O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
BLOKCHEYN VA KRIPTOVALYUTA TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‗zini tekshirish uchun savollar
Mashhur xesh-funksiyalar
CRC32 – aynan nazorat summalarini yaratish uchun qo‗llaniladi. Ushbu funksiya kriptografik emas. Hosil bo‗lgan xesh kerakli uzunligiga qarab, CRC dan keyingi raqam hoil bo‗ladigan xesh uzunligini bitlarda bildiradi. Funksiya juda sodda bo‗lib, uncha ko‗p xotirani egallamaydi. SHu bois ma‘lumotlar uzatishning turli protokollarida paketlar yaxlitligini tekshirish uchun qo‗llaniladi. MD5 – allaqachon kriptografik bo‗lgan algoritmning eski, ammo hozirgacha juda mashhur versiyasi bo‗lib, u 128 bit uzunlikdagi xeshni yaratadi. Uning kriptochidamliligi bugungi kunda uncha yuqori emas. SHunga qaramasdan, u baribir nazorat summaning yana bir varianti sifatida, masalan, tarmoqdan fayllarni yuklashda, qo‗llaniladi. SHA-1 – 160 bayt uzunlikdagi xesh-summani shakllantiradigan kriptografik funksiyadir. Saytning ma‘lumotlar bazasida parollar xeshlarini saqlash uchun ham ishlatiladi. HashTab – kompyuterdagi har qanday fayllar uchun xesh hisoblab chiqish. Xesh-funksiya tuzishning ba‘zi usullari Ko‗plab xesh-funksiyalar asoslanadigan bir nechta sodda va ishonchli usullar mavjud. 1. Bo‗lishga asoslanadigan xesh-funksiyalar. Usul xesh sifatida M ga bo‗lishdan qolgan qoldiq ishlatilishdan iborat bo‗lib, bu erda M – barcha mumkin bo‗lgan xeshlar soni: 2. Xeshlashtirishning multiplikativ sxemasi. Usul sodda ω bilan ba‘zi butun A konstantani tanlashdan iborat bo‗lib, bu erda ω – mashina so‗zi tomonidan taqdim etilgan belgilar soni (2 32 ). SHunda quyidagi turda xesh-funksiyani olish mumkin: 13 Bu holda ikkilamchi hisoblash tizimli kompyuterda M – ikkining darajasi bo‗lib, h(K) – A*K ko‗paytmani o‗ng yarmining katta bitlaridan iborat bo‗ladi. 3. Ko‗paytirish usuli. ( ) ( ) Bu erda kalitning [0..1] intervalida yotgan ba‘zi A konstantaga ko‗paytirilishi amalga oshiriladi. Bundan so‗ng ushbu ifodaning kasr qismi olinib, ba‘zi M konstantaga ko‗paytiriladi, bunda M shunday tanlanadiki, natija xesh- jadval chegarasidan chiqmasligi lozim. Operator [ ] argumentdan kichik bo‗lgan eng katta butunni qaytaradi. O‗zini tekshirish uchun savollar 1. Kriptografiyaning asosiy vazifasi nima? 2. Xesh-funksiya nima? 3. Xesh-funksiya yordamida nimalarni amalga oshirish mumkin? 4. Xeshlashtirish deb nimaga aytiladi? 5. Xeshlashtirish natijasi bo‗lib nima hisoblanadi? 6. Xesh-funksiyaning asosiy xususiyatlarini ayting. 7. Kriptografik xesh-funksiyalarning xususiyatlarini ayting. 8. Xesh-funksiyalar qaerda qo‗llaniladi? 9. Xesh-funksiyalardan foydalanish qanday afzalliklar beradi? 10. Mashhul xesh-algoritmlar va ularning xususiyatlarini ayting. 11. Xesh-funksiyalar tuzishning qanday usullarini bilasiz? Ular nimadan iborat? Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling