O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


TMKlar joylashgan mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

TMKlar joylashgan mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’siri. TMKlar nafaqat 
qabul qiluvchi mamlakatlar, balki o‘z “jonajon” mamlakati iqtisodiyotiga ta’sir 
o‘tkazadi. Bu baynalminallashuv (internatsionlashtirish)ning teskari tomoni ancha 
yomon tadqiq qilingan. Turistik TMK lar turizm ichki bozori tarkibini va turistik 
mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorlik (rentabelligi)ni o‘zgartirishi mumkin.
Birinchidan, ishlab chiqarish ko‘lamidan iqtisod olish uchun turizm bozori 
yetarli hajmga ega bo‘lmagan kichik mamlakatda, Singapur avia yo‘nalishidagi 
korporatsiyasi tipidagi “eksport varianti” iqtisodiy strategiyasi yetarli emas. Ular 
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashmasdan turib, faoliyat yuritolmasdi.
Ikkinchidan, TMKlar investitsiyalarni yuqori daromadni ta’minlaydigan 
destinatsiyalarga yo‘naltiradi va bu bilan turizm industriyasida qo‘yilgan kapitallar 
o‘rtacha daromad xajmini ko‘paytirishga imkon yaratadi.
Uchinchidan, ular chiqish turizmi mahsulotlari ishlab chiqarishni uzluksiz 
yo‘lga qo‘yib, ichki bozorda narx-navo darajasini pasaytiradi.
To‘rtinchidan, chiqish turizmiga ixtisoslashgan TMKlar joylashgan 
mamlakatlarida bozorda monopolistik ustunlikni egallaydi. Agar u oligopolistik 
tarkibiga ega bo‘lsa, korporatsiyalar o‘z bozor o‘rinlarini himoya qilish uchun 
bloklarga birlashadilar. Hududda “Ay-Ti-Ti Sheraton” otellari zanjirining ochilishi 
odatda ko‘p o‘tmay bu yerda “Xilton Xoutelz Korporeyshn” yoki “Xolidey Inn 
Uorlduayd” kompaniyalari paydo bo‘lishini bildiradi.
Nihoyat, TMKlar turistik oqimlar orqali “jonajon” iqtisodiyotiga bilvosita 
ta’sir o‘tkazadi. Ularning sayyohlik bozorida ishtirok etishlari, ayniqsa ko‘pchilik 
qudratli Yevropa turoperatorlari singari ko‘p hollarda chiqish turizmining 
faollashishi sabablaridan biri bo‘lib chiqadi. Chet ellarga safarlar sonining ortishi va 


242 
uning bilan bog‘liq holda mamlakatdan valyuta oqimi turistik to‘lov balansida 
salbiy saldo hosil bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga xuddi shu TMKlar faoliyati 
tufayli turistlar olib chiqib ketgan valyutaning bir qismini vataniga qaytarishga 
muvaffaq bo‘linadi. Agar AQSH lik sayyoh amerika mehmonxonalar zanjiriga 
kiruvchi otelda to‘xtasa, amalda importning joy almashinishi ro‘y beradi. Bunday 
holda AQSH xorijda mexmonhonasi joylashgan mamlakatdan vatandoshlariga 
xizmat ko‘rsatishdan daromad oladi, bunday tovar va xizmatlarni eksport qilishdan 
tushgan mablag‘ o‘z to‘lov balansini mustahkamlaydi.
Transmilliy jarayonlarning xozirgi zamonda paydo bo‘lish shakllari xaddan 
tashqari bir-biriga ziddir. TMKlar haqidagi qizg‘in bahslar zamirida qadriyatlar
qarashlarda 
siyosiy-mafkuraviy 
ajralishlar, 
ijtimoiy- 
iqtisodiy 
rivojlanish 
manbalarining xilma-xilligi, milliy xavfsizlikkka tahdidlar yotadi. Shunga 
qaramasdan, transmilliy firmalar soni ortib va ularning iqtisodiy eksponsiyasi 
kengayib bormoqda.

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling