O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

Mehmonxonalar konsorsiumlari. Integratsiyalashgan mehmonxonalar 
zanjiri tomonidan o‘tkir raqobat sharoitida mustaqil otellar mehmonxonalar 
konsorsiumlariga birlashadilar. Bunday tashkilotlarga a’zo bo‘lish yo‘li bilan ular 
xizmatlarga 
yo‘l 
ochib olishadi. 
Bunda 
ilgari 
nufuzli hisoblangan 
integratsiyalashgan mehmonxonalar zanjiri huquqiy va iqtisodiy munosabatlarda 
mustaqilligicha qolaveradilar. 
Ko‘pincha otellar konsorsiumlarga zahiralashtirilgan global kompyuter 
tizimiga abonent bo‘lish uchun kiradilar. Tobora ko‘proq turagentlar turistik 
mahsulotlarni bronlashtirishda telefonlashishi va faksdan kompyuter tizimi 
foydasiga voz kechishayapti. Shuning uchun unga qo‘shilish kichik xususiy otellar 
uchun yirik tijorat muvaqqiyatiga erishish bilan teng. Bundan tashqari mustaqil 
otellar hamkorligida reklama kompaniyalari, marketing tadqiqotlari o‘tkazadilar. 
Markazlashgan holda uskuna sotib oladilar, katta harajat talab qiladigan, lekin 
aloxida o‘zlarining kuchlari yetmaydigan boshqa faoliyat turlarini birgalikda
amalga oshiradilar. Kuchlarini birlashtirish orqali konsorsium azolari operatsiya
ko‘lamini tejashni yutishadi. Zarurat tug‘ilganda ular texnik yordam, menejment 
masalalari bo‘yicha maslaxatlar olishlari, mijoz xaqidagi ma’lumotlar bazasidan 
foydalanishlari mumkin. 
Mustaqil mexmonxonalar zajiri korparativlarga nisbatan kam va ular 
unchalik to‘g‘ri emas. Bu yerda ko‘p narsa ko‘ngilli birlashuvga kirish shartlariga
bog‘liqdir. Agar «Loji de Frans» konsorsiumida yillik badal bor yo‘g‘i 205 
dollarni tashkil etsa, a’zolari soni 3,7 mingdan oshsa Germaniyaning «Es-Er-Es 
Xoutelz Shtaygenberger» zanjirida yiliga 18 dan 48 minggacha dollar to‘lash 
talab etiladi. Unga kirgan otellar soni esa atigi 350 ta. Umman olganda 20 ta 
yetakchi mustaqil mehmonhonalar zanjirida 2.9mln. birlik xona fondi bilan 19.5 
mingta mehmonhonalar mavjud edi. 
Yirik konsorsiumlar ro‘yxatini «Yutel Interneshnl» boshqaradi. Unga 1939 
yilda amerikalik yozuvchi va sayohatchi Genri Yutel asos solgandi. Ikki oteldan ish 


235 
boshlagan kompaniya deyarli 10 yil ichida aql - bovar qilmas yutuqlarga erishdi. 
Bugungi kunda u jahonning 137 mamlakatida xalqaro mehmonxonalar zanjirini va 
kichik mustaqil mehmonxonalarni o‘ziga birlashtirgan. Konsorsium otellarga 
marketing kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda turistik mahsulotlar 
harakatida hamkorlik qiladi. Kadrlar tayyorlaydi, turistik bozorning xilma - xil 
segmentlarini o‘rganadi. U sharqiy Yevropa, Amerika va Isroil singari mamlakatlar 
va yangi hududlarni o‘zlashtiradi. «Yutel Interneshnl» yangi texnologiyalarni joriy 
etish, zahira o‘rinlarini yaratish tizimini kengaytirish va takomillashtirishga 22 
million dollar sarfladi. U o‘zining jihozlangan «Yutel Konnekt» bronlashtirish 
kompyuter tizimiga ega. Bu zanjirga kirgan barcha otellar xizmat ko‘rsatadi.
«Yutel Konnekt» yangi avlod mehmonxona biznesi joriy etilyapti. U aloqalarning 
faksimal, elektron va boshqa turlariga mo‘ljallangan (jadval 20). 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling