O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


 1 Global moliya tizimida blokcheyn va kriptavalyutalar


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
2. 1 Global moliya tizimida blokcheyn va kriptavalyutalar 
Sanoat 4.0 rivojlanishi bilan bir vaqtda iqtisodiyotning moliya sektoriga faol 
ta‘sir ko‗rsatayotgan yangi raqamli texnologiyalar paydo bo‗lmoqda. So‗z mobil 
internet, ―bulutsimon‖ hisoblashlar, katta ma‘lumotlar, mashinani o‗rganish va 
sun‘iy aql, shuningdek, ular asosida raqamli valyutalar va muqobil to‗lov 
tizimlarini yaratish haqida bormoqda. Ikkinchisiga global moliya tizimini inqilob 
qilish va hatto jahon tartibini o‗zgartirish bashorat qilindi. Biroq, ko‗plab umidlar 
xom xayol bo‗lib chiqdi va raqamli valyutalar atrofidagi shov-shuvlar 
manipulyasiya, chayqovchilik va tashviqot uchun vosita bo‗lib xizmat qildi. 
Raqamli valyutalar, moliyaviy sektorda kutilayotgan katta o‗zgarishlarning oldida 
turib, o‗z vaqtidan o‗zib ketganligini taxmin qilish mumkin.
Kriptovalyutalar asosi – blokcheyn va bir darajali tarmoqlar texnologiyalari 
bo‗lib, ular emissiya, raqamli aktivlar almashinuvi uchun qo‗llaniladi va tobora 
ko‗proq muhandislar va moliyachilar tomonidan optimizm bilan idrok etiladi. 
Buning sabablari ko‗p, ya‘ni: blokcheynni ilgaridan mavjud bo‗lgan texnik bazada 
amalga 
oshirish 
imkoniyati 
(buning 
uchun 
superkompyuterlar 
va 
superinvestitsiyalar kerak emas); uning qo‗llanilishi universalligi (kriptovalyutalar 
– yo‗nalishlardan biri xolos). 
So‗nggi yillarda blokcheyn texnologiyasiga bag‗ishlangan ko‗plab nashrlar 
mavjud. Biroq ular yoki umumiy xarakterga ega – birgalikda blokcheynni 
muvaffaqiyatli targ‗ib etishga yordam beradigan iqtisodiy institutlar taraqqiyoti, 
huquq me‘yorlari va texnologiyalar masalalari har doim ham tizimli ko‗rib 
chiqilmaydi. Yoki hududiy jihatlarga (masalan, Xitoy iqtisodiyotiga) e‘tibor 
qaratiladi. Yoki ular ushbu texnologiyaning sof sanoat muammolarini aks ettiradi. 
Lekin sanoatda blokcheynni joriy etish - bu bir narsa, va boshqasi - moliya va 
banklar sohasida joriy etish. Ko‗p jihatdan, blokcheyn texnologiyasining paydo 
bo‗lishi tufayli, rivojlanayotgan, yangi sanoat bilan o‗xshashlik bo‗yicha Moliya 
4.0 deb nomlangan moliyaviy tizim tasavvurlari haqida aniqroq fikr paydo bo‗ldi. 
Moliyaviy tizimlar har doim iqtisodiyot va bazaviy ishlab chiqarish 
texnologiyalari bilan o‗zaro bog‗liqlikda rivojlanib, ular bilan birgalikda bir qator 


44 
bosqichlardan o‗tdilar. Moliya 1.0 vujudga kelishi 1668 yilda birinchi markaziy 
bank yaratilishi bilan ramziy ravishda bog‗liqdir. Moliya 2.0 paydo bo‗lishi (XIX 
asr oxiri - XX asr boshlari) sanoat ishlab chiqarishining va aholining iste‘mol 
darajasi yuksalishi fonida kredit va fond bozorlarining o‗sishi bilan izohlanadi. 
O‗sha davrda moliyaning ichki tuzilishi o‗zaro ta‘sirlashuvchi tomonlar sonining 
o‗sib borishi va regulyatorlar rolining mustahkamlanishi tufayli yanada 
murakkablashdi. IBM meynfreymlarida moliyaviy tranzaksiyalarni hisobga olishni 
avtomatlashtirish ushbu davrning oxirlariga to‗g‗ri keldi. 
Moliya 3.0 shakllanishi (XX asr 80-90-yillari - XXI asr birinchi o‗n yilligi) 
ishlab chiqarish, savdo-sotiq va moliyaning yanada globallashuvi sharoitida sodir 
bo‗ldi. Ushbu bosqichga birjadan tashqari moliyaviy tarkibiy qismlari – 
regulyatorlar nazorati sohasidan tashqarida bo‗lgan va natijada jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz sabablaridan biri bo‗lib xizmat qilgan shaffof bo‗lmagan 
vositalarning yuksalishi to‗g‗ri keldi. Inqirozning birinchi to‗lqinlaridan so‗ng 
regulyatorlar pozitsiyasi yanada qat‘iy bo‗ldi. Bu davrda FATF (pullarni 
o‗zlashtirishga qarshi kurashish bo‗yicha moliyaviy choralar ishlab chiqish guruhi) 
yaratilib, ofshorlar bilan kurash boshlanadi. Axborotlashtirish sohasida mijoz-
server arxitekturasi (meynfreymlar inqirozi) mashhur bo‗lmoqda va Internet jadal 
o‗smoqda. 
Moliya 3.0, ―o‗yin qoidalari‖ murakkablashuvi va texnikaning keskin 
taraqqiyotiga qaramasdan, moliyaviy menedjmentning an‘anaviy (Moliya 2.0 
davrlaridan deyarli o‗zgarishsiz) muolajalariga asoslangan. Tranzaksiyalarni 
amalga oshirish buxgalterlik hisobi va moliyaviy hisobotga tayanadi. Monitoring
xavfli menedjment, audit va komplaens uncha avtomatlashtirilmaydi va ko‗pgina 
konservativ muolajalardan iborat bo‗ladi. Bunda qaror qabul qilish tezligi va sifati 
yangi sanoat davri tabiatiga mos kelmaydi, unda (ehtiyojlari oshib, murakkablashib 
borayotgan) odamlar bilan bir qatorda moliyaviy faoliyatni milliardlab kibertabiiy 
tizimlar amalga oshiradi (avtonom ―bot‖ dasturlaridan buyumlar Interneti 
moslamalarigacha). Mastercard fikriga ko‗ra, aynan raqamli bank xizmatlarining 
past ochiqligi iqtisodiy o‗sish to‗xtashi va muvozanatsizlik sabablaridan biri 
hisoblanadi.
Moliya sohasidagi (Moliya 4.0) eng yangi o‗zgarishlar kriptovalyutalardan 
pullarni tartibga solishning mavjud mexanizmlarni ―buzish‖ va dunyoda 
shakllangan pul hokimligi balansini o‗zgartirish (XXІ asr ikkinchi o‗n yilligi) 
uchun foydalanib ko‗rishlardan boshlandi. Moliyaviy faollik (balki hokimlik ham) 
vaqt o‗tishi bilan hisoblash quvvatlarga proporsional ravishda jahonda qayta 
taqsimlanadi, deb taxmin qilish mumkin. Birinchi raqamli valyutalar buning 
darakchilari bo‗ldi. SHu bilan birga, moliyaviy axborot almashish va saqlash 
an‘anaviy korporativ buxgalteriyadan ―bulutsimon‖ saqlash joylariga muqarrar 


45 
ketib, u erda uni qayta ishlash va xavfsizlik strategiyalari muolajalari mutlaqo 
boshqacha tuzilgan. Hozirgi bank amaliyotlari ularning ―kun hujjatlari‖ bilan bu 
asnoda anaxronizm bo‗lib ko‗rinadi. 
Bo‗lajak moliyaviy tizimdan uning moliya xizmatlarining dinamikligini, turli-
tumanligini va ochiqligini oshirishi, ularni avtomatlashtirishi va to‗lovlar, 
investitsiyalar, omonatlar va sug‗urtalashning yangi vositalarini yaratishini 
(keyingisi hozirgi ko‗rinishdagi pension tizimning inqirozini hisobga olgan holda 
juda muhimdir), global moliyalar faolligi markazini derivatlar bilan bo‗lgan 
chayqovchilikdan real investitsiyalarga qadar siljitishi va, ehtimol, iqtisodiy 
tengsizlikni bartaraf etishi kutilmoqda. McKinsey tadqiqotlariga ko‗ra, yangi 
raqamli texnologiyalar, shu jumladan, blokcheynning targ‗ib etilishi Moliya 4.0 
doirasida iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar YAIM ni 6% ga oshirishi va 
butun dunyo bo‗yicha 95 mln yangi ish joylarini yaratishga olib kelishi mumkin. 
Moliya 4.0 allaqachon mobil, yuqori intellektual va avtonom texnologiyalar 
asosida shakllanmoqdaki, ular hozircha bank sektoridan tashqarida vujudga kelib, 
asta-sekinlik bilan unga kirib bormoqda. Ko‗rinib turibdiki, yangi tizim ko‗p qutbli 
bo‗lib, u nafaqat fiat, balki raqamli valyutalarni ham o‗z ichiga olib, u erda 
to‗lovlar sub‘ektlari ham odamlar, ham kimsasiz kibertizimlar bo‗ladi. Banklarning 
hozirgi holatida innovatsiyalarni faol rivojlantirayotgan ishbilarmonlik muhitining 
ehtiyojlaridan orqada qolishi raqamli valyutalarga (erkin alternativ sifatida) 
qiziqishning oshishiga va ular uchun umidlarning kuchayishiga sabab bo‗ldi. 
SHunday bo‗lsa-da, raqamli valyutalar va bir darajali tarmoqlardagi to‗lovlar 
mukammalashishda davom etmoqda, va bu o‗zgarishlarga moslashmagan holda, 
bank sektori yana bir inqirozga duch kelishi mumkin, deb taxmin qilish mumkin. 
Biroq, bunday xavfga qaramasdan, ko‗pgina banklar blokcheyn-loyihalarga 
nisbatan oligopolistik raqobat uchun an‘anaviy bo‗lgan ―yo‗q qilish uchun qo‗llab-
quvvatlash‖ strategiyasini (embrace, extend, extinguish) qo‗llashadi. Alohida 
o‗yinchilar, keyinchalik ko‗rsatilganidek, ushbu texnologiya bilan bo‗lgan ―qum 
maydonchasi‖ dagi ehtiyotkorona tajribalarni, o‗zlarining asosiy bizneslaridan 
uzoqlashgan holda, moliyalashtirmoqdalar. Faqatgina ayrim moliyaviy vositachilar 
blokcheynni amaliyotda joriy etishga harakat qilmoqdalar. Bu erda muammo 
nafaqat an‘anaviy qog‗ozbozlikni konservalashtirishga intilgan banklarda, balki 
ko‗p qutblilikka har turda qarshi turgan regulyatorlarda hamdir. 
Blokcheyn – bu Moliya 3.0 ning tor joylarini bartaraf eta oladigan istiqbolli 
texnologiyalar stekining faqat birgina, ammo juda muhim qismidir. Blokcheyn 
biznes-hamkorlarga yuqori darajadagi ishonchlilik va maxfiylik bilan birgalikda 
umumiy ma‘lumotlarga kirishni kafolatlaydi. Bu tariqa axborot almashinuvi va 
tekshirishning, hamda uni qayta ishlashda kechikishlarning ortiqcha bosqichlarini 
bartaraf etadi. 


46 
O‗z-o‗zicha blokcheyn, ko‗p qutbli dunyoda buxgalteriya bilan cheklanib 
qolmaydigan moliyaviy axborot manbalarini ―choksiz‖ birlashtirib, kiber-
xavfsizlikni (ayniqsa, virtual ―bulutsimon‖ tizimlarda) ta‘minlashi, komplaensni 
tezlashtirishi va avtomatlashtirishi, xujjatlar aylanmasini va xatolar manbai 
sifatidagi inson omili ta‘sirini qisqartirishi mumkin. YA‘ni, pirovard natijada 
yo‗qotishlar xavfini kamaytirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va kapital 
aylanmasini oshirishi mumkin. Bank sektori blokcheynni joriy etish hisobidan 
operatsion xarajatlarning 27% gacha tejashi kutilmoqda. 
Shunisi muhimki, blokcheyn menedjmentning qiymat tizimini o‗zgartiradi. 
Endilikda agar ishonch muvaffaqiyat va xatolar uchun mas‘ul bo‗lgan rasmiy 
tekshirish tartibiga asoslangan bo‗lsa, va axborotning o‗zining qiymati byurokratik 
muolajalar ortida yashiringan bo‗lsa, keyin blokcheyn kelishi bilan, kod ochiqlik 
va xavf bo‗lishi mumkin bo‗lmagan ma‘lumotlar mavjudligi oldinga chiqadi 
(Deloitte buni ―haqiqat demokratiyalashuvi‖ deb ataydi). Bunda audit va 
komplaens matematik funksiyalar o‗xshashligiga aylanib, ular axborotni faqat 
o‗zgartiradi (aks ettiradi), lekin uning mazmuni va haqiqiyligini almashtirmaydi, 
yomon ta‘sir qiladigan effektlar yaratmaydi, va buning hisobiga taqsimlangan 
tizimlarda osonroq avtomatlashadi va masshtablashtiriladi. Buning natijasida bank 
sektori kam arxaik va ko‗proq innovatsion bo‗lishi mumkin. Lekin amalda 
bularning barchasini amalga oshirish juda qiyin, bu esa ko‗p ishlarni, jumladan, 
tadqiqotlarni talab qiladi.
O‗zini tekshirish uchun savollar 
1. Moliya 4.0 deb nomlananmoliyaviy tizim nima? 
2. Moliya 1.0 qachon vujudga kelan? 
3. Moliya 2.0 qachon paydo bo‘lgan? 
4. Moliya 3.0 qachon shallangan? 
5. Moliya 4.0 va blocheyn texnologiyalarining o‘zaro bog‘liqligi/ 
6. Bank setorida blokcheynni joriy qilish orqali operatsion xarajatlarni 
qancha tejash mmkin? 
7. Delotte (haqiqat demoratiyasi) nima? 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling