O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 Kriptovalyutalar turlari va tavsiflari


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
1.4.4. Kriptovalyutalar turlari va tavsiflari 
Bugungi kunda mavjud bo‗lgan har bir kriptovalyutaning kapitalizatsiyasini 
kuzatishga imkon beradigan servis - CoinMarketCap ma‘lumotlariga ko‗ra, hozirgi 
vaqtda jahonda 1607 dan ortiq raqamli pullar mavjud. Kriptovalyutalar bozorining 
2019 yildagi umumiy kapitalizatsiyasi $194 839 570 114 ni tashkil etdi. 


39 
4.1-jadvalda kriptovalyutalar bozor kapitalizatsiyasining top-20 ligi 
keltirilgan.
4.1-jadval 
Kriptovalyutalarning bozor kapitalizatsiyasi bo‗yicha reytingi 
№ 
Nomi
Bozor
Kapitalizatsiyasi 
Narxi

Bitcoin
 
$136 105 069 616 
$7 522,84
 

Ethereum
 
$16 309 633 049 
$149,83
 

XRP
 
$9 870 579 977 
$0,228033
 

Tether
 
$4 114 267 548 
$1,00
 

Bitcoin Cash
 
$3 867 091 990 
$212,98
 

Litecoin
 
$2 903 018 360 
$45,50
 

EOS
 
$2 575 365 114 
$2,73
 

Binance Coin
 
$2 434 892 051 
$15,65
 

Bitcoin SV
 
$1 734 811 633 
$96,01
 
10 
Stellar
 
$1 117 259 603 
$0,055710
 
11 
Tezos
 
$1 060 449 306 
$1,61
 
12 
Cardano
 
$992 605 936 
$0,038285
 
13 
TRON
 
$969 483 653 
$0,014539
 
14 
Monero
 
$935 158 825 
$53,91
 
15 
UNUS SED LEO
 
$912 355 831 
$0,912813
 
16 
Cosmos
 
$739 163 445 
$3,88
 
17 
Chainlink
 
$721 086 740 
$2,06
 
18 
Huobi Token
 
$682 227 614 
$2,83
 
19 
NEO
 
$633 598 884 
$8,98
 
20 
IOTA
 
$578 086 795 
$0,207980
 
 
Manba: [31] 
Eng mashhur va ishonchli kriptovalyutalar tavsifini ko‗rib chiqamiz. 
Bitkoin 
 
 
Bitkoin – eng mashhur bo‗lgan kriptovalyuta. O‗zining paydo bo‗lishi bilan 
Bitkoin barcha boshqa o‗xshash valyutalarning rivojlanishiga asos soldi. 
Uning asoschisi – o‗zini Satoshi Nakamoto deb ataydigan dasturchilarning 
yashirin guruhidir. Ta‘kidlash joizki, Bitkoin yaratuvchilari o‗z ishlanmalarining 
ochiq kodini qoldirganlar, bu esa boshqa mutaxassislarga ushbu asosda 
kriptovalyutalarning yangi turlarini yaratishga imkon berdi. 
Uning asosiy tavsiflarina quyidagilar kiradi: 


40 
 Bitkoin R2R texnologiyasidan foydalanadi; 
 Bitkoin biron bir nazorat qiluvchi organsiz yoki markaziy banksiz faoliyat yuritadi; 
 Tranzaksiyalarni qayta ishlash va emissiya tarmoq ishtirokchilari tomonidan jamoa 
bo‗lib amalga oshiriladi; 
 Bitkoin ochiq dastlabki kodga ega; 
 Uning tuzilishi butun dunyoga ma‘lum, hech kim Bitkoinga egalik va nazorat 
qilmaydi. Hamma tarmoq ishtirokchilari bo‗lishi mumkin. O‗zining noyob 
xossalari tufayli Bitkoin mashhur to‗lov vositasiga aylandi.
Bitkoin emissiyasi 21 mln dollar miqdor bilan cheklangan. 
Ethereum 
Ethereum – bu markazsizlashtirilgan va aqlli kontraktlar 
bazasida ishlaydigan ilovalar blokcheyni asosidagi markazsizlashtirilgan onlay-
servislar yaratish uchun platformadir. YAgona markazsizlashtirilgan virtual 
mashina sifatida amalga oshirilgan. 2013 yilda Bitcoin Magazine jurnali asoschisi 
Vitaliy Buterin tomonidan taklif etilgan. 
Ethereum ochiq platforma bo‗lib, blokcheyn texnologiyasini tadbiq etishni 
soddalashtiradi, bu esa Microsoft, IBM va Acronis kabi dasturiy ta‘minot yirik 
ishlab chiquvchilari qiziqishlarini tushuntiradi. Ethereum ning asosiy farqlaridan 
biri – uning ochiqligidir. Ethereum ni yaratish uchun qo‗llanilgan til har qanday 
dasturiy ta‘minot yozish uchun va har qanday mavjud bo‗lgan dasturlash tillarini 
qo‗llagan holda foydalanilishi mumkin. 
Boshqa kriptovalyutalardan farqli o‗laroq, Ethereum faqat to‗lovlar bilan 
cheklanmay, balki, masalan, resurs almashish yoki aqlli kontraktlar yordamida 
aktivlar bilan bo‗lgan bitimlarni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun vosita sifatida 
qo‗llanadi. Ilova tuzilmasi ishonchliligi tufayli, u eng ma‘suliyatli sektorlarda 
qo‗llanilishi mumkin, xoh bu transport sektori yoki sog‗liqni saqlash sohasi 
bo‗lsin.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling