O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 19  Dunyo mehmonxonalarini boshqaruvchi yirik kompaniyalar


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Jadval 19 
Dunyo mehmonxonalarini boshqaruvchi yirik kompaniyalar 
Kompaniy

lar
Shtab-
kvartira- 
ning 
joylashgan 
joyi 
Nomer 
lar soni, 
mingta 
Mehmon 
xonalar 
soni, 
birlikda 
 
 
Eslatma 
Richfild 
Xospiteliti 
Servaysiz 
AQSH 
33.5 
141 
«Xilton 
Xoutelz 
Korpa- 
reyshn», «Ay-Ti-Ti Sheraton» 
va boshqa aksiyalarini egal- 
laydi. O‘ntadan ortiq xuusiy 
mehmonxonalarga ega. Ikkita 
mamlakatda 
mehmonxonalarni boshqarish 
shartnomasiga ega. Boshqaruv 
sohasidan olgan daromadi 552 
mln. AQSH dollari. Oziq-
ovqat va ichimlik lardan 
olingan daromad 200 mln. 
AQSH dollari. 
Intersteysh 
AQSH 
29.6 
130 
«Marriot Inerneshnl», «Xil-


231 
Xoutelz 
ton Xoutelz Korporeyshn», 
«Ay-Ti-Ti 
Sheraton», 
«Xolidey Inn Uorlduayd» va 
yana 
12 
korxona-larning 
aksiyasiga egalik qiladi. Ikkita 
xususiy otelga ega. Uning 
umumiy daromadi 587 mln. 
AQSH 
dollari. 
Mehmon-
xonalarning yuklanish koef- 
fitsenti -73%. 
Dablitri 
Xoutelz
AQSH 
21.6 
81 
— 
Kvinz 
Mout 
Xauziz 
Buyuk -
britaniya 
21.2 
172 
«Xolidey Xauziz Inn Uorl-
duayd», 
«Mout 
Xauziz», 
«Kvinz Xoutel», «Austrotel» 
va «Bilderberg» aksiya-lariga 
egalik 
qiladi. 
Yevropa, 
jumladan, Buyukbritaniyadagi 
mehmonxonalarni boshqaradi. 
Ameriken 
Djenral 
Xospiteliti 
AQSH 
16.9 
96 
«Xospiteliti 
Franchayz 
Sistems», 
«Xolidey 
Inn 
Uorlduayd», «Best Uestern 
Inerneshnl» 
va 
boshqa 
aksiyalariga 
egalik 
qiladi. 
Uchta 
mehmonxonaga 
birgalikda 
ega-lik 
qiladi. 
Boshqaruv 
faoliyati-dan 
olingan daromad 270 mln. 
AQSH dollari.
Manba:
A.Yu.Aleksandrova. Mejdunarodniy turizm. M., 2004. 
Turistik bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash, maqomini oshirish va 
moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida kompaniya boshqaruvchisi 
kuchlarni birlashtiradi. Korxonalar egalari bilan shartnoma tuzishda ular birgalikda 
o‘z manfaatlarini himoya qilishi osonroq kechadi. Kontragentlar o‘rtasidagi 
munosabatlarda o‘zaro manfaatli aloqalar bugun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki mulkdor professional menejerlarga talabni tobora qattiqroq qo‘yayapti. Ular 
kompaniya boshqaruvchisi uning mehmonxonasi egasi bo‘lishini istaydi. Uning 
bilan moliyaviy qaltisliklarni baham ko‘radi. Bu bilan mulkdan qanday qilib 
samarali foydalanish lozimligini rag‘batlantiradi. «Xayyatt Xoutelz Internesheynl» 
korporatsiyasi prezidentining so‘zlariga ko‘ra: «Boshqaruvda mutloq shartnomalar 
davri o‘tdi. Endi mehmonxonalarni investitsiyalovchi odamlar boshqaruvi o‘z 
manfaatlarini ular bilan baham ko‘rishni istashadi». 
TMK mehmonxonalar strategiyasi kuchli va kuchsiz tamonlar xorijiy 
ekspansiya turli usullarining murakkab birligi hisobga olish yo‘li bilan shakllanadi.
Hozirgi vaqtda jahon mehmonxonalar xo‘jaligi jiddiy o‘zgarishlar davrini 
boshidan kechirmoqda. Sektorni tarkibiy qayta qurish jarayoni ro‘y beryapti. Ishlab 


232 
chiqarishni boshqarish va tashkil etish shakllari o‘zgaryapti va transmilliy 
favoliyatini tashkil etish moddellari yangilanyapti. 
Keyingi uch o‘n yilliklar davomida eng samarali model amerikaniki bo‘lib 
hisoblanadi. U mehmonxonalar taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazmoq va u ommaviy 
ketma-ket ishlab chiqarish tizimi tamoyillaridan foydalandi. Bu tamoil birinchi 
marta AQSH da G.Ford avtomobil zavodida joriy etildi. Bu tizim ishlab chiqarish 
jarayonlarini 
standartlash, 
tipiklashtirish, 
konverterlashga 
asoslangan. 
Mehmonxonalar xo‘jaligida ketma - ket ommaviy ishlab chiqarishni tashkil 
etishning amerika modeli mablag‘larni joylashtirshning yuqori darajada milliy 
standartlashtirishda namoyon bo‘ldi. Ularning tarmoqlari “Xolidey Inn», “Best 
Uestern motel”, “Xavard Jonson” singari mexmonxonalar kompaniyalari sharofi ila 
tez su’ratlarda kengayib bormoqda. 
XX asrning 50-60 yillarida mehmonxonalar biznesini tashkil etishning 
amerikacha modeli o‘zining gullab yashnagan cho‘qqisiga yetdi. Uning ustunligi va 
harakterli qirralari turistlarga, eng avvalo AQSH lik turistlarga yaqqol ko‘rindi. 
1955 yil “Istambul Xilton” oteli tantanali ochilish marasimida ishtirokchilardan biri 
mehmonxonalar “Xilton Xoutelz” zanjiriga kiruvchi shunday xotirilaydi: “Biz 
Istambuldan uchib kelganimizda, bu qadimgi shahar sirli va romantik olamga 
chuqur g‘arq bo‘ldik deyishimiz ortiqcha”. Men bu shahar «Oltin muguz» 
Amerikaning kichkinagina bo‘lagini o‘zida mujassam qilgan ulkan kengliklar 
ekanligini his etdim. Ochilish marosimida Konrod Xilton uning har bir oteli 
mittigina Amerika ekanligini aytdi. 
Amerika modeli qattiy ma’muriy boshqaruv usullariga asoslangan. Otellar 
xodimlari tor ixtissoslikka ega edilar. Ularning barchasi xatti harakatlari instruksilar 
va bevosita rahbarlik ko‘rsatmalariga bo‘ysindirilgan edi. Bular esa ishlab chiqarish 
tizimi ishni yaxshi yo‘lga qo‘yishni ta’minlaydi. Mehnatni tashkil etishda 
amerikaliklar munosabatini o‘rgangan Buyukbritaniyalik menejerlar ishning 
standart usullari samarali ekanligini ta’kidlashdi. Ular yana amerikalik 
hamkasabalarining ish usalubi prinsipal asarlari – doimiy ravishda foyda va zararni 
hisoblab borishlariga e’tiborini qaratdilar. Keyinchalik bu ish tamoiliga 
yevropaliklar ham amal qila boshladilar. 
Mehmonxona biznesini boshqarish va tashkil etishning amerikacha modeli 
urushdan keyingi jahon bozori talablariga haddan tashqari mos keldi. Is’temol 
talablari qondirilmagan sharoitda amerika kompaniyalari mehmonxonalar xizmatida 
ketma-ket ommaviy ishlab chiqarishga umid bog‘ladilar. Ular o‘zlarining 
mehmonxonalar zanjirini o‘z mamlakatlaridan tashqari uzoq-uzoq mamlakatlarga 
yoydilar. Bunda mahalliy mehmonxonalar kompaniyalarning raqobatda ojizligi qo‘l 
keldi. Amerika transmilliy korporatsiyalarining xorijdagi ekspansiyasi deyarli 
to‘siqqa uchramay bosib bora boshladi. O‘nta yetakchi xalqro mehmonxonalar 
kompaniyalaridan sakkiztasi amerikanikidir. Dunyodagi otellarning yarimi va 
xonalarning 56% Amerika TMK ulushiga to‘g‘ri keldi. 
O‘tgan asrning 80 – yillarida Amerika modeli o‘z nufuzini yo‘qota boshladi. 
Uning samaradorligini pasayishi birinchi navbatda is’temol talablarining o‘zgarishi 
bilan bog‘liq edi. Jahon bozorining ehtiyoj mollari va xizmatlar bilan seroblashgani 
amerikacha ommaviy ishlab chiqarish standart mahsulotlarini yetkazib qo‘ydi. 


233 
Talab differensiyalashib (tabaqalashib) qoldi. Uni qondirish uchun keng iste’mol 
assortimentida sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish talab qilinardi. 
Ko‘pchilik 
turistlar 
uchun 
standart 
joylashtirishlar 
ustunlikdan 
bosh 
yetishmovchilikka aylandi. 
Sayohatchilardan birining xotiralarida Amerika mehmonxonalari zanjiri 
fenomen va keng qamrovli standartlashtirishga nisbatan his tuyg‘usi ifoda etilgan: 
«Men shaharning uzoq chekkasigacha yetib borgach fontanli hashamatli bino turishi 
kerak bo‘lgan joyda kutilmaganda o‘zicha ko‘chib kelgan» «xolidey Inn»ni 
ko‘rdim. Qurilish shunchaki katta va ko‘rimsiz tashlandiq bir joyda qurilgan ediki
hafsalam bir bo‘ldi. No‘noqlik bilan shablon quticha shaklida qurilgan bino 
derazalari qiyshaygan, kirishdagi qorong‘u yo‘lak, o‘tgan qaytganlarni qayd etuvchi 
devordagi videokamera, yashil plastik ko‘rsatkichlarni ko‘rib huzr qilib, so‘lim 
go‘shada dam olish orzurarimiz chippakka chiqdi. U xuddi mashinalar qo‘yiladigan 
joyga o‘xshardi. Uni ko‘rkam qilish uchun Sariq chaqalik ham ish qilinmagani 
ko‘rinib turardi. 
Yangi bozor sharoitida konveyer usulida ishlab chiqarish tizimida 
egulivchanlik yetishmasdi. U juda ham inersion bo‘lib chiqdi. Amerika TMK 
doimiy o‘zgarib turuvchi is’temol talablariga tezda javob berishga qodir emasdi.
Mehmonxonalar biznesini boshqarish va tashkil etishning amerikacha modeli 
inqirozi turli shakllarda namoyon bo‘layotir. Jahon bozoriga Yapon, Britan, 
Syangan (Gankong), Skandinav, Fransuz operatorlari chiqdilar va Amerika 
kampaniyalarini siqib chiqara boshladi. Bunda ayniqsa Fransiya «Akkor»guruhini 
alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bu gurhda 1978 yilda 45 otel bo‘lgan bo‘lsa 1989 
yilga kelib ularning soni 263 taga (84%ga) o‘sdi, 1994 yilga kelib esa dunyo 
bo‘yicha 2265 otelga ega bo‘ldi. Bundan tashqari Britaniya kampaniyalari 
tamonidan uch yetakchi Amerika mehmonxonalar zanjiri sotildi. «Xolidey 
Korporeyshn» o‘ziga tegishli «Xolidey Inn» aksiyalarini Britaniya kompaniyasi 
«Bass Xoutelz End Risorts»ga boy berib qo‘ydi. «Xilton interneyshnl» 
«Ledbrouks»kompaniyasi tamonidan nazorat qilinmoqda. «Inter-Kontinental 
«Xoutelzx End Risorts» «Grant Metropoliten» tamonidan sotib olindi. Keyinchalik 
esa uni Yaponiyaning «Seybu Seyzon» kompaniyasiga sotib yubordi. 1998 yilda u 
yana «Bass Xoutelz End Risorts»ga qayta sotildi. 
Davr 
menejerlardan 
boshqacha 
fikrlashni 
talab 
qilardi. 
Amerika 
mehmonxonalar kompaniyalari kadrlar tayorlashda AQSH bosh yo‘nalishidan kelib 
chiqib o‘zining milliy standarlarini dunyoga yoyishni ko‘zlagan edi. Bu tamoilga 
amal qilgan Amerika mehmonxonalar kompaniyalari avvalo amerikalik turistlar 
uchun xos muxit yaratdilar. Ularni mahalliy va begona kishilardan ajratib qo‘ydilar. 
Shu tariqa amerikaliklarga sayohat uchun qulay shart- sharoit yuzaga keldi. 
Ammo hayot qabul qiluvchi mamlakat milliy madaniy xususiyatlarini hisobga 
olishga majbur etdi. Birinchi mult madaniy firmalar paydo bo‘ldi. O‘zgarish 
zarurligini anglagan amerikalik mehmonxonalar korporatsiyalari boshqaruv 
xodimlari o‘rtasida «globallashuv bo‘yicha qo‘llanma» tarqatdilar. 
Amerikaliklarnikidan farqli ravishda Yevropaliklar mehmonxonalar ishini 
tashkil etishga avval boshdan yumshoqroq yondoshdilar va standartlashga kam 
darajada e’tiborni qaratdilar. «Akkor» fransuz guruhi rahbarlarining fikricha, 


234 
kompaniya xalqaro muvaffaqiyatga egiluvchan xo‘jalik yuritish tizimi va milliy 
muhitga ko‘nikish tufayli erishgan. 
Kelib chiqishi Osiyodan bo‘lgan boshqa model ham bor. Dunyoda Yapon, 
Syangan (Gonkong) mehmonxonalar zanjiri bilan birga tobora ko‘proq tarqalib 
borayapti. U butunlay uzoq istiqbollarga mo‘ljallangan. TMKlar va ularning barcha 
korxonalarining asosiy hayotchanligi mezonlaridan biri uzoq davr mobaynida 
egiluvchan va samarali faoliyat ko‘rsatishi hisoblanadi. Bunday yondoshuv juda 
muhim. Chunki Osiyolik mehmonxonalar TMKlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar 
hajmlarini 
oshirib 
borishadi. 
Ayrim 
mutaxassislarning 
baholashlaricha, 2019 yilga borib, dunyodagi yetakchi 10 ta mehmonxonalar 
zanjirining yarimi o‘zining Osiyolik tub ildiziga ega bo‘ladi. 
Hozirgi vaqtda har uchchala modelning o‘zaro yaqinlashish tendensiyasi 
ko‘zga tashlanmoqda. Ko‘proq samaraliroq boshqaruv usullarining qo‘llanish va 
innovatsiyalar almashish jarayonlari kechayapti. Shu munosabat bilan, xo‘sh, 
Amerika, mehmonxonalar TMKlar prinsipial jihatdan strategiyasini o‘zgartiradimi 
yoki modifitsirlashtiradimi? degan savol tug‘iladi. Hozircha bu savol javobsiz 
turibdi. 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling