O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


II. Yozuvga o’rgatishda qo’shimcha usullar


Download 2.32 Mb.
bet48/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119
II. Yozuvga o’rgatishda qo’shimcha usullar
7 . Nusxa ko'chirish
Bu usulni harf shaklini to'g'ri tasavvur eta olmaydigan, yozishda daftar chiziqlaridan pastga tushib yoki chiqib ketadigan o'quvchilar uchun qo'llash mumkin.
Masalan, bir o'quvchi B harfini yozishda xatoga yo'l qo'yayotgan bo'lsa, o'qituvchi ularni nuqtalar bilan ifodalab, daftarga qalamda yozib ko'rsatadi, o'quvchi esa uning ustidan siyoh yurgizib chiqadi. Bu usul o'quvchining shu harf haqidagi tasavvurini kengroq shakllantiradi.
Ayrim hollarda nuqtalar ifodalangan harflar orasini kengroq tashlab, ular orasida mustaqil mashqlarni ham tashkil etish mumkin. Shundagina o'quvchi shu harfning yozilishi haqida to'liq tasavvurga ega bo'ladi.
Ayrim o'qituvchilar chiroyli yozuvga o'rgatishning dastlabki davrlarida o'quvchilarni harf va uning unsurlari haqida turli tasavvurga ega qilish uchun yupqa xitoy qog'oz (kalka)dan ham foydalanadilar.
Bunday mashqlar faqat qo'l harakatini o'stirish uchun yordam beradi, xolos. Uzoq muddat bunday usulda yozgan bolalar harflarning shaklini mustaqil yoki namunaga qarab yozishda qiynaladilar. Shuning uchun nusxa ko'chirish usulidan faqat yakka-yakka mashq qilishda foydalanish lozim.
8. Tasavvur orqali yozish
Tasavvur qilish orqali havoda harflarning shaklini yozdirib mashq qildiriladi. O'qituvchi doskada yozib ko'rsatgan harf yoki bog'lanishlarni o'quvchilarga qanday qilib yozishni, ruchkaning havoda harakatini ko'rsatib, o'quvchilar tasavvur hosil qilganlaridan so'ng daftarga yozishga ruxsat etiladi. Bunday mashqlar o'quvchilarning qizi-qishlarini o'stiradi hamda jismoniy mashqlarni ham bajarish imkonini beradi.
Ammo o'qituvchi bu usuldan foydalanishda sinfdagi barcha o'quvchilarning qo'l harakati qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bir vaqtda tekshira olmaydi, bir necha o'quvchinigina kuzatib, tegishli ko'rsatma bera olishi mumkin.
Nusxa ko'chirish, tasavvur orqali yozish chiroyli yozishga o'rgatishda yordamchi usullardir.



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling