O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Franchayzing yirik firmalarning moliyaviy va texnik qudrati, mahorati, 
operatorning tadbirkorligi, talanti bilan mayda korxonaning maneverligini 
ta’minlashni ifoda etadi. Uning muvaffaqiyatli rivojlanishi ana shular bilan 


228 
izohlanadi. Keyingi vaqtlarda franchayzingning klassik modeli o‘zgarishlarga yuz 
tutmoqda. Ilgari, 20 yil avval, mehmonxonalar franshiza kompaniyalari uncha katta 
bo‘lmagan firmalar ko‘rinishida edi. Ularda franshiza beruvchilar franshiza 
oluvchilarga e’tibor bilan qarardilar. Franshiza biznesi sezilarli kengaygach, savdo 
markalari va xususiy otellar egalari o‘rtasida yirik vositachi kompaniyalar paydo 
bo‘ldi. Franshiza beruvchilar ko‘pincha bu kompaniyalarni eksklyuziv huquqlar 
bilan qandaydir territoriyani o‘zlashtirishga undayapti: franshiza oluvchilarni tanlab 
olish, ularni boshqarish, faoliyatning ma’lum turlari bilan shug‘ullanishga litsenziya 
berish kabilar. Natijada franshiza beruvchilar va franshiza oluvchilar tobora bir-
biridan uzoqlashib bordilar. Ular o‘rtasidagi munosabatlar shafqatsiz tus oldi. Buni 
qanday oqibatlarga olib kelishini AQSH tez ovqatlanish industriyasi misolida 
yaqqol ko‘rish mumkin. Franchayzing tizimi ishtirokchilari o‘rtasidagi 
kelishmovchiliklar vaqti-vaqti bilan o‘tkir tus olayapti, katta sud aralashuvigacha 
yetib bormoqda. Odatda bu franshiza beruvchini jalb qilmasdan ko‘rib chiqiladi. 
Mehmonxona biznesidagi vaziyat hozircha uncha taranglashgani yo‘q. Ammo 
uning og‘ir oqibatlarga olib keluvchi holatlari mavjud. AQSH mehmonnovozlik 
sektorida o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki, franshiza oluvchilar o‘zini oqlamagan 
franshiz to‘lovlari darajasining oshirilishi va yetarli emasligidan norozi. Ularning 
nazarida franshiza beruvchilarning otellar reklamasi bo‘yicha talab qilayotgan 
to‘lovlari qimmat. 
Franchayzing tizimining samarali ishlash bosh sharti undan manfaatdor 
barcha hamkorliklarning sermahsul faoliyatdir. Shu o‘rinda to‘g‘ri bir falsafiy fikr 
xayoldan o‘tadi: «Agar mening franshiz oluvchim qoniqsa, demak, ishim olg‘a 
qarab ketayapti». 
O‘zaro teng manfaatli munosabatlarning o‘rnatilishi bozor vaziyatiga mos 
keladi. Mutaxassislarning bashoratlariga qaraganda, yaqin kelajakda ancha mavqe 
tushib ketgan davrdan keyin, franshiz biznesi yakengayish sari yuz tutadi. Hatto 
franshiz beruvchilar soni franshiz oluvchilar sonidan oshishi mumkin. Ayniqsa ikki-
uch yulduzli mehmonxonalar bozor segmentida. Bu yerda savdo markalari 
o‘rtasidagi raqobat juda kuchli bo‘lishi tayin. Ayrim mehmonxonalar kompaniyalari 
yuksalishni kutib turishmasdan, o‘rta kategoriyali joylashtirish bozorining istiqbolli 
hududlaridan biri Osiyoga kirib kela boshladi. 
Xususan, Amerika mehmonxonalar korporatsiyasi «Xospiteliti Franchayz 
Sistema» 1996 yil o‘zining savdo markasi «Deyz Innz» ning prokati to‘g‘risida 
Xitoyda bitim imzoladi. Yuz yillik oxiriga borib u franshiz xonalar sonini Xitoy 
o‘rta kategoriya otellarida 6 ming birlikkacha yetkazishni rejalashtirgan. 
Mehmonxonalar xo‘jaligida xayrli niyatli franshiz beruvchilar qaltis belgiga 
kelib qoldilar. Franshiza oluvchilar biznesini himoya qilish talab etilganda savdo 
markasi va xususiy otellar egalari foydasiga haqamlik qilish to‘g‘ri kelib qoldi. 
Ijobiy o‘zgarishlar ayrim franshiz beruvchilar xulq-atvorida ko‘rinib qoldi. 
«Xolidey Inn Uorlduayd» o‘zining franshiz beruvchilari bilan hamkorligini 
mustahkamlash maqsadida mahsus bo‘lim tuzdi. Ular unga har qanday moliyaviy 
masalalar bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunday qadam kompaniyaning 
franchayzing tizimida daromad olish va uni ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash 
muammosi tufayli qo‘yildi. Pul ishlab olish maqsadida sotiladigan franshizaning 


229 
istiqboli yo‘q. Savdo markalari o‘rtasida raqobatning kuchayishi franshiza 
beruvchini franshiza oluvchi manfaatlari hisobga olingan holda to‘lov tarkibini va 
hajmini ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Shu bilan birga franshiz oluvchini qo‘llab-
quvvatlashini kengaytirishi kerak. Vaqt tizimdan katta xayrixoqlikni talab qiladi.
Keyingi paytlarda muammolar soyasida franshiza mehmonxonalar zanjiri 
klassik taraqqiyotida keng kooperatsiya asosidagi franshiza korporatsiyalar ajralib 
turibdi (misol uchun «Xospiteliti Franchayz Sisteme»). Ular bir a’zoga bitta ovoz 
prinsipi asosida ishlaydilar. Barcha muhim qarorlar ko‘pchilik malakali ovoz berish 
yo‘li bilan qabul qilinadi. 
Franchayzing sohasida ko‘proq olg‘a surilgan qism AQSH ning 
mehmonnovvozlik industriyasidir. «Xospiteliti Franchayz Sisteme» singari yirik 
mehmonxonalar korporatsiyasi o‘zining xususiy otellariga ega emas. Ularni esa 
franshizalar shartlari orqali birlashtiradi. Boshqa Amerika mehmonxonalari 
zanjirida joylashtirishda jahon bozorida qudratli ekspansiyani amalga oshiruvchilar 
ham franshiza korxonalaridir. AQShda franshiza mehmonnovvozlik industriyasini 
rivojlantirishda magistral yo‘l siyosatida qaraladi. 
AQShdan farqli ravishda Yevropada boshqaruvda kontrakt tuzish amaliyoti 
keng tus olgan. Mehmonxona menejmentiga ixtisoslangan operator, otel egasi va 
kompaniya o‘rtasida boshqaruvga kontrakt tuziladi. 
Mulkdor tajribasi yoki xohishi yo‘qligi sababli menejerlik vazifasini uddalay 
olmagan, lekin qo‘shgan mablag‘idan daromad olish ilinjida bo‘lgan vaziyatda o‘z 
korxonasini professional boshqaruvga beradi.
Kontrakt bo‘yicha ega boshqaruv jarayoniga aralashmaydi va mulkchilik 
huquqidan kelib chiqadigan moliyaviy va operatsion qaltisliklarga joriy harajatlarga 
javob beradi. Boshqa tomondan, operator, mehmonxonani boshqarishga biror bir 
huquqni sotib olishsiz kirishadi.Uning moliyaviy javobgarligi cheklangan bo‘lib, 
ko‘rsatilgan xizmatlari uchun u kafolatlangan mukofot oladi. Mehmonnovozlik 
industriyasida qachon, kim tomonidan birinchi marta boshqaruvda shartnomadan 
foydalanganligi to‘g‘risida hozirgacha baxslar to‘xtamaydi. Birovlar uni XX asr 
boshlarida paydo bo‘lgan desa, boshqalar bunday shartnoma munosabatlari 1950-
yillar o‘rtalarida Amerika mehmonxonalar kompaniyalarini xalqaro bozorga 
chiqqanidan boshlab vujudga kelgan deyishadi. Boshqaruvda shartnomaning keng 
tarqalishi o‘tgan asrning 70-80 yillariga to‘g‘ri keldi. Bunga otellar qurilishi keng 
tus olganligi sabab bo‘ldi. Ko‘chmas mulkka yuqori narx sharoitida uni uzoq vaqt 
ushlab turish, mulkka egalik qilish ozmuncha daromad keltirmadi. Investorlar 
mehmonxona xo‘jaliklariga ishtiyoq bilan mablag‘ qo‘ya boshlashdilar. Ko‘p 
hollarda ular yangi ochilgan korxona egasi bo‘lib oldilar. Amerikaning gigant 
mehmonxonalari «Xilton Xoutelz Korporeyshn», «Ay-Ti-Ti Sheraton», «Mariott 
Interneshnl» va boshqalar shu tarzda vujudga kelganlar. 
Xonalarga ehtiyoj bozori sharoitlarining yaxshilanib borishi talablardan o‘zib 
keta boshladi otellarning gavjumligi kamaydi va ko‘chmas mulk bahosi tushib ketdi. 
Raqobat kuchayishining o‘tkir tus olishi mehmonxonalar biznesini susaytirdi. 
Tadbirkorlar orasida faqat mulkka ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmasligi, undan 
to‘g‘ri foydalanishni bilish ham zarurligini anglaganlar soni anchagina ko‘paydi. 
Bunday paytda egalari o‘z korxonalarini operativ boshqarishga ixtisoslashgan 


230 
kompaniyalariga berish amaliyoti vujudga keladi. Taraqqiyot strategiyasining bu 
usulini birinchilar qatorida Amerikaning «Xayyatt Xoutelz Interneshnl» 
mehmonxonalar korporatsiyasi tanlab oldi. Avvaliga u mehmonxonalarni mulk qilib 
olish huquqi bilan mo‘ljal oldi. Ammo keyinchalik ikkita kompaniya tuzishga qaror 
qilindi. Birinchisi otellarga egalik qilishi kerak edi. Ikkinchisi esa faqat operativ 
boshqaruv bilan shug‘ullanishi lozim edi. Vazifalarning taqsimlanishi ijobiy 
natijalar berdi. So‘nggi paytlarda «Xayyatt Xoutelz Interneshnl» tajribasidan juda 
ko‘pgina mehmonxonalar guruhlari foydalanishmoqda. 
Firmalar rivojlanishi jarayonlarida ularning egalari kapital qo‘yilmalar 
hajmini oshirib borishadi. Oqibatda moliyaviy qaltislikka duch kelishadi. Kelgusi 
o‘sish sur’atlari muammo bo‘lib qoladi va, ohir-oqibat professional menejerlik 
kompaniyalariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday kompaniyalarning ikki 
tipi ajralib turadi. Ularning ko‘pchiligi mehmonxonalar zanjirini tuzadilar. O‘z 
a’zolari boshqaruvini shartnoma orqali amalga oshiradilar. Misol uchun, Yevropada 
eng katta mehmonxonalar korporatsiyasi «Akkor» (Fransiya) 22% xonalarni 
shartnoma asosida boshqaradi. 
Ikkinchi tipga esa, mustaqil boshqaruvchi kompaniyalar kiradi. Ular turli 
mehmonxonalar zanjirlariga xizmat ko‘rsatadilar. Jahonning yuz yetakchi mustaqil 
operatorlari 3,6 ming otellarda 632,8 ming xonalarni nazorat qilgan. Bular 
AQShning o‘zida boshqaruvda shartnoma mehmonxonalar industriyasi uchun 
unchalik xos bo‘lmasada, asosan Amerika kompaniyalari edi. Keyingi yillarda 
ularning ro‘yxatini «Richfild Xospiteliti Servaysiz» boshqarayapti. Ushbu 
kompaniya me’moriy jihozlash moddiy-texnika ta’minoti va mehmonxona faoliyati 
bilan bog‘liq boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi. U 83 mustaqil otellar, 18 
mehmonxonalar zanjiri bilan ish olib boradi (jadval 19). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling