalgan. Uning qisqacha 
harakteristikasi 13-jadvalda keltirilgan. 


185 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling