O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes – safar geografiyasi.
yarmarkalarga tashrif buyurish yoki ishtirok etish maqsadidagi safarlardir. Odatda
bunday tadbirlar ishtirokchilari uzoq muddatga jo‘nab ketadilar. Chunki bu faqat ko‘rgazma yoki yarmarka o‘tkazish bilangina bog‘liq bo‘lmasdan, ko‘rgazma stendlarini va boshqa uskuna jihozlarini yig‘ish, tuzish, tayyorlash ishlari bilan ham bog‘liq. Ishga aloqador turizmning tarkibiy qismi – bir xil kasbdagi ixtisoslashtirilgan guruhlar bilan safar uyushtirishdir. Bu eng yaxshi xodimlarni rag‘batlantirish sifatida ish beruvchi – korxona hisobidan o‘tkaziladi. Bunday sayohatlar dasturiga ilmiy markazlarda bo‘lish va sanoat korxonalari bilan tanishish, ilmiy – texnika sohasida mazkur mamlakatda erishilgan yutuqlardan xabardor bo‘lish, yangi texnologiyalar, tajribalarni o‘rganish, ishtirokchilar kasb malakasini oshirish kiritilgan. Keyingi yillar davomida ishga aloqador turizm muntazam ravishda sezilarli o‘smoqda. Rivojlangan mamlakatlar bu borada sport salmog‘ini oshirayotgani ham bejiz emas. Sport turlari zarur maxsus trassalar, ko‘targichlar, sport maydonchalari, uskunalar, inshootlar, rang-barang jihozlar bilan ta’minlanmoqda, Biznes – safar geografiyasi. Har yili dunyoda 100 mln. dan ziyod biznes – safarlar amalga oshadi. Ularning hududiy taqsimlanishi juda ham notekisligi bilan harakterlanadi. Turistik oqimlarning katta qismi xizmat maqsadlarida Yevropaga 151 yo‘naladi. Yevropa qit’asida ishga aloqador safarlarda biznesmenlar xizmat safari, kongresslar turlari, ko‘rgazma va yarmarkalarga borish, firmalar xodimlari uchun insentiv – turlar ustun turadi. Ishga aloqador turizmga harajatlar va kelishlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagan holda Yevropa asta-sekin turistik bozorning yetakchilik mavqiyeni yo‘qotmoqda. Ishga aloqador turizm o‘sish sur’atlari bo‘yicha u dunyoning boshqa hududlaridan orqada qolmoqda, qolganda ham ular o‘rtasida oraliq uzayib borayapti. Iqtisodiy pasayish sharoitida kompaniyalar qat’iy iqtisodiy siyosatga o‘tdilar. Ular xizmat safari sonini qisqartirdilar. Bir necha safarlarni bittaga birlashtirdilar. Ko‘pchilik masalalarni joyida hal etish uchun aloqalar tizimiga takomillashtirishlar kiritdilar. Joylashish vositalarida arzon bronlashtirishlarni qidirdilar, aviabiletlarni chegirma bilan sotib olaboshlashdilar. Yevropaliklardan farqli ravishda amerika firmalari moliyalashtirish, hajmini oshirib boradilar. Beqaror iqtisodiy aqvolga qaramay, ular safarlarning ishga daxldor qismiga harajatlarni ko‘paytirdilar. Biznesmenlar dam olishlari va ko‘ngil xushliklarni tashkil etish uchun tejamkorlik bilan ish ko‘rildi. Xizmat maqsadlarida sayohatga chiquvchi tipik erkak – bu o‘rta yoshdagi oliy ma’lumotli erkak malakali mutaxassis yoki rahbar xodim, ishga aloqador turizm uchun majburiy shartlardan biri albatta ingliz tilini bilish hisoblanadi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling