O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Harflarning shaklini tahlil qilish (genetik) usuli


Download 2.32 Mb.
bet46/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
3. Harflarning shaklini tahlil qilish (genetik) usuli.
Harf va uning (element) unsurlarini tahlil qilishni o’rganuvchi usul bo’lib, uni turlicha amalga oshirish mumkin.
Harflarni unsurlariga ajratib tahlil qilish, har bir harfning necha unsurdan tuzilganligini, har bir unsur qanday shaklga ega ekanligini, bu unsurlar boshqa harflar bilan bog'lanishda qanday ko'rinishga ega bo'lishini o'quvchilarga o’rgatiladi. Ammo soddalashtirilgan harflar alfaviti ko'p harflarni unsurlarga ajratmay, bir butun shaklda yozishni tavsiya etadi. Masalan, kichik b va f harflari unsurlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi.
Ayrim harflar bir necha unsurdan tashkil topgan bo'lib, ular bir butun shaklda yoziladi, ammo o'qituvchi uning nechta unsurdan iborat ekanligini faqat eslatib turishi mumkin. Masalan, kichik n va m harfining birinchi unsuri bir xil shaklga ega, ammo kichik n harfida bitta ilmoqli kichik tayoqcha bo'Isa, kichik m harfida ikkita ilmoqli tayoqcha bo'ladi.
Bu yerda faqat o'qituvchi harflarning nechta unsurdan tashkil topganligini eslatib o'tadi, xolos, yozishda esa bu harflar qo'l harakatini uzmasdan yozishni talab etadi.


4. Sanoq-ohang usuli
Sanoq-ohang usuldan foydalanishda o'qituvchi harf va uning unsurlarini sanash orqali yozdirib tushuntiradi. Bu usulni ayniqsa savod o'rgatish davrida keng qo'llash mumkin.
Sanoq-ohang usulining afzalligi shundaki, birinchidan, u harflarning tekis yozilishini ta'minlaydi va harf unsurlarining tushib qolishiga yo'l qo'ymaydi; ikkinchidan, sekin yozadigan o'quvchilarni tez va sinfdagi barcha o'quvchilar bilan barobar yozishga undaydi; uchinchidan, o'quvchilarga harakatlarni aniq va dadil bajarishni o'rgatadi; to'rtinchidan, sinfda darsni jonlantirishga yordam beradi.
Ammo bu usuldan butun dars davomida foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki o'quvchilar charchab, yozuv sifatini pasaytirib yuborishlari mumkin.
Sanoq-ohang usulini qo'llashda, asosan, harflarning asosiy unsuri «bir», «ikki», «uch» deb sanab boriladi, yordamchi ulash unsuri esa «va» deb bog'lanadi.
Masalan, kichik m harfini yozishni quyidagicha mashq qilish mumkin.
Sanoq-ohang usulini qo'llashda harf yoki unsurlar avval sanoqsiz yoziladi, so'ngra sanoq bilan yozdiriladi.
Shuningdek, bu usul bilan yozishda dastlab sekinroq, keyinchalik uni tezlashtirib yozib ko'rsatiladi.
Sanoq-ohang usulidan bo'g'in, so'z va gaplarni yozdirishda ham foydalanish mumkin.



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling