O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Harflarni bir xil balandlikda yozish usuli


Download 2.32 Mb.
bet47/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   119
5. Harflarni bir xil balandlikda yozish usuli.
2 -sinfning III choragidan boshlab o’quvchilar katta yo’lli,bir chiziqli daftarda yoza boshlaydilar. Bu davrda harflarni bir xil balandlikda1-sin(kichik harflar 3 mm, bosh harflar 6-7 mm) yozish talab etiladi.Ilgari kichik-ikki chiziqli daftarga yozib o’rgangan o’quvchi katta yo’lli daftarga yozishda qiynaladi va dastxati buzila boshlaydi. Bu davrda harflarni bir xil balandlikda chamalab yozish talab etiladi,ya’ni kichik harflar balandligi 3mm, bosh harflar balandligi 6mm.Chunki bir chiziqli daftarda harflarning balandligini belgilovchitekshiruv chiziqlar yo’q.Chamalashda bir chiziqli daftarni teng uch qismga bo’lib,uchdan bir qismiga kichik harflarni,uchdan ikki qismiga esa bosh harflarni yozish talab etiladi:


iii iii iii iii iii iii
Bir chiziqli daftarga chamalab yozish ancha murakkab jarayon,shuning uchun o’qituvchi o’quvchilarning dastlabki davrdagi yozuv mashqlarini kuzatib borishi lozim.
6.Xatolar ustida ishlash
Bu usulni qo'llashdan maqsad har bir o'quvchini o'z xatosini mustaqil topa olishga va uni tuzatishga o'rgatishdir.
O'quvchilarning o'z yozuvlaridagi harflarning to'g'ri yoki noto'g'riligini, qiyaligini, baland yoki past yozilganligini tekshirib chiqish topshiriladi. O'quvchilar navbati bilan o'zlari yo'l qo'ygan kamchiliklarni aytib beradilar, ayrim o'quvchilarga o'qituvchi yordam beradi.
Undan tashqari, o'quvchilar o'z kamchiliklarini yozuv daftarida yoki «Husnixat» kitobida berilgan namunaga qarab taqqoslash orqali ham tuzatishlari mumkin.
Ko'pchilik o'quvchilarning takrorlangan bir xildagi xatolarini o'qituvchi doskada tahlil qilib, uni qanday tuzatish yo'llarini ko'rsatib beradi.
O'quvchilarni chiroyli yozuv texnikasiga o'rgatish
Birinchi sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo'lib, u bir necha davrlarga bo'linadi va bir necha xil vazifalarni o'z ichiga oladi. Bolalar o'qituvchining ko'rsatmasiga asosan, doskaga yozgan harf va so'zlarni ko'rib boradilar, so'z va bo'g'inlarni tahlil qiladilar, nuqtachalar bilan ifodalangan harflarning ustidan bo'yaydilar.
O'quvchilarni yozdirishga o'rgatishdan avval to'g'ri o'tirish qoidalarini tushuntirib berish shart. Shu bilan birga o'qituvchi butun dars davomida o'quvchilarga to'g'ri o'tirish qoidalarini eslatib turishi lozim.
O'quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish uyg'otish birinchi navbatda o'qituvchiga bog'liq.
Boshlang'ich sinf dasturining so'nggi bosqichida yozuvga o'rgatish o'qish darsi bilan yozuv darsini chambarchas bog'lashni maqsad qilib qo'yadi. O'qish darslarida o'quvchilar tovush hamda bosma harflar bilan tanishtirilsa, tovush va harflarni analiz va sintez qilish orqali ularning nutqi o'stiriladi. Shu kabi yozuv darsi ham o'zining ayrim alohida xususiyatiga ega. Masalan, o'quvchilar o'qish darsida alifbe kitobidagi tayyor bosma harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsalar ko'rinmaydi. Har bir harf va uning unsurini o'quvchining o'zi namunaga qarab bajarishi shart. Harf va uning unsurlari orasidagi masofalarni to'g'ri saqlash hamda daftarga bir tekis yozish endigina yozishga o'rganayotgan o'quvchi uchun qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o'rgatish o'z navbatida quyidagi qator tushunchalarni bilishni talab etadi. Masalan, «baland-past», «bir xil», «keng-tor», «yaqin-uzoq», «yuqoriga», «teng», «teng bo'lmagan masofa», «to'g'ri-qiya», «chapga-o'ngga» va hokazo.



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling