O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.32 Mb.
bet45/119
Sana05.09.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1672830
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119
Namunaga qarab yozish



Namunaga qarab ko'chirib yozish



Harflarning shaklini tahlil qilish (genetik)



Sanoq-ohang (ritmik)



Harflarni bir xil balandlikda yozish



Xatolar ustida ishlash



Nusxa ko'chirish (yordamchi)



Tasavvur orqali yozish (yordamchi)

I.Yozuvga o’rgatish uslublari




1.Namunaga qarab yozish
Chiroyli yozuvga o'rgatishning eng asosiy usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko'rsatish va yozdirishdir. O’qituvchi har bir harf namunasi doskada barcha o'quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki o'quvchilarning daftariga (qizil rangli ruchka bilan) yozib (namuna) ko'rsatishi lozim. O'quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarini (harf, bo'g'in, so'zlar) o'z daftarlariga to'g'ri aks ettirishdir.
Doskada yozib ko'rsatilayotgan har bir harf barcha o'quvchilarga aniq ko'rinib turishi shart, agar ayrim o'quvchilar uni ko'ra olmagan bo'lsalar, qaytadan takrorlab ko'rsatish lozim. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bog'lanishini ko'rsatish, vaqtida qayta-qayta takrorlash juda muhimdir.
O'qituvchi tomonidan har bir harf yoki harflarning bog'lanishi, og'zaki yoki doskada tushuntirish orqali, qo'lni qayerga qo'yish kerakligi, qayerda qo'l harakatining burilishi va qayerda bu harakat uzilishi talab etilishi, harflarning baland-pastligi qay darajadaligi kabilar ko'rsatmalar orqali tushuntiriladi.
Keyinchalik o'quvchilar ham u yoki bu harfning yozilishini o'qituvchi bayon etgan tarzda tushuntirib beradilar.


2. Namunaga qarab ko'chirib yozish
Namunaga qarab ko’chirib yozish usulida o'quvchilar arflarning shaklini «Husnixat» kitobidagi yoki «Yozuv daftari»dagi namunaga qarab ko'chirib yozadilar.
Namunaga qarab ko'chirib yozish tayyor harflarning ustidan yozishga nisbatan ancha murakkab bo'lib, ularning har ikkalasini qaysi vaqtda qo'llashni o'qituvchi yaxshi bilishi kerak.
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo'lni yurgizib mashq qilish ixtiyorsiz jarayon bo'lib, o'quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar. Masalan, O bosh harfi quyidagicha mashq qildiriladi:
O'quvchilarning daftarlarida o'qituvchi tomonidan yozib ko'rsatilgan har bir namuna chiroyli va aniq yozilishi lozim.
«Husnixat» darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o'qituvchining vaqtini tejaydi hamda unumli ishlash uchun imkoniyat yaratib beradi. Buning uchun har bir o'quvchining oldida darslik bo'lishi lozim.



Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling