O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/141
Sana11.09.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1675683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



1 BOB. BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI 
1.1. Xesh-funksiyaning asosiy tushunchalari 
1.2. Tranzaksiyalar 
1.3. Blokcheyn texnologiyasi 
1.4. Kriptovalyutalar texnologiyasi 
 
 
Blokcheyn 
texnologiyasini 
xesh, 
xesh-funksiya 
va 
xesh-summa 
tushunchalarisiz tushunish imkonsiz. Ko‗pgina adabiyot manbalarida blokcheyn 
tushunchasi, birinchi navbatda, markazsizlashtirilgan tarmoqlar bo‗yicha 
taqsimlangan anonim tranzaksiyalar ro‗yxatlari sifatida ko‗rib chiqiladi. Blokcheyn 
shunday strukturaga ega bo‗lsa ham, blokcheyn texnologiyasi asosi -
markazsizlantirish va anonimlik emas, balki kriptografiyaning o‗zidir. 
Blokcheyn tarmog‗idagi barcha kommunikatsiyalar kriptografiya tamoyillari 
bo‗yicha faoliyat yuritadi, ya‘ni ma‘lumotlar bazasiga har qanday o‗zgartirish 
kiritish haqiqiyligi tekshiriladi, soxtalashtirish imkonsiz, barcha axborot 
yuboruvchilar va oluvchilar identifikatsiya qilinadi, tarmoqqa yangi blokni 
sanksiyasiz qo‗shishning iloji yo‗q. 
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari 
 
Kriptografiyaning asosiy vazifasi – axborotni o‗zgartirishlardan va uni 
saqlash hamda yuboruvchidan oluvchiga uzatish jarayonida sanksiyasiz kirishdan 
himoya qilishdir. Bunga ma‘lumotlarni saqlash, ishlov berish va almashish 
tizimida quyidagi elementlardan foydalanish yo‗li bilan erishiladi: 

Kriptografik kalitlar – belgilarning muayyan qoidalar bo‗yicha tartibga solingan 
tasodifiy ketma-ketligidir. Har bir kalit noyob bo‗lib, belgilar ketma-ketligi hech 
qachon takrorlanmaydi. Kalit bitta foydalanuvchiga yoki foydalanuvchilar 
guruhiga qarashli bo‗lishi mumkin. 

Maxfiylik siyosati (konfidensiallik) – maxsus algoritmlar va shifrlash usullari 
(simmetrik va asimmetrik), abonentlarning o‗zaro autentifikatsiyasi (parollar bilan 
almashish), raqamli sertifikatlar va imzolar, va hokazolardan foydalanish hisobiga 
erishiladi. 

Uzatiladigan ma‟lumotlar yaxlitligi va haqiqiyligi shifrlash orqali saqlanadi
elektron imzo bilan tasdiqlanadi.  

Autentifikatsiya – tizimning faqat qonuniy ishtirokchilari o‗rtasida aloqani 
o‗rnatish, buzib kirishlardan himoya. Tizimga kirishga ruxsat olish uchun abonent 
tekshiruvdan o‗tib, o‗zining foydalanuvchi huquqlarini tasdiqlashi lozim. 

Ma‟lumotlarni shifrlash – shunday fundamentki, unda ma‘lumotlarni himoya 
qilishning butun tizimi quriladi. SHifr – bu dastlabki ma‘lumotning uni taqdim 
etishning boshqa shakliga o‗zgarishidir, lekin barcha dastlabki ma‘lumotlarni 



saqlagan holda. Shifrsizlantirish – dastlabki xabarni shifrlash kaliti yordamida 
tiklash.  
Kriptografiyaning yuqorida ko‗rsatilgan elementlari asosida xesh-funksiya 
yotadi. 
 
Xesh-funksiya (ingl. hash – «aralashma‖) – muayyan algoritm bilan 
bajariladigan, ixtiyoriy uzunlikdagi kirish ma‘lumotlari massivini belgilangan 
uzunlikdagi chiqish satriga o‗zgartirishni amalga oshiradigan funksiya. 
Hozirgi vaqtda xesh-funksiyalar mexanizmi amaliyotda juda keng 
qo‗llaniladi. 
Xesh-funksiyalar yordamida quyidagilar amalga oshiriladi: 

Ma‘lumotlar yaxlitligini tekshirish (o‗zgartirishlarni topish); tekshirish mohiyati 
xesh-kodni saqlash va o‗sha ma‘lumotlar uchun takror hisoblab chiqarilgan xesh-
ma‘noning etaloni bilan keyingi taqqoslashdan iborat. Taqqoslanadigan 
kattaliklarning tengsizligi yaxlitlikning buzilishini bildiradi. 

Autentifikatsiya tizimlari. Parollar xeshlantirilishi qo‗llaniladi. 

Elektron raqamli imzo (ERI) yaratish va tekshirish; xesh-funksiyalar mexanizmi 
imzoni generatsiya qilish va tekshirish uchun zarur bo‗lgan vaqtni kamaytirish
hamda imzo uzunligini qisqartirish uchun qo‗llaniladi. 

Blokcheyn texnologiyasi va Bitkoin kriptovalyutalari. 
Xesh-funksiya amalga oshiradigan o‗zgartirish xeshlashtirish deb ataladi. 
Dastlabki ma‘lumotlar kirish massivi, “kalit” yoki “xabar” deb ataladi. 
O‗zgartirish natijasi (kirish ma‘lumotlari) “xesh”, “xesh-kod”, “xesh-summa” deb 
nomlanadi.
Kriptografik xesh-funksiya so‗z (yoki ma‘lumotlar) larni olib, ularni harf va 
raqamlardan iborat satrga aylantiradi: 
4.1-rasm. Axborotni xeshlashtirish sxemasi 
Hosil bo‗lgan satr xesh deb ataladi. 
Xeshlar 256 bit yoki 64 belgidan iborat bo‗ladi: 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling