O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

 
 
 
6.2. Ishga aloqador turizm
 
Ishga aloqador turizm tashqi iqtisodiy aloqalar taraqqiyoti bilan chambarchas 
bog‘liq. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratish, boshqa mamlakatlar va xalqaro 


150 
ilg‘or tajribalaridan foydalanishga intilish, turli davlatlar ilmiy doiralari vakillari 
o‘rtasida aloqalarni kengaytirishda u muhim ahmiyat kasb etadi. 
Turizmning bu turi-turli kengashlar, kongresslar, simpoziumlarda ishtirok etish 
maqsadidagi safarlarni o‘z ichiga oladi. Bunday har bir xalqaro uchrashuvlarda 200 
dan 1000 nafargacha kishilar ishtirok etadi. Ko‘p hollarda ilmiy tadbirlar 
ishtirokchilarini ularning oila a’zolari ham kuzatib boradilar. Forum tashkilotchilari 
turfirma bilan birgalikda ularga to‘liq turistik dastur taklif qiladi. Ko‘pincha 
ishtirokchilarning o‘zlari mazkur shaharning diqqatga sazovar joylari bilan 
tanishadilar. Ilmiy tadbirlar tugagandan keyin esa mamlakat bo‘ylab turistik safarni 
amalga oshiradilar. 
Bir qator turistik firmalar yangi bozorlarni o‘rganish va savdo shartnomalari 
tuzish maqsadida biznesmenlarni guruh safarlarini tashkil etishga ixtisoslashadilar. 
Bunda turistik firma ko‘pincha biznesmenlarga faol yordam beradi. U yoki bu 
bozordgi ahvolni o‘rganadi, ehtimol tutilgan savdo sheriklari to‘g‘risida ma’lumotlar 
to‘playdi. Zarur iqtisodiy hujjatlarni taqdim etib, ishga aloqador uchrashuvlarni 
tashkil qiladi va h.k. 
Ishga aloqador safarlar chog‘ida eng yuqori individual klassda xizmat 
ko‘rsatish talab qilinishi mumkin: qimmat turadigan apartementga joylashtirish, kuni 
bo‘yi berkitilib qo‘yiladigan avtomobillar va h.k. Ishga aloqador tashriflar chog‘ida 
ko‘p talab qilinadigan xizmat – birinchi klass shinamlik va bir kishilik xonaga 
joylashtirish hisoblanadi. 
Iqtisodiy jihatdan ishga aloqador sayohat juda foydali. Chunki bu mavsumiy 
omillarga bog‘liq emas. Turistik mavsum avjida, ta’tillar chog‘ida u hatto hajm 
jihatdan biroz, qisqaradi. Muhimi, biznesmenlar safari reklamaga qo‘shimcha 
harajatlarni talab qilmaydi. Ko‘p darajada ular uchun tartib va band qilingan o‘rin-joy 
muddati to‘g‘risidagi axborotlar zarur. 
Ishga aloqador turizm shakllaridan biri – xalqaro ko‘rgazmalar va 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling