O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/197
Sana04.09.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1672564
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008 (1)

6.3. Diniy turizm
Diniy turizm tarixi. Hozirgi kunda xalqaro turizmning eng muhim 
tarmoqlaridan biri diniy ya’ni ziyoratchilik turizmi bo‘lib hisoblanadi. Diniy 
turizmning shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ya’ni uning ilk bor 
vujudga kelishi antik davriga to‘g‘ri keladi. Diniy turizmning asosiy paydo bo‘lgan 
maskanlari qadimgi greklar va rimliklar vatani bo‘lib hisoblanadi. Qadimda greklar 
va rimliklar ibodatxonalar va cherkovlar qurib, ularda sig‘inishganlar. Elladaning eng 
mashhur ibodatxonasi birinchi bor Delfax shahrida qurilgan. Ushbu ibodatxona butun 
greklar olamida eng mashhur va u guyoki har qanday savolga tangri nomidan qat’iy 
javob beruvchi karomatli kohin, sajdagoh maskani bo‘lgan. Rivotlarga ko‘ra, minglab 
darvishlar mana shu ibodatxonaga kelishib, o‘zlarini qurbon qiluvchi majusiylar 
ruxoniysi avliyo Pifining bashoratlarini tinglashganlar. 
O‘rta asrlar davriga kelib, diniy turizm migratsiyasi yangicha tus ola 
boshladi. Muqaddas diniy sajdagoh joylarga borib ziyorat qilib kelish ommaviy tus 


157 
olib, salb yurishlari kabi shaklga aylanib ketdilar. Ayniqsa, ziyorat qilish harakati XV 
asr oxiri va XVI asr boshlariga kelib eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Ziyoratchilik 
doirasining o‘sishi bilan birga uning turli oqimlari ham kuchaya bordi. Shu bilan 
birgalikda ziyoratchilar tarkibi ham xilma-xil bo‘lib, unda diniy etiqodga amal 
qiluvchi kishilar bilan bir qatorda, turli xil kasbkor, mansabdor, kishilar ham ishtirok 
etaboshlaganlar. Ziyoratchi-hojilar o‘rtasida oqsuyaklar, ritsarlar (olijanob odamlar), 
sayohatchilar, harbiylar, ijodkorlar, hukumat idorasi xodimlari, savdogarlar, 
qolaversa oddiy kishilar qatnashganlar.
XIX asrga kelib diniy turizm uyushgan holdagi shaklga ega bo‘la boshladi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, ziyorat qilib keluvchilar soni tobora ko‘paya borib, birgina 
Fransiyada 1861 yilda 300-400 ming kishiga yetgan. 1870 yil oxirlarida uyushgan 
holdagi ziyoratchilik oqimi Yevropaning Avstriya, Germaniya kabi bir necha 
mamlakatlarida ham keng rivojlana bordi.
Hozirgi kunga kelib, yer kurrasining turli xil mintaqalarida, ko‘p asrlar 
oldingi singari, diniy qadamjolarga borib sig‘inadigan sayyohlar soni tobora ko‘payib 
bermoqda. Har yili butun yer yuzasi bo‘yicha 200 mln. dan ortiq kishilar turli xil 
diniy haj safarlariga borib ziyorat qilib kelishadilar. Shulardan 150 mln. dan ortiq 
xristianlar, 20-30 mln. atrofida induistlar, 40 mln.dan ko‘proq musulmonlar, 
buddistlar, sintoistlar va boshqalar ishtirok etadilar. 
Ziyoratchilarning sayyohat qilishidan asosiy mahsadi aziz avliyo joylarga 
qadam ranjida qilishi, sig‘inish chog‘ida ruhiy jihatdan yengillashishi, ko‘ngillarning 
poklanishi, og‘ir kasalliklardan xolos bo‘lmoqligi, qilib quygan gunoh ishlarini 
ollohdan so‘rab kechirishlarini, safar chog‘ida safdoshlari bilan ma’naviy yaqinlikda 
bo‘lishni orzu-umid qilishadilar. Ziyoratchi sayyohlar safarga chiqishida o‘z orzu 
umidlariga erishish, yaratganga shukronlar aytib uning izzat hurmatini bajo 
keltirishni o‘z ko‘ngillaridan o‘tkazadilar. 
Hozirgi kunga kelib dunyoda ziyoratchilik sayyohligining 10 dan ortiq yirik 
markazlari mavjud bo‘lib, ular yer sharining deyarli hamma qit’alarida joylashgan:

Xristian Yevropasi; 

xristianlik va boshqa ko‘psonli dinlar bilan mustahkam o‘rin egallovchi 
Shimoliy Amerika; 

Xristianlik va an’anviy dinlar bilan Lotin Amerikasi; 

Islomni qabul qilgan Shimoliy Afrika; 

Islom hukmron va alohida xristianlik va an’anaviy dinlar mavjud G‘arbiy 
va Sharqiy Afrika; 

Buddizm, islom, xristianlik va hinduzimni egallagan Janubiy-Sharqiy 
Osiyo; 

Buddizm bilan (asosan lamaizm) mustahkamlangan Markaziy Osiyo; 

Islom hukmron O‘rta Osiyo; 

Islom va xristianlik, iudizm bilan mustahkamlangan G‘arbiy Osiyo; 

Iudizm va buddizm tarqalgan, shuningdek xristianlik, jaynizm, sikxizm va 
islam mavjud Janubiy Osiyo. 
Har bir makrohudud eng avvalo ziyoratning jahoniy markazlari bilan 
mashhur. Ular e’tiqodchilarning xalqaro oqimini qabul qiladilar va ko‘pincha diniy 


158 
ixtisoslashtirishning ma’muriy, sanoat, madaniy va turistik markazlari funksiyalari 
bilan qo‘shilib ketadilar. Bundan tashqari, makrohududlarda milliy va mahalliy 
ahamiyatga ega diniy sig‘inish ob’ektlari mavjud.
Yer sharida eng qadimiy va yirik diniy markazlardan biri Yaqin Sharqda 
joylashgan Iordaniya davlatining Iyerusalim (Quddus) shahri bo‘lib hisoblanadi. 
Iordan daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan ushbu hudud 1967 yil iyun oyida 
Isroil tomonidan bosib olingan. U hanuzga qadar Iordaniyaga qaytarib berilmasdan 
kelmoqda. 
Ma’lumki, Iyerusalim shahri uchta, ya’ni xristian, islom va iudaizm 
dinlarining kelib chiqishi va asoslanishi markazi bo‘lib hisoblanadi. U dunyodagi 
ibodat qilish markazlari o‘rtasida alohida o‘rinni egallaydi. Shaharning o‘tmish tarixi 
uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Bu yerda ilk bor iudaizm diniga e’tiqod qiluvchi 
monoteist (bir xudolik, ya’ni xudoni bitta deb biluvchi) din tarafdorlari, undan keyin 
xristian va islom dini kelib chiqqanligidan dalolat beradilar. 
Iyerusalim xristian diniga e’tiqod qiluvchilar uchun muqaddas shahar bo‘lib 
hisoblanadi. Shaharda eng yirik ziyorat qiluvchi joy bu-Voskreseniya (Qayta 

Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling